O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Inson individualligining shakllanish qonuniyatlari



Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/227
Sana03.02.2022
Hajmi2,88 Mb.
#426907
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   227
Bog'liq
Rasulov

 
Inson individualligining shakllanish qonuniyatlari 
Psixikaning quyi darajasi ongsizlikdir. Ongsizlik – bu shunday psixik 
jarayonlar va hodisalar yig‘indisiki, unda inson o‘z xatti-harakatlariga javob 
bermaydi, anglamaydi. Bunga tush ko‘rish, ba’zi patologik hodisalar, alahlash, 
gallyusinatsiya kabilar kiradi.
Onglilikdan farqli o‘laroq, ongsizlikda amalga oshirilayotgan harakatlarni 
maqsadli nazorat qilish, shuningdek, natijalarini baholash imkoniyati mavjud 
emas.
Ongsizlik tushunchasi psixologik va falsafiy fikrlarning turli yo‘nalish 
vakillari tomonidan quyidagi ko‘rinishlarda ta’riflanadi:
- axborotni qayta ishlashni bu jarayonni sub’ekt kechinmalari darajasida aks 
ettirmagan holda amalga oshiruvchi miya faoliyati sifatida;
- sub’ekt tomonidan anglanmagan kechinmalar sifatida.
Ongsizlikda sub’ekt voqelikning o‘zini boshqa odamlar va hodisalar bilan 
tenglashtirgan holda, ob’ektlar o‘rtasidagi mantiqiy qarama-qarshiliklar va 
farqlarni u yoki bu muayyan belgilar bo‘yicha aniqlash orqali emas, balki, bevosita 
emotsional his etish, identifikatsiya, emotsional ta’sirlanish, turli hodisalarning 
aloqadorligi orqali bir qatorga birlashishi kabi o‘xshatish shakllari orqali boshidan 
kechiradi. Ongsizlikda ko‘pincha o‘tmish, hozirgi va kelajak zamon u yoki bu 
psixik aktga, masalan, tushda qo‘shilgan holda birgalikda mavjud bo‘ladi.
Ongsizlik sohasiga: biologik ehtiyojlar (jinsiy mayllar, tabiiy ehtiyojlar, 
ozuqaga bo‘lgan ehtiyoj va boshqalar); anglanmagan mayllarni siqib chiqarish 


127 
(kimningdir muhabbatini qozonishga behuda urinish, amalga oshmagan orzular, 
yashirin hafagarchilik); tushda sodir bo‘ladigan psixik hodisalar (tush ko‘rish); 
sezilmaydigan, lekin real ta’sir ko‘rsatadigan ta’sirotlarga nisbatan javob 
reaksiyalari («subsensor» ta’sirlanishlar); avval anglangan, lekin takrorlanishlar 
tufayli avtomatlashgan va shuning uchun anglanmaydigan bo‘lib qolgan 
harakatlar; maqsadi anglanmagan faoliyatga oid ayrim mayllar va boshqalar kiradi. 
Anglanmagan hodisalarga bemor odam psixikasida yuzaga keladigan alahsirash, 
gallyusinatsiyalar kabi ayrim patologik hodisalar ham kiradi.
Ongsizlik ko‘rinishlari to‘rt sinfga ajratiladi:
- ong usti hodisalari;
- shaxsning kelajakka yo‘naltirilgan mayllari ko‘rinishiga ega bo‘lgan 
faoliyatning anglanmagan qo‘zg‘atuvchilari (anglanmaydigan motivlar va ma’noli 
mayllar). Bu sinf hodisalari sub’ektning gipnotik holatdan chiqqandan so‘ng xulq-
atvorini tadqiq qilish natijasida aniqlangan;
- faoliyatning yo‘nalishli va barqaror bo‘lishini ta’minlaydigan, uning 
bajarilish usullarining anglanmaydigan boshqaruvchilari (operatsional mayllar va 
avtomatlashgan xulq-atvor stereotiplari). Ular avtomatlashtirilgan va ixtiyorsiz 
harakatlarning boshqarilishi, masalan, masalalar echish jarayoni asosida yotadi va 
anlanmagan tarzda oldindan seziladigan hodisalar va bo‘lib o‘tgan o‘xshash 
vaziyatlardagi xulq-atvorning o‘tmish tajribasiga tayanadigan harakat usullari 
obrazlariga bog‘liq bo‘ladi;
- subsensor idrokning ifodalanishi.
Falsafada birinchi bo‘lib ongsizlik haqidagi tasavvurlar sub’ekt ongida 
mavjud bo‘lmagan psixik jarayonlar, usullar va holatlar yig‘indisi sifatida 18asrda 
G.V.Leybnits tomonidan ifodalangan edi. 19 asrda ongsizlik psixologik 
tadqiqotlarning predmetiga aylandi (I.F.Gerbert, G.T.Fexner, V.Vundt). Uni 
o‘rganishga XIX asr oxirida psixopatalogiya sohasida bajarilgan Z.Freyd ishlari 
turtki berdi. Uning fikriga ko‘ra ongda mavjud bo‘lmagan ongsizlik psixik 
mazmun sifatida unga katta ta’sir ko‘rsatadi.


