Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet380/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

Rim klubi.
YUqorida qayd etilgan qarashlardagi tub burilish asosan Rim klubi faoliyati ta‘sirida Yuz 
berdi. 1968 yil Rimda o‗zining birinchi majlisiga yig‗ilgan olimlar, faylasuflar va jamoat arboblarining bu 
nufuzli xalqaro tashkiloti hozirgi davrning eng muhim umuminsoniy muammolari bo‗yicha ma‘ruzalar 
tayyorlash va e‘lon qilishni o‗z oldiga vazifa qilib qo‗ydi. Bu tashkilotning 1972 yilda e‘lon qilingan «O‗sish 
chegaralari» deb nomlangan birinchi ma‘ruzasiyoq juda katta shov-Shuvga sabab bo‗ldi, chunki insoniyat 
o‗zi anglamagan holda «poroxli bochka ustida o‗tirib, gugurt o‗ynayotgani»ni ko‗rsatib berdi. Rim klubining 
asoschisi va birinchi prezidenti Aurelli Pechchei mazkur tadqiqotga yozgan so‗zboshisida Shunday deb qayd 
etgan edi: «Endilikda ona-Erimiz har qanday o‗sish sur‘atlariga dosh berishga, insonning har qanday 
93
Белл Д. 
Социальные рамки информационного общества / Новая технократическая волна на Западе. – М., 1986. – С.342 
94
Там же, – С.342 
95
Сциентизм (ингл. 
science
– фан) – фаннинг жамият ҳаѐтидаги ролини мутлақлаштирувчи концепция 


261 
erkaliklarini ko‗tarishga qodir ekanligiga sog‗lom fikrlaydigan odamlarning birortasi ham ishonmaydi. 
O‗sish chegaralari borligi ravshan, lekin ularning qandayligi va qaerdaligini hali aniqlash lozim»
96
.
Mazkur ma‘ruza mualliflari Shunday aniqlash bilan Shug‗ullandilar. Olingan natijalarning muxtasar 
mazmuni Shundan iborat ediki, sayyoramiz hajmining chegaralari muqarrar tarzda inson imkoniyatining 
chegaralarini ham nazarda tutadi; moddiy o‗sish cheksiz darajada davom etishi mumkin emas; ijtimoiy 
rivojlanishning haqiqiy chegaralari moddiy omillar bilan emas, balki ekologik, biologik va hatto madaniy 
omillar bilan belgilanadi. Ular jahon rivojlanishi asosiy tendensiyalarining kompyuter modelini tuzib, 
mazkur tendensiyalar saqlangan holda uchinchi ming yillik boshidayoq insoniyat voqealar ustidan nazoratni 
butunlay yo‗qotishi va natijada halokatga Yuz tutishi mumkin, degan to‗xtamga keldilar. Bundan ishlab 
chiqarishning o‗sishini to‗xtatish, tobora ko‗payib borayotgan aholi sonini esa tegishli ijtimoiy siyosat 
yordamida barqarorlashtirish lozim, degan xulosaga kelindi.
Ma‘ruza jahonning ko‗plab tillariga o‗girildi va dunyo bo‗ylab keng tarqaldi, ishlab chiqarishning 
o‗sishini to‗xtatish g‗oyasi tarafdorlari va muxoliflari o‗rtasida qizg‗in bahs-munozaralarga sabab bo‗ldi. 
So‗ngra navbatdagi ma‘ruzalar majmui (bugungi kunda ular yigirmatadan oshib ketdi) paydo bo‗ldi. Bu 
ma‘ruzalar umuminsoniy muammolarning ko‗pgina jihatlarini yoritib berdi va ularga nafaqat olimlar va 
faylasuflar, balki siyosatchilar, jamoat arboblari, umuman jahon hamjamiyati e‘tiborini qaratdi.

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish