Elåktr tokidan jarohatlanganda birinchi tibbiy yordam ko
‘
rsatish.
Insonlarni kuchlanish ostidagi mashina, måxanizm va qurilmalarning tok
o‘tkazuvchi qismlariga tågishi muskulni ixtiyorsiz ravishda qisqarishiga
olib kåladi va bu holatdan jarohatlangan shaxsning o‘zi chiqa olmaydi.
Bunday holatda birinchi navbatda elåktr tokini ajratish talab etiladi. Agar
elåktr shkaflari uzoqda joylashgan bo‘lsa, elåktr simini quruq yog‘och
dastali bolta yoki boshqa jihoz bilan qirqish kerak. Elåktr toki ajratilgach,
jarohatlangan shaxsni qulay va yumshoq o‘rindiqqa yotqizish va puls urishi,
nafas olishi, ko‘z qorachig‘i holatini tåkshirish hamda bir vaqtda shifokorga
xabar bårish zarur. Jarohatlangan kishi hushsiz yoki hushida bo‘lishi, låkin
puls urishi va nafas olishi mavjud bo‘lishi mumkin. Agar puls urishi va
nafas olishi mavjud bo‘lib, u xushida bo‘lmasa kiyimlarini yechish, toza
havo kirishini ta’minlash, yuziga suv purkash va tanasini isitish kårak.
Jarohatlangan shaxs xushsiz bo‘lib, puls urishi va nafas olishi såzilmasa,
unga sun’iy nafas bårish va yuragini massaj qilish kårak.
Sun’iy nafas «og‘izdan-og‘izga» yoki «og‘izdan-burunga» bårilishi
mumkin. Bu usullar boshqa usullarga nisbatan samarali usul hisoblanadi.
Unda jarohatlangan shaxsning o‘pkasiga boshqa usullarga nisbatan 4 barobar
ko‘p havo yuboriladi.
Sun’iy nafas bårishdan oldin jarohatlangan shaxs yålka tomoni bilan
yotqizilishi, undagi siqib turgan kiyimlar, galstuk, sharf va shu kabilar yåchilishi,
og‘iz ko‘piklardan tozalanishi kårak. Agar og‘iz qattiq yopiq bo‘lsa, ikkala
qo‘lning to‘rt barmog‘ini jarohatlangan shaxsning boshi orqasiga qo‘yib, ikkala
bosh barmoq bilan og‘zini ochish kårak. Kåyin chuqur nafas olib, og‘izni
og‘izga qo‘yib, jarohatlangan shaxsning burnini qisib, kuchli havo puflash
kårak. Sun’iy nafas bårish chastotasi minutiga 10–12 marta bo‘lishi kårak.
Agar jarohatlangan shaxsning ko‘z qorachig‘i kångaygan va puls urishi
såzilmasa, uning qon aylanishini tiklash maqsadida sun’iy nafas bårish bilan
birgalikda yurakni massaj qilish kerak. Massaj qilishda o‘ng qo‘lning kafti
jarohatlangan shaxsning ko‘kragiga qo‘yiladi va tåz-tåz (minutiga 60 marta)
bosiladi. Tananing quyi qismlari joylashgan våna qon tomirlaridagi qonni
yurakka kålishini tåzlatish maqsadida oyoqni 0,5
m
gacha yuqoriga ko‘tarib
qo‘yish mumkin. Agar bu yordamlarni bir kishi bajarayotgan bo‘lsa, 2-3
marta sun’iy nafas bårgach, 10-12 marta yurakni tashqi massaj qilish tavsiya
etiladi. Jarohatlangan shaxsning o‘ziga kålganini nafas olishini tiklanishi,
rangining qizarishi, ko‘z qorachig‘ining qisqarishi kabi bålgilardan bilib olish
mumkin. Buni tåkshirish uchun massajni 2-3 såkund to‘xtatib turish mumkin.
Agar jarohatlangan shaxsda o‘ziga kålish holatlari kuzatilmasa, sun’iy nafas
bårish va yurak massajini shifokor kålgunga qadar davom ettirish kårak.
46
Do'stlaringiz bilan baham: |