128 
Z.Freyd nazariyasiga binoan inson psixikasida uch soha: ong, ongosti va 
ongsizlik mavjud. Ong darajasiga u inson tomonidan anglanadigan va nazorat 
qilinadiganlarning barchasini kiritgan. Ong osti sohasiga Freyd yashirin yoki latent 
bilimlarni kiritgan edi. Bu insonga tegishli bo‘lgan, lekin ayni vaqtda ongda 
mavjud bo‘lmagan bilimlardir. Bilimlar muayyan qo‘zg‘atuvchilar ta’siri ostida 
aktuallashadi, masalan, Er - sayyora. SHunday qilib, ong – bu muztog‘ning ko‘zga 
ko‘rinayotgan qismi, uning katta qismi esa inson tomonidan anglangan nazoratdan 
yashirilgan.
Ongsizlik sohasi, Freyd bo‘yicha, umuman boshqa xossalarga ega. Ulardan 
biri bu sohaning mazmuni anglanmasligidan, lekin xulq-atvorimizga katta ta’sir 
ko‘rsatishidan iborat. Ongsizlik sohasi harakatchandir. Boshqa xossasi ongsizlik 
sohasida joylashgan axborotning ongga qiyinchilik bilan o‘tishidan iborat. Bu ikki 
mexanizm: siqib chiqarish va qarshilik ko‘rsatishlarning faoliyati bilan 
tushuntiriladi.
Ongsizlik sohasini Z.Freyd, ong bilan kelishmaydigan motivatsion energiya 
manbai deb hisoblagan edi. Ijtimoiy sohadagi taqiqlar, Freydga ko‘ra, ong 
«nazorat»ini hosil qiladi, nevrotik asabiylashishlarda namoyon bo‘ladigan ong osti 
mayllar energiyasini susaytiradi. Individ nizoli vaziyatlardan xalos bo‘lishga 
intilib, himoya mexanizmlari – siqib chiqarish, sublimatsiya (o‘rin olish), 
omilkorlik va regressiyaga murojaat qiladi.
SHunday qilib, insonning psixik faoliyati, uning psixikasi bir-biri bilan 
o‘zaro bog‘liq bo‘lgan uch daraja: ongsizlik, ong osti va onglilikda faoliyat 
ko‘rsatadi. Psixik faoliyatning ongsizlik darajasi tug‘ma instinktiv-refleksga 
asoslangan faoliyat hisoblanadi; ong osti darajasi – ma’lum individ tajribasidagi 
xulq-atvorining umumlashtirilgan, avtomatlashtirilgan bir qolipdagi nusxalari – 
malakalari, ko‘nikmalari, odatlari, ichki tuyg‘ulari.
Tush ko‘rish, affekt, vahima, gipnoz, ishonch, umid, sevgi, turli 
ko‘rinishdagi parapsixik hodisalar (bashorat qilish, telepatiya, ekstrasensor 
hodisalar), fobiyalar, qo‘rquvlar, asabiy xayollar, o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan 


129 
xavotirlanish va oldindan quvonchni sezish – sanab o‘tilgan bu hodisalar 
anglanmaydigan va ong osti hodisalari hisoblanadi. 

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish