Karter joylashgan uzel yoki qismning vazifasi


EPOKSID KOMPOZITSIYANI TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI



Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/26
Sana03.02.2022
Hajmi1,24 Mb.
#426526
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
Bog'liq
kurs ishi opisaniya

EPOKSID KOMPOZITSIYANI TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI 
-Olingan kompozitsiyaning tarkibi uzoq vaqt saqlanadi. 
- Ishlatishdan oldin 5…7 daqiqa davomida yaxshilab aralashtiriladi. 
-Olingan kompozitsiyani ishlatish vaqti 20..30 minut. 
Hozir mashinalarni ta’mirlashda detallardagi mexanik nuqsonlar (darzlar, 
yorilgan, singan joylar va xokazo) ni bartaraf etishda, detallarning eyilgan
Epoksid qatroni suyuq holatga qadar qizdiriladi 
(60-70)
o

Talab qilinadigan miqdorni tanlashni amalga 
oshirish 
Plastifikator qo’shish (dibutilftalam) 
Aralashmani 5…8 daqiqa davomida 
aralashtirish 
Kerakli to’ldiruvchini kompozitsiyaga kiritish 
Tarkibni 8…10 daqiqa aralashtiring 
Uzg. Varoq 
Xujjat№.. 
Imzo 
Sana 
Varoq 


sirtlarini tiklashda, detallarni elimlab birlashtirishda turli sintetik ashyolar
(plastmassalar) dan keng ko‘lamda foydalanilmoqda. Buni texnologik
jarayonning va zarur uskunalarning oddiyligi, mehnatning kam sarflanishi,
plastmassalarning fizik-mexanik xossalarining etarli darajada yuqori ekanligi, 
ularning arzonligi bilan izohlash mumkin.
Plastmassalar tarkibini asosan polimerlar tashkil etadi. 
Polimer ashyolar tabiiy gaz, neftni qayta ishlashda hosil bo‘lgan 
gazsimonmahsullar, koksokimyo va yog‘ochni qayta ishlashdagi chiqindilar va
boshqa ashyolardan olinadi. 
Polimer ashyolar asosan ikkita komponentdan: polimerlarning xossalariga 
ta’sir etuvchi bog‘lovchi va to‘ldiruvchi komponentlardan tuziladi.Polimer
ashyolarning muhim xossalari shundan iboratki, ularning vazni kam; ancha
mustahkam; eyilishga chidamli; egiluvchan kimyoviy ta’sirlarga chidamli;
ishqalanishni kamaytirish (antifriksion) xossalari yuqori; tok o‘tkazmaslik
xossasi kuchli; titranishga chidamli; plastmassalarning ba’zilari etarli darajada 
issiqqa bardoshli bo‘ladi.
Plastik massalar (plastmassalar) asosi sun’iy (sintetik) yoki tabiiy 
smoladan iborat bo‘lib, u bog‘lovchi ashyo vazifasini bajaradi va ularning 
kimyoviy, mexanik, fizik va boshqa xossalarini belgilaydi.
Plastmassalar tarkibini tashkil etuvchi asosiy qism bo‘lgan polimer barcha 
komponentlarni bog‘laydi.
Plastmassalar tarkibiga bog‘lovchi elementdan tashqari to‘ldirgichlar, 
plastifikatorlar, qotirgichlar, rang beruvchilar, katalizatorlar (tezlatgichlar) va 
ularga maxsus xossalar beruvchi boshqa qo‘shimchalar ham kiradi. 
Barcha polimerlar ikkita katta guruhga: reaktoplastlar (termoraktiv) va
termoplastlar (termoplastik polimerlar) ga bo‘linadi. 
Reaktoplastlar me’yorl me’yoriy haroratda suyuq yoki qattiq holatda bo‘lishi
mumkin. Ular ma’lum haroratgacha qizdirilganda qovushoq-oquvchan holatga
keladi. Qizdirish davom ettirilganda ular qotadi va qanday harorat bo‘lishiga
qaramay, o‘z holatini o‘zgartirmaydi. Bu jarayon qayta tiklanmaydi, chunki
reaktoplastlarni qaytadan plastik holatga o‘tkazib bo‘lmaydi. 
Uzg. Varoq 
Xujjat№.. 
Imzo 
Sana 
Varoq 


Termoplastlar me’yorl haroratda qattiq holatda bo‘ladi. Qizdirganda 
yumshaydi, bu holatda ularga istalgan shaklni berish mumkin. Termoplastlar 
sovitilgandan keyin yana qotadi; qayta qizdirilganda o‘z plastik holatini 
saqlaydi, ya’ni keyinchalik yana foydalanishga yaroqli bo‘ladi. 
Mashina detallarini tiklashda reaktoplastlardan ED-16 va ED-20 epoksid 
smolalar keng qo‘llaniladi. Bu epoksidlar och-sariq rangli qovushoq 
suyuqlikdan iborat. Detallarni tiklashda epoksid birlashmasi ishlatiladi.
Bunday birlashmalar tarkibiga epoksid smoladan tashqari qotirgichlar, 
plstifikatorlar va to‘ldirgichlar ham kiradi. Qotirgichlar epoksid smolani qayta
tiklanmaydigan qattiq holatga keltiradi. Qotirgichlar sifatida polietilenpoliamin
va amonofenol (AF-2) ishlatiladi. Epoksid smola bunday qotirgichlar bilan uy
haroratida ham qattiq holatga o‘tadi. Qotish jarayonini tezlatish uchun bu 
jarayon 60-70

C haroratda amalga oshiriladi. 
Epoksidli tarkibning plastiklik xossalarini oshirish uchun ularga 
dibutilftalit (DBF), past (kichik) molekulali alifatik smola DEG-1 va tiokol NVB-2
kabi plastifikatorlar qo‘shiladi. Epoksidli tarkibga zarur fizik-mexanik xossalar
berish uchun unga po‘lat yoki cho‘yan kukunlari, alyuminiy upasi, slyuda 
talk, asbest, shuningdek grafit kukunlari kabi to‘ldirgichlar qo‘shiladi. 
Termoplastlardan polietilenlar, polipropilenlar, polistirollar, viniplastlar,
poliamidlar va ftoroplastlar ko‘p ishlatiladi. Bu ashyolar metallar bilan 
yopishadi, etarli darajada mustahkpm, eyilishga chidamli bo‘ladi. Ular sanoatda 
donador shaklda chiqariladi. 
Termoplastlar tiklangan detallar sirtiga purkab yoki bosim ostida quyib 
yopishtiriladi. Qattiqligini, eyilishga chidamliligini va boshqa xossalarini 
oshirish uchun poliamid smolalarga grafit, talk, molibden disulfidi va metall
kukunlari kabi to‘ldirgichlar qo‘shiladi,termoplastlar, shuningdek, katta 
bo‘lmagan detallarni, kuzovning armaturalarini va hokazolarni tayyorlashda ham 
ishlatiladi. 
Polimer 
ashyolarning 
fizik-mexanik, 
dielektrik,ishqalanishni
oshiruvchiyoki kamaytiruvchi xossalarini kamaytirish,issiqqa chidamliligini
oshirish va cho‘qish miqdorini kamaytirish, shuningdek arzonlashtirish uchun
Uzg. Varoq 
Xujjat№.. 
Imzo 
Sana 
Varoq 


masalan, metall kukunlari, portlandsement, ip-gazlama, shishasoda, qog‘oz,
asbest,slyuda, mayda tosh to‘ldirgichlar qo‘shiladi. 
Polimerlarning egiluvchanligini oshirish uchun ular tarkibiga dibutil 
fetalat, kamfora, olein kislotasi, demital va dietilftalat va boshqa 
plastifikatorlar qo‘shiladi. Bu polimerlarga ishlov berganda ularning 
egiluvchanligi, qovushoqligini va oquvchanligini yaxshilaydi. 
Aminlar, magneziya, ohak kabi qotirgichlar (stabilizatorlar) polimerlarni 
qattiq va erimaydigan holatga o‘tkazadi. 
Mashina detallarini polimerlar bilan ta’mirlash uchun 20 m

maydonli 
maxsus joylar tashkil etiladi. Bu joylarga termoplastik polimer ashyolardan 
buyumlar tayyorlash uchun DZ 127 (DZ 127-63, DZ 130-125) quyish
mashinasi; plastmassalardan taxtakachlab buyumlar tayyorlash uchun gidravlik
taxtakach, polimer kukunlari elektrostatik maydonda yotqizish uchun ko‘chma
IERUP-1107 uskunasi; UPN-6-63 gazplazmali purkash uskunasi; epoksidli 
tarkibni me’yorlash va aralashtirish uchun OP-10584-GOSNITI uskunasi; elim
surtish uchun OP-10588-GOSNITI mashinasi; plastmassalarni maydalash
uchun motorli IPR-150M mashinasi; SNOL-3,5; 3,5/3 elektr quritish shkafi;
chang havoni so‘radigan shkafli OP-2078 ish stoli; bir ish joyli ORG-060A
montaj stoli; detallar va qismlar qo‘yish uchun ORG-1468-05-300B shkafi
stol ustida turadigan VNS-2 siferblatli tarozi; polimer ashyolar turadigan
ARPK-GOSNITI qutisi; kiyim shkafi; chiqindilar solinadigan yashik va o‘t 
o‘chirgich o‘rnatiladi. Mashina detallarini polimerlar bilan ta’mirlash uchun
20 m
2
maydonli maxsus joylar tashkil etiladi. Bu joylarga termoplastik
polimer ashyolardan buyumlar tayyorlash uchun DZ 127 (DZ 127-63, DZ
130-125) quyish mashinasi; plastmassalardan taxtakachlab buyumlar tayyorlash
uchun gidravlik taxtakach, polimer kukunlari elektrostatik maydonda yotqizish
uchun ko‘chma IERUP-1107uskunasi; UPN-6-63 gazplazmali purkash uskunasi; 
epoksidli tarkibni me’yorlash va aralashtirish uchun OP-10584-GOSNITI
uskunasi; elim surtish uchun OP-10588-GOSNITI mashinasi; plastmassalarni
maydalash uchun motorli IPR-150M mashinasi; SNOL-3,5; 3,5/3 elektr
quritish shkafi; chang havoni so‘radigan shkafli OP-2078 ish stoli; bir ish
Uzg. Varoq 
Xujjat№.. 
Imzo 
Sana 
Varoq 


joyli ORG-060A montaj stoli; detallar va qismlar qo‘yish uchun ORG-1468-
05-300B shkafi stol ustida turadigan VNS-2 siferblatli tarozi; polimer
ashyolar turadigan ARPK-GOSNITI qutisi; kiyim shkafi; chiqindilar 
solinadigan yashik va o‘t o‘chirgich o‘rnatiladi. 
Polimer ashyolar qutisida ED-16 smolasi, dibutilftalat, polietilenpoliamin 
bo‘ladi

Qotirgichlar ikki sinfga-sovuqlayin qotirgichlar (16-20

C da qotadi) va
issiq qotirgichlar (40-200
o
S da qotiradi) ga bo‘linadi. Bu qotirgichlar 
smolalarga ularni bevosita ishlatish oldidan aniq hisoblangan miqdorda 
qo‘shiladi. 
Epoksidli smola yordamida korpus detallardagi darzlar, yoriq, teshilgan va 
boshqa mexanik shikastlangan joylar ta’mirlanadi, shuningdek podshipniklar 
o‘tkaziladigan sitrlar tiklanadi. 
Ish bajarish oldidan epoksidli tarkib (pasta) tayyorlanadi. Buning uchun 
epoksidli smola 50-60
o
S haroratgacha qizdiriladi, ularga plastifikator 
qo‘shilib, yaxshilab aralashtiriladi. So‘ngra aralashtirib turgan holda pastaga 
zarur miqdorda to‘ldirgichlar qo‘shiladi. Olingan tarkib uy haroratigacha 
sovitiladi. Epoksid smolani ishlatishdan 30-40 minut oldin unga qotirgich 
qo‘shiladi. 
Korpus detallardagi darzlarni yamashdan oldin bu sirtlar epoksid smolani 
surtishga tayyorlanadi. Payvandlashdagi kabi darzning ikki qirrasi 90-120

burchak hosil qilib yo‘niladi, darzning oxirlarida teshiklar parmalanadi; 
qirralar oksidlardan tozalanadi, atseton, benzin kabi eritgichlar yordamida 
yog‘dan tozalanadi. So‘ng parmalangan teshiklarga asbest tiqinlar kirgiziladi va 
kapkir yordamida chokka birinchi yupqa epoksid smola surtiladi. Ikki qirrasi 
tozalangan chokka birinchi yupqa epoksid qatlami surtiladi, ikkinchi qatlam 
bilan chok butunlay yopiladi va uning ikki cheti 5-10 mm ga kengroq
topiladi. Pasta quritish shkafida 60-70

C haroratda 4-5 soat davomida quritiladi.
Yorilgan joylarni yamashda uning ikki cheti yaltiratib tozalanadi. 
Shishitoladan ustqo‘yma qirqib olinadi. Ustqo‘yma o‘lchamlari shunday 
Uzg. Varoq 
Xujjat№.. 
Imzo 
Sana 
Varoq 


bo‘lishi kerakki, u yorilgan joyning chetlarini 15-20 mm kenglikda
qoplaydigan bo‘lsin. YOrilgan joyning tozalngan va yog‘sizlantirilgan chetlariga 
yupqa qilib epoksidli tarkib surtiladi, uning ustiga shishatola qirqimi
yotqiziladi va rolik bilan botiriladi. Ustqo‘yma ustiga epoksid pastasi surtiladi va 
u yana shishatola bilan yopiladi va hokazo. Qatlamlar soni yoriqning katta-
kichikligiga qarab uch-besh qavat bo‘lishi mumkin. Oxirgi qatlamni surtgandan 
keyin pastaning qotishi uchun detal shkafda quritiladi. 
Ustqo‘ymalar bak, radiatorning bakchasi va boshqa detallardagi yorilgan 
joylarga, ishqalanuvchi (friksion) ustqo‘ymalar tormoz kolodkalariga sintetik 
elim bilan yopishtiriladi. Buning uchun VS-350, BF-2, VS-10T, MPF-1,
VK-200 markali sintetik elimlar, epoksid elim va boshqalar ishlatiladi. 
Elimlash oldidan detallar sirti yaxshilab kirdan tozalanadi va eritgichlar 
yordamida yog‘sizlantiriladi va biroz g‘adir-budirli qilinadi.SHundan keyin
elimlab yopishtiriladigan sirtlarga qalinligi 0,1 mm qilib ikki-uch qatlam elim
surtiladi. Elimlar tarkibida (epoksid elimlardan boshqarlarida) bug‘lanuvchan 
eritgichlar borligi sababli har bir qatlam elim surtilgandan so‘ng ularni quritib
olish kerak. Quritish vaqti elimmarkasiga bog‘liq bo‘lib, odatda undan 
foydalanishga oid qoidalarda ko‘rsatiladi. 
Elim quritilgach, o‘zaro yopishtiriladigan sirtlar birlashtiriladi. SHunda 
elimning qotish tartibiga: sirtlarni bir-biriga bosish kuchiga, qotish haroratiga
va vaqtiga aniq rioya qilish juda muhim. CHunonchi, VS-10T elimi 
ishlatilganda biriktiriladigan sirtlar 0,5-4 MPa bosim bilan siqilishi kerak.
Birikma detalni 180
oC
haroratda 45 minut davomida qizdirib qotiriladi. 
Detallar elimlangandan keyin sekin sovitilishi lozim. 
Sintetik elimlar bilan yopishtirish nisbatan oddiy va iqtisodiy jihatdan 
tejamli jarayon bo‘lib, etarli darajada mustahkamlikni ta’minlaydi. 
Detal korpusidagi darzlarni epoksid smola bilan berkitishda darzning 
atrofi shilish-silliqlash mashinasida yoki jilvir qog‘oz bilan yoki shabar 
yordamida yaxshilab tozalanadi. So‘ngra reduktorning korpusi darz yuqoriga 
qaratilib, gorizontal joylashadigan qilib o‘rnatiladi. 
Uzg. Varoq 
Xujjat№.. 
Imzo 
Sana 
Varoq 


Darz chegaralari 8-10 marta kattalashtiradigan lupa yordamida aniqlanadi, 
so‘ngra darzning oxirlarida chuqurcha yasab, markaz belgilanadi va diametri 2,5-3 
mm li teshiklar parmalanadi. Qo‘l bormaydigan joylarda teshik parmalanmaydi. 

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish