Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


***  Adabning yuqori bosqichi – go‗zal xulqdir  ***



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet543/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   539   540   541   542   543   544   545   546   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

*** 
Adabning yuqori bosqichi – go‗zal xulqdir 
*** 
Oltin topmaginu o‗rgangin hunar, 
Hunarning oldida hasdir oltin-zar 
Abdurahmon Jomiy 
*** 
Hunarli kishilar gapirmaydilar, 


328 
Qarab tur: hunarning o‗zi gapirar 
Ahmad Donish 
*** 
Har bir kishi – kasb-korini mukammal bilmog‗i, yaxshi tarbiya olmog‗i va yaxshi xulq-atvor 
fazilatlariga ega bo‗lmog‗i kerak 
Abu Nasr Farobiy. 
 
―Xulq‖
– oila, jamoa, mahalla-kuy miqyosida ahamiyatli bo‗lgan, yoqimli insoniy xatti-
harakatlarning majmui. Xulq – insonning ma‘naviy qiyofasi va faoliyatiga xos bo‗lgan axloqiy tushuncha. 
SHaxs hayot tarzining o‗ziga xosligini, uning faoliyatida axloqiy qadriyatlar tamoyillari nechog‗li 
o‗zlashtirilganligi, odob me‘yorlari qay tarzda amaliy ahamiyat kasb etganligini va aksincha, odob-
axloqqa zid bo‗lgan hislatlar mavjudligini ko‗rsatib turadi. Xulq shaxs axloqiy faoliyatining o‗lchami, 
ko‗rsatkichidir. SHaxsning yaxshi axloqiy fazilatlar bilan sug‗orilgan faoliyat tarzi ―yaxshi xulq‖ 
namunasi bo‗lib xizmat qilsa, faoliyatida axloqiy qadriyatlarga zid amallarning namoyon bo‗lishi esa, 
―yomon xulq‖ga misol bo‗la oladi. Inson xulqi uning ma‘naviy-axloqiy dunyosining o‗ziga xos 
ko‗rsatkichi hisoblanadi. Shuningdek, ma‘naviy-ruhiy kechinmalarning inson xulqi orqali namoyon 
bo‗lishi ko‗p jihatdan mavjud shaxs ta‘sirida bo‗lgan muhitning o‗ziga xos tarzda shakllanishiga ham 
ta‘sir ko‗rsatadi. 
Bufikrlarimiznimisollar orqali tushuntirishga harakat qilamiz. Deylik, avtobusda yoshgina yigit, 
talaba hamma qatori o‗tiribdi. Navbatdagi bekatdan bir keksa kishi chiqib, o‗tirish uchun atrofga nazar 
tashlay boshladi. O‗tirgan yigit darhol o‗rnidan turib: ―O‗tiring, otaxon!‖ deb joy bo‗shatdi. Atrofdagi 
insonlar uning chiroyli xatti-harakatiga qarab, unga ich-ichidan minnatdorchilik bildirib: ―Oilada chiroyli 
tarbiya berilgan ekan, odobli ekan‖, deb qo‗yadilar. Hayotda Shunday voqealar ham uchrab turadi ya‘ni 
buning aksi. Talaba teskari qarab olsa, yoki o‗zini juda charchagan holga solib, qariyaga joy 
bo‗shatmasa, albatta g‗ashimiz keladi, ko‗nglimizdan: ―Buncha beodob, surbet ekan!‖ degan fikr o‗tadi, u 
bizda yoqimsiz taassurot uyg‗otadi. Qariyaga joy bo‗shatgani yoki bo‗shatmagani oqibatida salondagi 
yo‗lovchilarning qalbida talabaga nisbatan ijobiy yo salbiy baho beriladi. 
Xulqqa quyidagicha misol keltirish mumkin: mahallamizdagi oila boshliqlaridan biri imkon boricha 
qo‗ni-qo‗shnilarning barcha marakalarida xizmatda turadi, qo‗lidan kelgan yordamini hech kimdan 
ayamaydi, ochiq ko‗ngil, tirishqoq, oila a‘zolariga mehribon va h.k. Unday odamni biz xushxulq inson 
deymiz va unga mahallamizning namunasi sifatida qaraymiz. Bordi-yu buning aksi bo‗lsa-chi, u qo‗ni-
qo‗shnilar bilan qo‗pol muomala bilan gaplashsa, to‗y-ma‘rakalarda janjal ko‗tarsa, sal gapga 
o‗dag‗aylab, musht o‗qtalsa, ichib kelib, oilada xotin-bolalarini urib, haqoratlasa, uni badxulq deymiz. 
Uning badxulqliligidan oilasi, tevarak-atrofdagi ba‘zi shaxslar jabr ko‗radi, mahalladagilarning tinchi 
buziladi. Bunday shaxslarni darhol mahalla oqsoqollari boshchiligida tarbiyaviy ishlarni olib borishlari 
lozim. 
Oilada, mahalla-kuyda, jamiyatda insonlarning odoblilik va xushxulqlilikning keng yoyilishi 
jamiyat axloqiy hayotigagina emas, balki butunligicha ijtimoiy taraqqiyotga ham ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi. 
Bu ta‘sir tufayli garchand jamiyat birdaniga yuksalib ketmasa-da, asta-sekinlik bilan, muntazam ravishda 
yaxshilanib, ravnaq topib boradi. 
Axloqqa kelsak, masala o‗ta jiddiy mohiyat kasb etadi: deylik, bir tuman yoxud viloyat prokurori 
o‗zi mas‘ul hududda doimo qonun ustuvorligini ta‘minlash uchun intiladi, adolat qaror topishini ko‗zlab 
ish yuritadi, lozim bo‗lsa, hokimning noqonuniy farmoyishlariga qarshi chiqib, ularning bekor qilinishiga 
erishadi; oddiy fuqaro nazdida nafaqat o‗z kasbini e‘zozlovchi shaxs, balki haqiqiy huquq posboni, 
adolatli tuzum timsoli tarzida gavdalanadi; u – umrini millat, Vatan va inson manfaatiga bag‗ishlagan 
yuksak axloq egasi; u, o‗zi yashayotgan jamiyat uchun namuna bo‗ladi. Agar mazkur prokuror, aksincha, 
qonun himoyachisi degan nomi bo‗la turib, o‗zi qonunni buzsa, shaxsiy manfaati yo‗lida oqni qora, 
qorani oq deb tursa, u axloqsizlik qilgan bo‗ladi: oddiy fuqaro nazdida birgina kishi – prokuror-amaldor 
emas, balki butun jamiyat adolatsiz ekan, degan tasavvur uyg‗onadi. Bunday tasavvurlarning muntazam 
kuchayib borishi esa oxir-oqibat o‗sha jamiyat yoki tuzumni tanazzulga olib keladi. 


329 
Bu o‗rinda Shuni alohida ta‘kidlash joizki, axloqiy tarbiya natijasida odoblilik – xushxulqlilikka, 
xushxulqlilik – yuksak axloqiylikka aylangani kabi, axloqiy tarbiya yo‗lga qo‗yilmagan joyda muayyan 
shaxs, vaqti kelib, odobsizlikdan – badxulqlilikka, badxulqlilikdan – axloqsizlikka o‗tishi mumkin

Xulosa qilib, yuqorida bayon etilgan masalalar, ya‘ni axloq, uning jamiyat hayotida tutgan o‗rni 
kabi muammolarni o‗rganish bilan bevosita etika fani Shug‗ullanadi. 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   539   540   541   542   543   544   545   546   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish