Yangi, foydali (xo’jalik nuqtai nazaridan) xossalarga ega bo’lgan transgen
hayvonlar
Dastlab, gen muhandisligini asosiy yo’nalishlaridan biri hayvonlarni o’sish
tezligini oshirish, sut berish imkoniyatlarini va maxsulotlarini sifatini yaxshilashga
qaratilgan edi.
Hayvonlarni o’sishi murakkab jarayon bo’lib, genlarni ta’siriga, oziqlanish
sharoitlariga va atrof-muxit ta’siriga bog’lik. Genetik nuktai nazardan ayniqsa,
oqsillarni kodlovchi, o’stirish gormonlari to’plaami, jumladan o’stirish gormoni
(UG), ustirish gormonining rilizing omili (UG - RF) va insulinga o’xshash omil
(UG-IF) katta qiziqish uyg’otadi.
O’tgan asrning 40-yillarida gipofiz bezidan olingan UGni sigirlarni sut
berishiga ta’siri borligi isbotlangan edi. Ammo, bu preparatni juda ham qimmatligi
10
uchun hamda hayvonlar gipofizidan ko’p miqdorda olishni iloji bo’lmaganligi
sababli, bu preparat keng qo’llanila olmadi.
1970 yillarda gen muhandisligini rivojlanib borishi oqibatida bu preparatni
mikrobiologik sintez orqali ishlab chiqarish imkoniyati tug’ildi. Mikrobiologik
sintez orqali olingan UG, xuddi gipofizdan olinganga o’xshab, laktatsiyani hamda
hayvonlarni o’sishini kuchaytirish tasdiqdandi. Rekombinat UG ni yirik fermalarda
ishlatganda (13 mg/kun) sigirlarni sut berish 23-31% ga oshganligi kuzatildi. Bu
preparatni ta’sirini uzoq muddatga cho’zadigan shakllarini yaratish usullari ishlab
chiqildi. Bu preparat hayvonlarga har 15 kunda yoki 1 oyda yuboriladi. UG
qo’zilarga, uloqchalarga, cho’chqa bolalariga yoki buzoqchalarga har kun
yuborilganda (in’eksiya yo’li bilan), ularni o’rtacha o’sishi 20-30% ga oshganligi va
rivojlanish birligiga nisbatan oziqa miqdori kamayganligi kuzatildi. Cho’chqa
bolalarini o’sishi to’qimalarida oqsil miqdorini ko’payishiga va yog’ miqdorini
kamayishiga olib kelishi va shu tufayli mahsulot sifatini oshganligi kuzatilgan.
UG saqlagan birinchi sichqon 1982 yilda yaratilgan. Ularda o’sish tezligi to’rt
marotabaga, oxirgi tirik vazn esa ikki marotaba oshganligi kuzatilgan. UG
yordamida o’sishni tezlashtirish uchun chochqalarni oziqasi odatdagidan ko’proq
oqsil (18% gacha) va qo’shimcha lizin saqlashi lozim. Transgen cho’chqalarni
keyingi avlodlari yuqorida ko’rsatilganidek oziqlantirilganda ularni o’rtacha
sutkalik vazni 16,5% gacha oshganligi kuzatilgan (Brem G. va boshqalar, 1991). UR
va UR RF saqlagan transgen qo’ylarda UR miqdori balandligi ammo o’sish tezligi
oshmaganligi kuzatilgan.
Ko’pchilik olimlar UG qabul qilingan cho’chqalarda yog’ qatlami nazoratdagi
18-20 mm o’rniga, transgenlarda 7-8 mm bo’lganligi, transgen qo’ylarda ham yog’
miqdori 25-30% dan 5-7% ga tushganligini kuzatganlar.
Transgen liniya olish uchun ishlatilgan sichqonlarda o’sish mahsuldorligi bo’yicha
avval seleksiya ishlari olib borilgan. Ko’pincha cho’chqalar esa shu ko’rsatkich
buyicha o’n yillar davomida tanlangan avlodlardan olingan.
Bunday fikrni tasdig’i sifatida 30 avlod usish tezligi bo’yicha seleksiya qilingan
sichqonlarni og’irligi dastlabkisidan ikki barobar oshganligini ko’rsatib o’tish
11
kifoya. Ular, transgenlarga nisbatan juda ham kam og’irlikka egalar. Aytilganlar
asosida begona UG ni kiritilgan sichqonlar seleksiya qilinmagan sichqonlarga
nisbatan o’sish tezligini birdaniga tezlatib yuborar ekan degan fikrga kelish mumkin.
Cho’chqalarni mavjud populyasiyasida buning teskarisi, balki o’sishni genetik
potensiali, ko’tarilish potensialiga juda ham yaqin bo’lganligi sababli UG yoki uni
genini kiritish o’sish tezligiga juda kam ta’sir kursatishi mumkin.
Tirik organizmlarga kerakli gen tizimini kiritish orqali mahsulot sifatini yaxshilash
va uni tarkibini o’zgartirish bo’yicha istiqboli ishlar amalga oshirilishi mumkin.
Masalan, laktaza fermenti genini qo’y echki yoki yirik shoxli hayvonlar genomiga
kiritish orqali laktozasiz sut beradigan transgen hayvon yaratish mumkin. Kiritilgan
gen laktaza fermentini ko’plab ishlab chiqaradi, laktaza laktozani glyukoza va
galaktoza parchalaydi, oqibatda parhez sut yetishtirish imkoni yaratiladi.
Hayvonlarda mastitni yo’qotadigan antitelalar ishlab chiqaradigan genlardan
foydalanish ham katta istiqbolga egadir.
Yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, UG saqlagan transgen hayvonlar hujayralarida
oqsil miqdori ko’payib,
yog’ miqdori kamayadi. Bu esa olinadigan go’sht
mahsulotlarini sifatini tubdan yaxshilash imkoniyatini yaratadi.
Mahsuldorlikni oshirish, ayniqsa mahsulotlarni sifatini yaxshilashni
molekulyar
usullari
kelajak
zootexnika
fanini
ayniqsa,
chorvachilikni
rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi.
12
Do'stlaringiz bilan baham: |