4.
Mehnat-turmush estetikasining muhim omili. Insonning tabiiy, axloqiy va estetik didining
mutanosibligi.
Mehnat – insonning aqli y yoki jismoni y kuchi bilan amalga oshiriladigan maqsadli
faoli yat. U kundalik ma‘navi y va moddi y jihatdan odamzot ha yotini farovonlashtirish,
ma‘navi y hamda moddiy qadri yatlarni yaratish vositasi. Mehnatda inson, a yni paytda,
ham aqli y ham jismoni y tomond an tarbi yalanib, ma‘navi y yuksal ib boradi. Biroq
mehnat og‗ir majburi yatga a ylangan joyda uning bu xususi yatlari yo‗qoladi. Shu
sababli, mehnat har jihatdan yu ksak samara borishi uchun erkin bo‗lishi, mehnat
jara yoni ijodi y va qiziqarli kechishi lozim. Zotan o‗ziga yoqqan, erkin mehnat turini
bajara yotgan kishilarning «Bu ish ni men o‗ ynab qilib qo‗ yaman » qabilidagi gaplari,
erkin mehnatni o‗yinga qi yoslashlari bejiz emas. O‗ yin – san‘atning asosi ekanini
nazarda tutsak, bu bilan o‗z kasbini, ishini sevgan odamlar uni ijod darajasiga
ko‗tarishga harakat qila yotganini ko‗ramiz. Zotan sevmoq – erkinlik, ijod esa, erkinlik
mevasi. Mehnat erkinligini, unga erkin munosabatni shakllantiris h hamma zamonlarda
ham muhim masala bo‗lib kelgan. Og‗ir mehnatni engillashtirish, erkinlashtirish
maqsadida inson qadimdan uni badii ylashtirishga, estetiklashtirishga intilgan. Bun ga
halq og‗zaki ijodidagi mehnat turlariga bag‗ishlangan qo‗shiqlar yaxshi misoldir. Ular
mehnat jara yonining qiziqarli, «i chdan» bo‗lmasa ham, «tashdan » go‗ zal, musiqi y,
badii y bo‗lib ko‗rinishiga xizmat qilgan.
Ho zir gi pa ytda mehnat jara yonining ham «ichdan », ham «tash dan » go‗zal
bo‗lishini ta‘minlashni uyg‗un tarzda amalga oshirish dolzarb ahamiyat kasb etgan.
Bunda yana diza ynnin g hal qiluvchi ahami yat ga ega ekanini ta‘kidlash lozim.
Mehnat estetikasida diza yn ga bo‗ lgan talab ko‗p yoqlamalik tabiatiga ega. Unda
faqat texnikavi y go‗ zallik emas, botunisicha texnologik jara yon va ishlab chiqarish jo yi
– makon go‗zalligi ham diza yn qonun-qoidalariga bo‗ ysunishi: inson – texnika – makon
tizimining estetiklashishi ro‗ y beradi.
Mehnat bilan nafosatning o‗zaro aloqasi to‗g‗risida ukrainalik estetik olim D. YU.
Kucher yuk diqqatga sazovar fikrlar bildiradi: «Mehnatning mazmuni a ynan o‗zini
qadri yat sifatida namo yon qilishi bilan belgilanadi, – deb yo zadi u. – Nafosat ham
mehnatning mazmuni y jihatiga aloqador »
. Bunga misol tariqasida u inson o‗z ruhi y-
fiziologik quvvatining mehnat jara yonini boshqarish mahoratiga egaligidan ruhlanishini
va butun vujudi bilan estetik quvonchni his etishini ta‘kidlab o‗tadi. Darhaqiqat,
bunda y holatda insonning ijodi y munosabati, ruhi y ko‗tarinkiligi mehnat bilan
estetikaning
u yg‗unlashib
ketishiga olib keladi , nafosat mehnat jara yonini
jonlantiradigan hodisaga, uni go‗zallashtiradigan qudratga a ylanadi. Buning uchun
inson – texnika – makon tizimida, ya‘ni, dast gohlardan tortib, devoru imoratlargacha,
gultuvakdan tortib, darpardalargacha bo‗lgan muhitda diza ynerning ijodiy yondashuvi
lozim; bunda ranglar nafosati ham alohida rol o‗ ynaydi.
Nima uchundir biz, mehnat estetikasi deganda, ko‗pincha faqat jismoni y-moddi y
mehnat jara yonlaridagi nafosatni tu Shunamiz va asosan uni zo‗r berib tadqiq etishga
urinamiz. Vaholanki, ma‘navi y-aqli y sohalardagi mehnat ham jiddi y e‘tiborga, estetik
tahlilga lo yiq. Masalan, teatr san‘atidagi mehnatni olib ko‗ra ylik. U lug‗ rejiss yorimiz
Mannon U yg‗ur Yan gi spektaklni ta yyorlashda «o‗ zi ham tinmagan, boshqalarni ham
tindirmagan». Repetitsiya paytida tushlikka chiqishga vaqt topolmaganidan unga u yidan
ovqat olib kelishgan. Spektakldan so‗ng tunlari tahlil bilan Shug‗ullangan, teatr
san‘atining muhim masalalariga doir qoidalarini qog‗ozga tushirgan. Bu yuk fransuz
Do'stlaringiz bilan baham: |