O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Xarakter tuzilishi va xususiyatlari



Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/227
Sana03.02.2022
Hajmi2,88 Mb.
#426907
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   227
Bog'liq
Rasulov

Xarakter tuzilishi va xususiyatlari 
SHaxsning xarakteri tuzilishi turli xususiyatlarning tasodifiy yig‘indisidan 
iborat emas, balki o‘zaro birqbiriga bog‘liq, hatto tobe yaxlit tizimdan tarkib 
topadi. Xarakter xislatlarining muayyan qismida xabardor bo‘lishlik notanishlarni 


300 
tashxis qilish imkoniyatini yaratadi. Misol uchun, shaxsning shuhratparastligi 
ma’lum bo‘lsa, uning dili (ko‘ngli) qoraligi yuzasidan taxmin qilish mumkin yoki 
inson kamtar, mo‘min, yuvosh xususiyatli bo‘lsa, albatta u ko‘ngilchan ekanligi 
ko‘nglimizga keladi. 
Odatda psixik xususiyatlarning o‘zaro bog‘liq tizimi simptomokomplekslar 
(omillar) deyiladi. «Simptom» yunoncha symptoma belgi, mos tushish, 
«kompleks» latincha, aloqa, majmua degan ma’no anglatadi. Misol uchun, qarama-
qarshi simptomokomplekslar haqida mulohaza yuritilsa, u holda insonlarda bu 
tizim o‘ziga ishonish, o‘zidan mag‘rurlanish, maqtanchoqlik, o‘zbirarmonlik, 
urishqoqlik, keksayishi kabilar birikmasida yuzaga keladi. Boshqa toifadagi 
shaxslar o‘zlarining kamtarinligi, ko‘ngilchanligi, iltifotliligi, dilkashligi, 
haqqoniyligi bilan ajralib turadilar. Voqelikka shaxsning bir xil munosabati 
xarakter xislatlarining o‘zaro bir-biriga bog‘liqligini bildiradi.
SHaxsning munosabatlarini aks ettiruvchi xarakter xislatlarini to‘rtta tizimga 
ajratish qonuniy holatga aylangan: 
1.
Jamoaga (guruhga) va ba’zi bir insonlarga nisbatan munosabatni 
ifodalovchi xususiyatlar: yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik, takaburlik va 
boshqalar.
2.
Mehnatga nisbatan munosabatlarni mujassamlashtiruvchi xususiyatlar: 
mehnatsevarlik, dangasalik, vijdonlilik, ma’suliyatlilik, mas’uliyasizlik kabilar.
3.
Narsalarga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi xususiyatlar6 ozodlik, 
ifloslik, ayash, ayamaslik va hokazo.
4.
SHaxsning o‘ziga nisbatan munosabatlarini ifodalovchi xislatlar: izzat-
nafslilik, shuhratparastlik, mag‘rurlik, takobirlik, dimog‘dorlik, kamtarinlik, 
samimiylik va boshqalar.
SHartli ravishda qabul qilingan «shaxs va atrof-muhitdagi insonlar» 
simptomokompleksi 
o‘z tarkibiga nafaqat boshqa shaxslarga nisbatan 
munosabatlarni, balki o‘ziga qaratilgan munosabatlarni mujassamlashtiruvchi 
xislatlar ham kiradi, chunonchi, o‘ziga ishonch, o‘z birarmonlik, o‘ziga bino 
qo‘yish, maqtanchoqlik yoki aksincha xususiyatlar shular jumlasidandir. SHunday 


301 
qilib, "«axs va atrof-muhitdagi insonlar"»degan shartli nom berilgan xislatlar 
tizimi o‘zga kishilarga, jamoa (guruh) a’zolariga va o‘ziga nisbatan munosabatlarni 
ifodalovchi xususiyatlarni irlashtiradi. Turlicha munosabatlar o‘zaro bir-biriga 
bog‘langan tarzda muayyan tizimni tashkil qiladi, natijada «Men-Biz» munosabati 
o‘zaro o‘rin almashtirib turadi, ya’ni o‘ziga qaratilgan munosabat guruhiy 
xususiyat kasb etadi.
SHuning uchun shaxsning turlicha munosabatlari o‘zaro bog‘liqligi uning 
xarakteri tuzilishi xususiyatlari bilan uyg‘unlashib ketadi. Umumiy va xususiy 
munosabatlar xarakter xislatlari bilan birlashgan holda muayyan ahamiyat kasb 
etadi. Xuddi shu boisdan insonning xarakteri nisbatan butun, yaxlit xususiyatga 
ega. SHaxs munosabatlarining kelib chiqishiga asoslanib, ular markaziy (asosiy0 
va ularga tobe, hosilaviy munosabatlarga ajratiladi. SHaxsning markaziy (asosiy) 
munosabatlari ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanganligi tufayli, bunday 
munosabatlar hamisha ijtimoiy-tipik xususiyatga egadir. Masalan, ijobiy hislatlar 
mujassamlashgan shaxsning asosiy munosabatlari o‘zga odamlarga, jamoa 
(guruh)ga nisbatan munosabatlarida ifodalanadi. SHunday qilib, xarakter 
xislatlarining individual o‘ziga xosligi, betakrorligiga qaramay, uning negizi 
tuzilishida hamma vaqt shaxsning ijtimoiy-tipik markaziy (asosiy) munosabatlari 
yotadi. 
Xarakterning tuzilishi qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda muhim 
tarbiyaviy xulosalar chiqarish mumkin. Xarakter xislatlarining ba’zi nuqsonlarini 
(qo‘pollik va yolg‘onchilikni) bartaraf qilish, uning ijobiy xususiyatlarini 
(xushfe’llik va haqqoniylikni) shakllantirish muddaosi rejalashtirilgan dasturda 
amalga oshirib bo‘lmaydi. CHunki insonlarga nisbatan to‘g‘ri munosabatni tarkib 
toptirmay turib, illatga qarshi kurashib, ijobiy fazilatni shakllantira olmaymiz. SHu 
narsa ma’lumki, shaxsda o‘zaro bir-biriga bog‘liq xususiyatlarning yaxlit bir 
tizimini mazkur toptirish mumkin, xolos. Mazkur jarayonda xususiyatlar tizimini 
shakllantirishning muhim shartlaridan biri-bu shaxsning markaziy (asosiy) 
munosabatlarini tarkib toptirishdan iboratdir.


302 
SHaxs xarakterining yaxlitligi bus-butunligi mutloq narsa emas, albatta, 
chunki insonning asosiy munosabatlaridan biri boshqa barcha munosabatlarni to‘la 
belgilay olgandagina xarakter mutloq xususiyat kasb etadi. Lekin shaxsning 
munosabatlari ijtimoiy munosabatlarining aks ettirilishidan iboratligi tufayli uning 
munosabatlari bilan xarakter xislatlari o‘rtasida ziddiyat hukm suradi. Bundan 
xulosaga kelgan holda shaxsning xarakteri nisbiy jihatdan yaxlitdirdeyishiimz 
mumkin, biroq uning bir butunligi ham individual, o‘zigi xos xususiyatga egadir. 
YAxlitlik nuqtai nazaridan qaraganda, turli qarama-qarshi xususiyatli shaxslar 
qarshiliklar oqibatida harakatlarda va inson hulqida shunday holat hosil bo‘ladi va 
ijtimoiy-ahloqiy me’yorlarni buzishini yuzaga keltiradi. Bunday vaziyatlarda 
harakatdagi kamchiliklar bilan kurashishning asosiy yo‘li –bi shaxs xarakteridagi 
qarama-qarshiliklarni engishga o‘rganishdir. 
Xarakterning tuzilishi ba’zi xislatlarining o‘zaro bog‘liqligi bilan emas, 
balki uning yaxlitligiga mutanosib xususiyatlar bilan tavsiflanadi. Xarakter 
tuzilishining qatoriga ularning chuqurlik darajasi kiradi va shaxsning asosiy 
munosabatlari bilan belgilanadi. Insonning boshqa odamlarga, jamoaga, mehnatga 
nisbatan fidoiy munosabatda bo‘lishida belgilanuvchi xususiyatlar chuqurroq 
xususiyatlar deyladi. Mazkur mezonga qarab shaxslarning farqlanishini yuzaki 
tasavvur 
qilmaslik 
kerak, 
chunki 
insonga 
beriladigan 
tavsifnoma 
simtomokomplekslarni ta’kidlab o‘tishi bilan cheklanmasligi lozim. Aks holda 
shaxsning 
psixologik 
qiyofasining 
tavsifnomasi: 
birinchidan, 
simtomokomplekslarni chuqurroq joylashtirishni, ikkinchidan, muayyan darajada 
chuqurroq mujasamlashtirishni, uchunchidan, bir oz yuzakiroq tizimni ajratishni 
taqozo qiladi. 
Xarakter tuzilishi xususiyatlari jumlasiga faollik yoki xarakter kuchi 
kiritiladi va shunga asosan insonlar kuchli hamda kuchsiz xarakter turlariga 
ajratiladi. SHuningdek, xarakter tuzilishi xususiyatlari tarkibiga- uning barqarorlik 
va o‘zgaruvchanlik darajasi ham kiritilgandir. Xarakterning barqarorligi ham, 
o‘zgaruvchanligi ham moslashishi faoliyatining zaruriy shartlaridan hisoblanadi. 
SHaxsning xarakter xususiyatlari turlicha turmush sharoitlarida, qarshilik qiluvchi 


303 
vaziyatga uchrashiga qaramay, uning xatti-haraktlarini boshqaradi. SHu boisdan 
inson tashqi vaziyatga bog‘liq bo‘libgina qolmasdan, balki tashqi vaziyatni uning 
shaxssan o‘zi yaratadi, shuningdek, maqsadga muvofiqlashtiradi.
Bundan tashqari, shaxsning turmushdaga zaruriy sharoitlaridan biri- bu 
xarakterning muayyan darajada plastikligidir. Xarakterning plastikligi ikki xil 
ma’no kasb etadi. Xarakterning plastikligi uning barqarorligi singari muhitga faol 
ta’sir o‘tkazishning shartlaridan hisoblanadi. Ish-amallari maqsadga muvofiq va 
foydali kechishi uchun ular o‘zgaruvchan tashqi sharoitga moslashishlari lozim. 
Xarakterning plastikligi, mustahkamligi uni shakllantirishining zaruriy sharti 
sanaladi. Xarakterning barqarorligi, plastikligi o‘ziga xos individual xususiyatga 
ega bo‘lib, uni tuzilishining xislati sifatida mujassamlashadi.
Xarakter xususiyatlarining kuchi va barqarorliligi markaziy tizimga 
boqliqligiga binoan muayyan darajada shaxs munosabatlarining mazmuni bilan 
belgilanadi. Biroq ular munosabatlar mazmuniga bog‘liqligiga qaramay, ba’zan 
yuzaki xususiyatga ham ega bo‘ladilar.

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish