Pishloq, asosan, sigir (ba’zan qo’y) sutidan tayyorlanadi.
Pishloq
tayyorlashda sutni ivitish uchun shirdon fermenti va pepsindan foydalaniladi.
Pishloq massasi tarkibidagi sut va oqsil kozeinning texnologik jarayonlar natijasida
yetilishidan ma’lum vaqt ichida tayyorlanadi. Masalan, ayrim (sovet, shvesar)
pishloqlarini tayyorlash ishlari bir necha oyga cho’zlib ketadi.
Pishloqning sifati.
Pishloqning sifati birinchi
galda sut sifati bilan
belgilanadi. Shuning uchun xam pishloq tayyorlash
uchun birinchi galda yangi
sog’ib olingan, me’yor xususiyat (daraja)ga ega bo’lgan,
tabiiy sutlardan
foydalaniladi. Bu boradi tabiiy me’yor darajasida ekanligi uning tarkibidagi oqsil-
kozein, yog’,sut qandi va tuzlar miqdori bilan belgilanadi.
Sut tarkibidagi oqsil-
kozein qancha ko’p bo’lsa, pishloq tayyorlash uchun aralashma quyuqligi shuncha
yuqori bo’ladi.
Sut tarkibidagi yog’ pishloqning yumshoq, nozik konsistensiyali, to’yimli va
mazali bo’lishida muxim rol o’ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: