O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Maqsadga yo‘naltirilgan xatti-harakatlar



Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/227
Sana03.02.2022
Hajmi2,88 Mb.
#426907
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   227
Bog'liq
Rasulov

 
Maqsadga yo‘naltirilgan xatti-harakatlar 
Inson xulq-atvorida funksional jihatdan bog‘liq bo‘lgan qo‘zg‘atuvchi va 
boshqaruvchi tomonlar mavjud. Psixologiyada inson xulq-atvoridagi qo‘zg‘atuvchi 
holatlarni tasvirlash va tushuntirish uchun qo‘llaniladigan tushunchalar orasida 
motivatsiya va motiv tushunchalari eng umumiy va asosiy bo‘lib hisoblanadi.
«Motivatsiya» atamasi «motiv» atamasiga qaraganda kengroq tushunchaga 
ega. 
«Motivatsiya» so‘zi hozirgi zamon psixologiyasida xulq-atvorni 
determinatsiyalovchi omillardir. Bunga, xususan, ehtiyojlar, motivlar, maqsadlar, 
intilishlar va boshqa ko‘pchilik) tizimini belgilovchi va xulq-atvor faolligini 
ma’lum darajada tutib turuvchi, rag‘batlantiruvchi jarayon xususiyati sifatida ikki 
xil ma’noda qo‘llaniladi. Biz motivatsiya tushunchasini birinchi ma’noda 
qo‘llaymiz. SHunday qilib, motivatsiyani inson xulq-atvori, uning kelib chiqishi, 
yo‘nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik xususiyatga ega bo‘lgan 
sabablar yig‘indisi sifatida belgilash mumkin.
Xulq-atvorning paydo bo‘lishi, davomiyligi va barqarorligi, yo‘nalganlik va 
ko‘zlangan maqsadga erishilgandan so‘ng yakunlanishi, kelajakdagi voqealarga 
moyillik, alohida olingan xulq-atvor aktining mutanosibligi va mazmun jihatidan 
yaxlitligi, samaradorligini oshirish kabi tomonlari motivatsion jihatdan 
tushuntirishni talab etadi.


143 
«Nimaga?», «nima uchun?», «nima maqsadda?», «nima evaziga?», «qanday 
mohiyatga ega?» va boshqa shu turdagi savollarga javob izlash motivatsiyaga 
muvofiq amalga oshiriladi.
Xulq-atvornining istalgan shakli ichki va tashqi sabablar bilan tushuntirilishi 
mumkin. Birinchi vaziyatda tushuntirishning boshlang‘ich va yakuniy holatlari 
sifatida sub’ekt xulq-atvorining psixologik xossalari, ikkinchisida – tashqi va 
faoliyat sharoitlari namoyon bo‘ladi. Birinchi vaziyatda motivlar, ehtiyojlar, 
maqsadlar, tilaklar, qiziqishlar va hokazolar, ikkinchisida esa – yuzaga kelgan 
vaziyatdan kelib chiqqan rag‘batlar haqida so‘z yuritiladi. Ba’zan inson xulq-
atvorini ichdan belgilab beradigan barcha omillar shaxs dispozitsiyalari deb 
ataladi. U holda muvofiq ravishda dispozitsion va vaziyatli motivatsiyalar haqida 
xulq-atvorni determinatsiyalashning ichki va tashqi analoglari sifatida so‘z 
yuritiladi. SHuning uchun insonning istalgan harakati ikki tomonlama: dispozitsion 
va vaziyatli determinatsiya sifatida ko‘rib o‘tiladi.
Dispozitsiyalar o‘z mohiyatiga ko‘ra motivlardir. Motiv motivatsiyadan 
farqli o‘laroq, – bu xulq-atvor sub’ektining o‘ziga tegishli bo‘lgan, uning ma’lum 
harakatlari amalga oshirishga ichkaridan undovchi barqaror shaxsiy xossasi. 
Motivni, shuningdek, umumlashtirilgan ko‘rinishda ko‘pchilik dispozitsiyalarni 
ifodalaydigan tushuncha sifatida belgilash mumkin.
Mavjud bo‘lgan dispozitsiyalardan eng muhimi ehtiyojlar tushunchasi 
hisoblanadi. Ehtiyoj deb, inson yoki hayvonning ma’lum sharoitlarda ularga 
normal yashash va rivojlanishi uchun etishmovchilik holatiga aytiladi. Ehtiyoj 
shaxsholati sifatida muntazam ravishda insondagi organizm (shaxs) uchun 
etishmovchilik bilan bog‘liq bo‘lgan qoniqmaslik hissi bilan bog‘liq
Inson ehtiyojlarining asosiy xususiyatlariga qondirish kuchi, paydo 
bo‘lishining davriyligi va usuli kiradi. SHaxsning ahamiyatli ehtiyoji, uning jisga 
bog‘liq mazmuni, ya’ni, ushbu ehtiyojni qondira oladigan moddiy va ma’naviy 
madaniyat ob’ektlarining yig‘indisidir.
Ehtiyojdan keyingi motivatsion ahamiyatga ega bo‘lgan tushuncha – bu 
maqsad. Maqsad deb, faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan, dolzarb ehtiyoji qondiruvchi 


144 
bevosita anglanuvchi natijaga aytiladi. Psixologik jihatdan maqsad ongning 
motivatsiyali qo‘zg‘atuvchi mazmuni, u inson tomonidan faoliyatining bevosita va 
yaqin kutilayotgan natijasi sifatida idrok qilinadi.
Ko‘rib chiqilgan motivatsiyali hosilalardan dispozitsiyalar (motivlar), 
ehtiyojlar va maqsadlar inson motivatsion sohasining asosiy tashkil etuvchilari 
bo‘lib hisoblanadi.
SHaxsning motivatsion sohasini rivojlanganlik nuqtai nazaridan kenglik, 
egiluvchanlik va ierarxiyalashtirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholash mumkin. 
Motivatsion sohaning kengligi deyilganda, darajalarning har birida keltirilgan 
dispozitsiyalar, ehtiyoj va maqsadlar kabi motivatsion omillarning sifat jihatidan 
turli-tumanligi tushuniladi. Odamda turli xil motivlar, ehtiyoj va maqsadlar 
qanchalik ko‘p bo‘lsa, uning motivatsion sohasi ham shunchalik rivojlangan 
hisoblanadi.
Motivatsion sohaning egiluvchanligi motivatsiya jarayonini quyidagicha 
xarakterlaydi: yuqori darajadagi motivatsion maylning qondirilishi uchun quyi 
darajadagi turli xil motivatsion mayllar qanchalik ko‘proq qo‘llanilgan holatda 
motivatsion soha ham shunchalik darajada egiluvchan bo‘ladi. Masalan, bir individ 
uchun bilim olishga bo‘lgan ehtiyoj faqat televidenie, radio va kino hisobiga 
qondirilsa, boshqasi uchun xuddi shunday ehtiyojni qondirish vositasi turli 
kitoblar, davriy matbuot, odamlar bilan muloqot hisoblanadi. Keyingi holatda 
motivatsion soha egiluvchanroq bo‘lib sanaladi.
Ierarxiyalashtirilganlik – bu alohida olingan motivatsion sohasidagi har bir 
tuzilish darajasining xususiyati. Bir xil dispozitsiyalar (motivlar, maqsadlar) 
boshqalaridan kuchliroq bo‘lib tez-tez hosil bo‘lib turadi; boshqalari kuchsizroq 
bo‘ladi, va kamroq dolzarblashtiriladi. Ma’lum darajadagi motivatsion 
hosilalarningaktuallashtirish kuchi va chastotasidagi farqlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, 
motivatsion sohaning ierarxiyalanganligi ham shunchalik yuqori bo‘ladi.
Motivlar, ehtiyojlar va maqsadlardan tashqari, inson xulq-atvori 
qo‘zg‘atuvchilari sifatida, shuningdek, qiziqishlar, muammolar, tilak va maqsadlar 
ham ko‘rib chiqiladi. Qiziqish deb, bilish xususiyatiga ega bo‘lgan, to‘g‘ridan-


145 
to‘g‘ri bir xil, ayni damda dolzarb bo‘lgan ehtiyoj bilan bog‘lanmagan, alohida 
motivatsion holatga aytiladi. Muammo ma’lum maqsadga erishishga yo‘naltirilgan 
harakatni bajarishda organizm engib o‘tishi zarur bo‘lgan to‘siqlarga duch 
kelganida paydo bo‘ladi. Tilaklar va maqsadlar – bu darhol yuz beradigan va 
ko‘pincha bir-birini almashtirib turadigan, harakat bajarish sharoitlarining 
o‘zgarishlariga javob beradigan motivatsion sub’ektiv holat.
Inson xulq-atvori motivatsiyasi ongli va ongsiz bo‘lishi mumkin. Bu inson 
xulq-atvorini boshqaruvchi ba’zi ehtiyoj va maqsadlar inson tomonidan 
anglanishini, boshqalarining esa anglanmasligini bildiradi.
SHunday qilib, motivlar anglangan yoki anglanmagan bo‘lishi mumkin. 
SHaxs yo‘nalganligi shakllanishidagi asosiy o‘rinni anglangan motivlar egallaydi.
Harakatda motor, sensor va markaziy tarkibiy qismlarni ajratish mumkin. 
Ular mos holatda bajarish, nazorat yoki boshqarish funksiyalarini bajaradilar. 
Faoliyat davomida inson tomonidan qo‘llaniladigan harakatni bajarish, nazorat va 
boshqarish uslublari ushbu faoliyatning usullari deb ataladi.

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish