hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi yoki energiyani bir turdan ikkinchi turga
oʻzgartiruvchi qurilma; apparat yoki mashina. Masalan, atsetilen G.i, muz G.i, bugʻ
G.i, gaz G.i, elektr G. i va h. k. Xususan, elektr G.lari oʻzgarmas tok, oʻzgaruvchan
tok G.lariga boʻlinadi. G. tushunchasi oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok elektr
mashinalariga ham, elektr tebranishlarini hosil qiluvchi
asboblarga ham bir xil
qoʻllaniladi. Birinchi holda, mexanik energiya elektr energiyasiga aylantirilsa,
ikkinchi holda manbaning elektr energiyasi maʼlum chastotali, kerakli shakl va
quvvatli tebranishlar energiyasiga aylantiriladi. G.ning umumiy makromodeli
quyidagi sxemada koʻrsatilgan. G.lar asosan turli koʻrsatkichlar asosida yaratiladi.
G.larning elektr mashina, lampa, tranzistor; mikrosxemali, yoyli, impulyeli,
gidroturbina, bugʻ turbina, har xil chastotali, molekulyar va b. xillari boʻladi. Misol
tariqasida standart signal generatorining tuzilishini koʻrish mumkin (sxemaga q.).
Ularning koʻpchiligi 50— 100 kGs dan bir necha
ming MGs gacha chastotada
ishlaydi. G.ning asosiy funksional qismini 50 kGs — 30 MGs chegarada ishlaydigan
signal generatorlari tashkil etadi. Uning chastotasi maxsus chegaralangan
diapazonlarda va oʻzgaruvchan sigʻimlar yordamida bir tekis sozlanadi. Chastotani
oʻzgartish aniqpigi, odatda, 0,5—1,5% oraligʻida boʻladi. Signal G.dan modulyatorga
beriladi. Modulyatorda
signal
amplitudasi boʻyicha
modulyatsiyalanadi.
Modulyatsiyalovchi signal vazifasini ichki past chastota G.i (/=1000 Gs) va tashqi
ulangan G.lar bajarishi mumkin. G.lar radiouzatish, radioqabul qilish va televizion
qurilmalarda, oʻlchov texnikasida,
turli texnologik jarayonlarda, fan va texnikaning
turli sohalarida qoʻllaniladi. Ular yordamida koʻplab elektrotexnika va
radioelektronika qurilmalari yaratilgai, yangi "generatormashina" tizimlari ishlab
chiqariladi
Transformatorlar –
(lot. transformo — oʻzgartiraman) — texnikada — energiya yoki
obʼyektlarning biron bir muhim xossasi (mas., tok kuchi, kuchlanish va boshqalar)ni
oʻzgartirish uchun moʻljallangan qurilma. Elektr T., gidrotransformator,
fototransformator, OʻYUCH (oʻta yuqori chastota) T.i va boshqa xillargaboʻlinadi.
Elektr T. oʻzgaruvchan tok kuchlanishini oʻzgartirish (kuchaytirish yoki pasaytirish)
uchun moʻljallanadi. Uning ishi elektromagnit induksiya hodisasiga asoslanadi. U
bitta birlamchi chulgam, bitta yoki bir necha koʻp ikkilamchi chulgʻam va asosan
berk tipdagi ferromagnit oʻzak (magnit oʻtkazgich) dan iborat. Barcha chulgʻamlar
ferromagnit oʻzakka oʻraladi va birbiriga induktiv bogʻlangan boʻladi.
Birlamchi
chulgam uchlari (T. kirishi) oʻzgaruvchan tok kuchlanish manbaiga, ikkilamchi
chulgam (yoki chulgʻamlar) uchlari (T. chiqishi) isteʼmolchilarga ulanadi. Elektr T.ni
birinchi marta P. N. Yablochkov 1876 y. elektr yoritish tarmogida ishlatgan. M. O.
DolivoDobrovolskiy 1890 y. uch fazali elektr T.ni yaratgan. Keyinchalik boshqa olim
va ixtirochilar T. ni takomillashtirish, quvvati va f.i.k.ni oshirish, izolyatsiyani
yaxshilash, ixchamlashtirish va boshqalarga doyr ishlar olib borishgan.
Elektr T.ning eng keng tarqalgan turi kuch T.laridir. Ular elektr uzatish liniyalari
(EUL)ga oʻrnatiladi. Bunday T.lar elektr styalarning generatorlari ishlab chiqargan
tok kuchlanishini 10—15 kV dan 220—750 kV gacha kuchaytirib beradi. T.larning
chulgʻamlari misdan, magnit oʻtkazgichlari sovuklayin prokatlab
ishlab chiqarilgan
elektrotexnika poʻlatidan tayyorlanadi. Elektr T.ning quruq va moyli turlari bor.
Quruq T. havoda moysiz sovitiladi. Moyli T.ning magnit oʻtkazgichi va chulgʻamlari
mineral moy toʻldirilgan bakka joylashtiriladi. Moy izolyatsiya va sovituvchi
vazifasini oʻtaydi.
O‘tkazgichlar –
— elektr oʻtkazuvchanlik xossasi yuqori (elektr tokini yaxshi
oʻtkazadigan) va solishtirma qarshiligi kichik (r<10~4 omsm) boʻlgan moddalar.
Solishtirma qarshiligi katta (r~ 1014—1022omsm) moddalar izolyatorlar, bular bilan
oʻtkazgichlar oʻrtasidagi moddalar esa yarimoʻtkazgichlar deyiladi. Elektr
oʻtkazgichlar jumlasiga metallar, elektrolitlar va plazmalar kiradi. Metallarda erkin
elektronlar, elektrolitlarda musbat va manfiy ionlar, plazmalarda esa erkin
elektronlar, musbat va manfiy ionlar tok tashuvchilar vazifasini bajaradi. Koʻpgina
metallar va baʼzi yarimoʻtkazgichlar past trada oʻta oʻtkazuvchan (elektr oʻtkazish
qarshiligi nolgacha pasaygan) holatga oʻtadi.
Akkumulyator
va batareyalar -
AKKUMULYATORLAR BATAREYA-SI, elektr
akkumulyatorlar batareyasi – kuchlanish, tok kuchi, elektr zaryadi yoki quvvat olish
uchun elektrik tutashtirilgan bir turdagi akkumulyatorlar guruhi. Akkumulyatorlar
parallel ulanganda Akkumulyatorlar batareyasi dagi kuchlanish har qaysi element
kuchlanishiga, umumiy elektr zaryad esa alohida akkumulyatorlarning elektr za-
ryadlari yig‗indisiga teng bo‗ladi. Ketma-ket ulanganda eyuk lar qo‗shiladi. Elektr
zaryadi va kuchlanishni kuchaytirish uchun akkumulyatorlar aralash (ham ketma-ket,
ham parallel) ulanadi. Bunday Akkumulyatorlar batareyasi do-imiy tok manbai
hisoblanadi.
Kabellar -
Kabel
(gollandcha kabel — arqon, tros) — germetik himoyalangan qobiq
ichiga joylashtirilgan bir yoki bir necha izolyasiyalangan simlardan iborat material.
Kuch, aloqa
va radiochastota kabellari, nazorat (tekshirish), oʻlchash kabeli. va b.
xillari bor. Bulardan tashqari, gaz va moy toʻldirilgan kabel ham boʻladi. kabel
koʻpincha mis yoki alyuminiydan, kamdankam poʻlat-mis va poʻlat-alyuminiydan
tayyorlanadi. Vazifasiga koʻra, bir yoki koʻp simli, doyra va shakldor boʻladi.
Izolyasiyalashda maxsus qogʻoz, rezina, plastmassa va b. ishlatiladi. Simlarni nam va
kimyoviy moddalar taʼsiridan himoya qiluvchi qobiq qoʻrgʻoshin, alyuminiy,
plastmassa yoki rezinadan tayyorlanadi. K.ni mexanik taʼsirlar, korroziyalardan
saqlash uchun ularga poʻlat lentalar yoki sim (zir\) lar oʻraladi va ularning ustidan
plastmassa yoki qogʻoz lenta, jut va
bitumlar qoplanadi.
Kuch K.i bilan elektr energiyasi uzatiladi va taqsimlanadi; 1, 2, 3 (koʻp tarqalgani) va
4 simli boʻladi. Bunday kabel ning tok oʻtkazadigan simlari mis yoki alyuminiydan
tayyorlanib, sirti moykanifol modda yoki mineral moy shimdirilgan kabel qogʻozi,
rezina yoxud plastmassa bilan qoplanadi. Odatda, kuch kabelining qobigʻi
qoʻrgʻoshin, alyuminiy
yoki plastmassadan koplanadi, qobiqusti esa kabel ipi va
metall zirh bilan oʻraladi. Harakatlanuvchi obʼyektlar (parmalash mashinasi,
ekskavator, koʻtargichlar) ga elektr energiya keltiriladigan kabel egiluvchan qobiqlar
bilan qoplanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: