Sig‗ishadigan mulohaza
(Hukm) lardan mazmuni bir xil, hajmi turli xil bo‗lgan hukmlar
o‗zaro bo‗ysunish munosabatida bo‗ladi. Bunda umumiy mulohaza (Hukm) lar bo‗ysundiruvchi,
juz‘iy mulohaza (Hukm) lar bo‗ysunuvchi bo‗ladi. Bo‗ysunish munosabatida umumiy hukmlar chin
bo‗lsa, ularga bo‗ysunuvchi juz‘iy hukmlar ham chin bo‗ladi lekin juz‘iy hukmlar chin bo‗lganda,
umumiy hukmlar noaniq (chin va xato) bo‗ladi.
YUqoridagi misoldan A – mulohaza (Hukm) chin bo‗lgani uchun unga bo‗ysunuvchi bir I-
mulohaza (Hukm) ham chin bo‗ladi. Agar umumiy mulohaza (Hukm) lar xato bo‗lsa ularga
bo‗ysunuvchi juz‘iy hukmlar noaniq (chin yoki xato) bo‗ladi. Misollarimizda E – mulohaza (Hukm)
xato bo‗lgani uchun, A – mulohaza (Hukm) ham xato bo‗ladi. Ba‘zi holatlarda umumiy hukmlar
xato bo‗lsa, juz‘iy hukmlar chin bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |