Ndki energetika fakulteti 33sb-21e sirtqi bulim 1- kurs talabasi


partiyalarning ham manfaatlar guruhlarisiz saylov kampaniyalarida muvaffaqiyatga



Download 205,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana02.02.2022
Hajmi205,06 Kb.
#426157
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
зафар


partiyalarning ham manfaatlar guruhlarisiz saylov kampaniyalarida muvaffaqiyatga 
erishishi, jamiyatni anglashi qiyin kechadi. 
Demokratik jamiyatning muhim belgilaridan biri bu - ko’p partiyalilik bilan bir 
qatorda o’z a'zolarining ?ksak siyosiy madaniyatiga tayangan manfaatlar 
guruhlarining mavjudligi, ularning jamiyat va davlatning barcha institutlari bilan 
o’zaro teng huquqlilik asosida faol munosabatda bo’lishidir. Siyosiy partiyalar o’z 
o’rnida nodavlat notijorat tashkilotlarning turli manfaatlarini birlashtiradi, o’zida 
ifoda etadi. Shu bilan birga o’z manfaatlari yo’lida bu guruhlardan foydalanadi va 
hamkorlik qiladi.


3-savol. O’zbekistonda davlat mustaqilligi e'lon qilingan dastlabki yillardan boshlab 
mamlakat Prezidenti I.A.Karimov boshchiligidagi hukumat fuqarolik jamiyati va 
huquqiy davlat qurish maqsadlaridan kelib chiqib, nodavlat notijorat tashkilotlarini 
demokratik tamoyillar asosida isloh etishga muhim e'tibor berib kelmoqda. 
Mamlakat prezidenti I.A.Karimov mamlakat taraqqiyoti to’g’risida so’zlar ekan, 
mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning strategik maqsadlarini 
quyidagicha ifodalaydi: «Pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo’naltirilgan barqaror 
bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo’lgan kuchli demokratik huquqiy 
davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir» (Karimov I.A. ?zbekiston 
iqtisodiy islo?otlarni chuqurlashtirish yo’lida.-T.:?zbekiston, 1995, 9-bet.). 
Mustaqillik davridagi demokratik islohotlar natijasi o’laroq, 1992 yilda qabul 
qilingan O’zbekiston Respublikasining Konstituoiyasi, Oliy Majlis tomonidan qabul 
qilingan barcha qonunlar majmuasi mamlakatimizda demokratik o’zgarishlarni 
chuqurlashtirish orqali fuqarolik jamiyatini qurishga qaratilgandir. Ayniqsa, 
ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning VIII sessiyasida kabul qilingan “Referendum 
yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy printsiplari 
to’g’risida”gi Konstitutsiyaviy konunning 2-moddasiga binoan demokratik 
islohotlarni chuqurlashtirish hamda fuqarolik jamiyatini shakllantirishga doir qonun 
hujjatlarini takomillashtirishning asosiy printsiplari quyidagicha ifodalandi: 
“-qonun ustuvorligini, hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud 
tarmoqlari o’rtasida muvozanatni, ulardan har birining haqiqiy mustaqilligini 
ta'minlash; 
-xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan printsiplari va normalari asosida inson 
huquqlari va erkinliklari kafolatlarini ta'minlash; 
-siyosiy hayotning, davlat va jamiyat qurilishining barcha jabhalarini izchil 
erkinlashtirish; 
-nodavlat notijorat, jamoat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa 
demokratik institutlari yanada mustahkamlanishi hamda rivojlantirilishi uchun 
kafolat va sharoitlarni ta'minlash; 


-fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini har tomonlama mustahkamlash va 
davlat hokimiyati markaziy organlarining vakolatlarini joylardagi boshqaruv 
organlariga bosqichma-bosqich o’tkazish, ijro etuvchi hokimiyat organlari, shu 
jumladan, mudofaa va xavfsizlikni ta'minlovchi tuzilmalar faoliyati ustidan jamoat 
nazorati mexanizmini shakllantirish va kuchaytirish”. 
Mustaqillik davrida mamlakatda demokratik jamiyat qurishning huquqiy asoslari 
yaratildi. Konstitutsiyaning g’oyalari, maqsadlari, ruhi, uning har bir qoidasi 
BMTning «Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi», asrlar mobaynida ilg’or va 
etakchi mamlakatlarda shakllangan demokratik qadriyatlar, milliy davlatchilik, 
shuningdek, bir necha ming yillardan buyon avloddan avlodga meros bo’lib 
kelayotgan milliy va sharqona davlat va jamiyatni adolatli idora etish, mamlakatni 
boshqarishda xalqning ham bevosita ishtirok etishi an'analarini o’zida 
mujassamlashtirdi.
Milliy mustaqillikning dastlabki davridayoq mamlakatda fuqarolik jamiyatini qurish 
yo’lida uning muhim institutlaridan biri bo’lgan nodavlat notijorat tashkilotlarning 
erkin va mustaqil faoliyat yuritishlari uchun huquqiy asoslar yaratildi. 
Konstitutsiyaning alohida «Jamoat birlashmalari» deb nomlangan bobi respublikada 
fuqarolik jamiyati va ko’p partiyaviylik tizimini qaror toptirish uchun ham huquqiy, 
ham amaliy jihatlardan shart-sharoitlar yaratdi. Unga binoan jamoat birlashmasi, 
kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar kabi tushunchalarga huquqiy aniqliklar 
kiritiladi. Endi ular demokratik talqinlar asosida ta'riflana boshlandi. Ayniqsa, 
Konstitutsiyaning 58-moddasidagi “Davlat jamoat birlashmalarining huquqlari va 
qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta'minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok 
etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi. Davlat organlari va 
mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga, shuningdek, 
jamoat birlashmalarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga 
aralashishiga yo’l qo’yilmaydi” (O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T.: 
O’zbekiston, 2000,16-bet.), 34-moddasidagi “O’zbekiston Respublikasi fuqarolari 
kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga 
uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar. Siyosiy 


Download 205,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish