O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Oliy psixik funksiyalarning shakllanishi



Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/227
Sana03.02.2022
Hajmi2,88 Mb.
#426907
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   227
Bog'liq
Rasulov

 
Oliy psixik funksiyalarning shakllanishi 
Inson ongi chuqur ijtimoiy tabiatga ega. U predmetli faoliyat jarayonida, 
bolaning kattalar bilan muloqotida, kattalarning bir-birlari bilan muloqot 
jarayonlarida shakllanadi va boshlanishidan ijtimoiy xarakterga ega. Muloqot 
jarayonida bolaga umuminsoniy tajribalarning asosi beriladi. SHuning uchun 
individual-psixologik, alohida shaxspsixologiyasi ijtimoiy holat hisoblanadi. Agar 
umuminsoniy tajribani berish jarayonida so‘zlar alohida ahamiyat kasb etsa, 
iboralar ham insoniy tajribalarni etkazishida muhim rol o‘ynaydi. 


114 
Ma’lumotlarni gaplar orqali etkazish ikkiga bo‘linishi mumkin. Aniq 
voqealar haqida xabar etkazish yoki voqea kommutatsiyasi va mashhur mantiqiy 
munosabatlar orqali etkazish yoki munosabatlar kommutatsiyasi mavjuddir. 
Munosabatlar kommutatsiyasi hissiy tajribadan ongning murakkab ratsional 
shakllariga o‘tishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Tilga ta’sir qilishning uch xil shakli mavjud. Insonning tilida nafaqat so‘zlar 
saqlanadi, unda mantiqiy tizimlar ham mavjud. Bular tashqaridan kelgan 
ma’lumotlarni nafaqat qabul qilish, balki tahlil qilish qobiliyatiga ega. Demak, til 
insonda mantiqiy xulosalar chiqarish imkoniyatini beradi. 
YOsh bola o‘zining individual tajribalariga tayanib xulosa chiqarish 
imkoniyatiga egadir. Bola olovning tanani kuydirish xususiyatiga ega ekanligini 
ota-onasidan bilishi yoki o‘zining hissiy sezgisi orqali ham bilishi mumkin. Agar 
inson faqat o‘z tajribasiga tayanib xulosa chiqarsa, uning individual imkoniyatlari 
cheklangan bo‘lar edi. SHuning uchun ham til orqali mantiqiy fikrlarni aniqlash 
mumkin.
52
O‘z tajribasiga tayanmay, mantiqiy munosabatlar asosida xulosa chiqarish 
imkoniyati bilishning yangi ratsional va mantiqiy shakllari uchun alohida ahamiyat 
kasb etadi.
Hattoki voqealar ishtirokchisi bo‘lmagan taqdirda ham o‘zining bilish va 
mantiqiy tuzilishiga tayangan holda xulosa chiqarish imkoniyatini beradi. 
Tilning mantiqiy tizimida insonga tayyor tafakkurning dinamik quroli 
beriladi, shu tariqa mantiqiy strukturalar o‘zlashtiriladi, insonning bilish 
imkoniyatlari ortadi. 
Ongning yangi imkoniyatlaritil orqali o‘zlashtiriladi, bu esa ongning 
rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. 
Tilning muhim funksiyalaridan biri shundaki, uning asosida sezgi, idrok, 
diqqat, tafakkur, xotira, xayol, emotsiya, iroda vujudga keladi. Bu qarash 
L.S.Vigotskiy tomonidan fanga kiritilgan. 
52
Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan 194 


115 
Ma’lumki, hayvonlarda sezgi va kompleks idrok mavjud. Hayvonlarda 
diqqat ham mavjud, u muhim signallarni tanlab oladi va kerak bo‘lmagan 
harakatlarni to‘xtatadi, hayvonlarda ham xotira mavjud, u xotira orqali oldinga 
tajribalar asoratini saqlaydi va ma’lum shart-sharoitlarda ularni ishlatadi. 
Tabiiyki, bunday funksiyalar insonlarda ham mavjud, lekin ularning 
hayvonlardan farqi, insonlarda bu jarayonlar nutqqa bog‘langan holda amalga 
oshiriladi. Bu funksiyalar ongning tarixiy shakllanishi bilan genetik jihatidan 
bog‘liqdir. Bularning hammasi inson psixikasining o‘ziga xosligini tashkil qiladi. 
Insonning sezgisi va idrokining o‘ziga xosligi shundaki, har bir sezgi va har 
bir idrok nafaqat sezuvchi komponent, balki shuningdek, so‘z orqali ifoda qilingan 
ratsional komponentlar ham mavjud va aynan shu sezgi va idrokni 
murakkablashtiradi. Masalan, 1,5 mln rang turi mavjud. Biroq biz 12-15 yoki 20-
30 so‘z orqali ranglarni nomlaymiz ularni biz qizil, sariq, yashil, ko‘k, qora kabi 
nomlar bilan ataymiz. Biz ranglarni ifodalash uchun bundan ortiq so‘zni topa 
olmaymiz, lekin qalbimizda ularni nomlay boshlaymiz. Tovushlarni ham xuddi 
shunday tahlil qilamiz, ya’ni ularni ma’lum sifatlariga ko‘ra toifalarga ajratamiz. 
Bu sezgilarning namoyon bo‘lishiga misol bo‘lishi mumkin. Har bir bilish 
jarayonlariga nutqning bevosita aloqasi mavjud.

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish