Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

Falsafaning strukturasi.
Falsafa o‗z shakllanishi va rivojlanishining qadimgi davridayoq, 
tabiat, inson, jamiyat va ma‘naviyatni, Shuningdek sababiy bog‗lanishlar, qonunlar va Shu kabilarni 
bilish sohasida yuksak natijalarga erishdi va ratsionallik nuqtai nazaridan odamlarning dunyo 
haqidagi umumiy tasavvuriga aylandi. Ammo olamning cheksiz darajada rang-barangligi va 
serqirraligi tufayli o‗sha davrdayoq parchalanmagan falsafiy bilimlar va tasavvurlardan ayrim 
bo‗limlar ajralib chiqa boshladi, vaqt o‗tishi bilan rivojlanib, ancha aniq shakl-shamoyil kasb etdi 
va Yangi bilimlar bilan to‗ldirildi. Pirovard natijada ular falsafiy bilimning tuzilishini (strukturasini) 
tashkil etdi. 
Falsafaning asosiy masalasi strukturasida ikki tomon ajratiladi. Ruh birlamchimi yoki 
tabiatmi, degan savol mazkur masalaning ontologik tomonini tashkil qiladi. Dunyoni bilish 
imkoniyati to‗g‗risidagi masala, «inson tafakkuri dunyoni haqqoniy bilishga qodirmi, u o‗zining 
haqiqiy dunyo haqidagi tasavvurlarida voqelikni to‗g‗ri aks ettirishga qodirmi», degan savol 
falsafa asosiy masalasining gnoseologik tomonini o‗zida ifodalaydi.
«Dunyo – inson» tizimidagi munosabatlarning rang-barangligi predmetli-amaliy, 
gnoseologik, akseologik, estetik, axloqiy va boshqa xil munosabatlar bilan belgilanadi. Quyidagilar 
falsafiy bilimning strukturasi hisoblanadi: 

ontologiya – mavjudlik, borliq haqidagi bilim; 

gnoseologiya (boshqa bir terminologiyaga ko‗ra – epistemologiya) – bilish nazariyasi; 

ijtimoiy falsafa – jamiyat haqidagi ta‘limot; 

etika – axloq haqidagi ta‘limot; 

aksiologiya - qadriyatlar haqidagi ta‘limot; 

falsafiy antropologiya – inson haqidagi ta‘limot va boshqalar.
Falsafa ularning muhim xususiyatlari, birinchi sabablari va asoslarini aniqlashdan manfaatdor. 
U yoki bu munosabatni dunyoga yondashuv mezoni sifatida tanlash (masalan, dunyoga uyg‗unlik, 
go‗zallik, mutanosiblik nuqtai nazaridan yondashish) u yoki bu falsafiy fanni (ayni holda estetikani) 
belgilaydi. Dunyoga uni bilish imkoniyatlari va qonuniyatlari nuqtai nazaridan yondashish bilish 
nazariyasi – gnoseologiyani vujudga keltiradi. «Inson – dunyo» tizimiga hokimiyat munosabatlari 
nuqtai nazaridan yondashish siyosatShunoslikning predmetini tashkil etadi. Munosabatlar o‗zagini 
axloqiy me‘yorlar tashkil qilgan taqdirda esa tadqiqotchi etika sohasiga qadam qo‗yadi.
Shunday qilib, falsafaning asosiy masalasi strukturasi falsafaning o‗z strukturasini aks 
ettiradi, falsafa esa o‗z asosiy masalasining keng nazariyasi sifatida namoyon bo‗ladi. Boshqacha 
qilib aytganda, falsafaning asosiy masalasi xususida mulohaza yuritish jarayonida biz borliq nima, 
tafakkur nima degan savollarga turli xil javoblar olamiz. Vaqt o‗tishi bilan bu javoblar o‗z dalillar 
tizimi, metodologik tamoyillarini shakllantiradi va falsafiy yo‗nalishlarga aylanadi. Masalan, 
borliqda eng avvalo faqat fan doirasida aniqlanishi va til tizimida belgilar yordamida ifodalanishi 
mumkin bo‗lgan aloqalar va qonuniyatlarni ko‗rish maxsus yo‗nalish – pozitivizm, aniqroq 
aytganda, uning oxirgi bosqichi – analitik falsafa nuqtai nazari bilan muvofiq keladi. Bu erda 


48 
borliq nima degan masala u yoki bu bilimlarni to‗g‗ri ifodalash muammosiga, til tahliliga borib 
taqaladi. Analitik falsafa doirasida «lingvistik burilish» amalga oshirilgan va til falsafasi butun 
falsafaning asosi sifatida qabul qilingan.
Pozitivizm falsafani konkret fanlarga qarama-qarshi qo‗yadi va ilmiy bilimni dunyoni 
o‗zlashtirishning birdan-bir ijobiy shakli deb e‘tirof etadi. Metafizika falsafaning sinonimi sifatida 
eng avvalo til mantiqiy me‘yorlari nuqtai nazaridan mazmundan xoli deb e‘lon qilinadi. 
Neopozitivistlar fikriga ko‗ra, falsafaning hayot mazmuni, cheklilik va cheksizlik, borliqning 
birinchi asoslari, universumning atributivligi kabi azaliy muammolari soxta tushunchalar sanalgan 
atamalar yordamida shakllantiriladi, zero ularga berilgan ta‘riflarni tekshirish mumkin emas.
Ayni Shu darajada 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish