ko‘ruv nazorati
mushak nazorati (kinestetik) bilan almashinadi. Misol
tariqasida klaviaturada qaramasdan harflarni terish, malakali chilangarning ko‘ruv
nazoratisiz bolg‘a urishi va boshqalarni keltirish mumkin. Harakat natijalarining
nazorati uchun muhim bo‘lgan aniqlovchilarni tezda belgilash va ajratish layoqati
rivojlanadi.
3. Harakatning markazdan boshqarilish usullari o‘zgaradi. Diqqat faoliyat
usullarini idrok qilishdan ozod bo‘lib, asosan, sharoitga va faoliyatlar natijalariga
qaratiladi. Ayrim hisoblashlar, masalalar echimlari va boshqa aqliy operatsiyalar
tezlik bilan va qo‘shilgan holatda (ichki sezgi) amalga oshishni boshlaydi. Xuddi
shunday, masalan, dvigatelning zo‘riqqan ovozini eshitgan haydovchi o‘ylab
o‘tirmay, qaysi o‘tkazgichni yoqish kerakligini darrov tushunib oladi. Faoliyat
usullarida bu o‘zgarishlar qanday paydo bo‘ladi, ularning psixologik mexanizmi
qanday? O‘z asosida bu mexanizm
Do'stlaringiz bilan baham: |