Tizimlararo tahlil usuli. Mazkur usulning asosiy mohiyati
shundan iboratki, bir tizim holatining tahlili asosida boshqa ti-
zimning holati bashorat qilinadi.
Masalan, har 11 yilda Quyoshdagi dog‘lar sonining ko‘payishi
asosida Yerdagi qator noxush hodisalarning ro‘y berishi oldindan
aytib beriladi.
Eng xavfli qor ko‘chkilari, sellar, qurg‘oqchilik, toshqinlar va
boshqa noxush hodisalar Quyosh faolligining 11 yillik davriyligi
bilan bog‘langan.
Bilimingizni sinab ko‘ring: 1. Bashoratning qanday usullarini bilasiz?
2. Tizimlararo bashorat usuli qanday hollarda qo‘llaniladi?
3. Landshaft-indikatsiya usulining mazmuni nimadan iborat?
4. O‘xshatish usuli qanday hollarda qo‘llanadi?
5. O‘zingiz yashab turgan joyda bir-biriga o‘xshash va bir xil sharoitda
joylashgan inshootlar ro‘yxatini tuzing.
69
?
www.ziyouz.com kutubxonasi