215
Evropacha sivilizatsiya ijtimoiy va madaniy rivojlanishning alohida tipi bo‗lib, u Evropada
taxminan XV-XVII asrlarda shakllangan. Uning o‗tmishdoshlari antik dunyo madaniyatlari va
Evropa xristiancha an‘anasidir. Uyg‗onish davrida bu ikki an‘ana sintezi texnogen sivilizatsiyaning
teran o‗ziga xosligini va uning texnika va texnologiya jadal sur‘atlarda rivojlanishini, odamlar
o‗rtasidagi ijtimoiy aloqalar tubdan o‗zgarishini ta‘minlagan madaniyatini shakllantirdi. Uning
zamirida huquqiy davlatning vujudga kelishi, shaxs o‗z tashabbuskorligi, faolligi va mustaqilligi
bilan oliy qadriyat sifatida ijtimoiy hayot markazidan o‗rin olishi yotadi. Odamlar o‗rtasida
muloqotning faollaShuvi va samarali kommunikatsiya vositalari paydo bo‗lishi texnogen
sivilizatsiyaning o‗ziga xos xususiyatlaridan biridir. Madaniyatda ilmiy oqilonalik alohida o‗ziga
xos qadriyat sifatida hukm suradi. Inson tabiatni faol va oqilona tarzda o‗zgartirishiga imkoniyat
yaratgan qonunlarning kashf etilishi fanning ustunligini tasdiqlaydi. Unda Yangilik va unumdorlik,
biluvchi sub‘ektning bilimi, erkinligi va mustaqilligini tinimsiz oshirish talablari shakllanadi.
Sivilizatsiyaning «evropacha» va «noevropacha» tiplari tushunchalari umumiy, muhim, jins
bildiruvchi belgilarni qamrab oladi.
Mazkur tiplar doirasida mavjud turga oid farqlar pirovard
natijada jahon tarixida evropacha sivilizatsiyaning betakrorligini e‘tirof etish bilan bog‗liq. Ayrim
mutaxassislar fikriga ko‗ra, u an‘anaviy jamiyat madaniyatining mutatsiyasi natijasida vujudga
kelgan va insoniyat tarixida uning o‗xshashi mavjud emas. Shunga qaramay sivilizatsiyalar
tipologiyasi evropacha va noevropacha rivojlanish xususiyatlari bilan cheklanmaydi, chunki
insoniyat tarixida ozmi-ko‗pmi o‗xshash bo‗lgan ko‗p sonli sivilizatsiyalar mavjud.
Jumladan,
madaniy-tarixiy birlik belgisiga ko‗ra G‗arbiy, Sharqiy va Janubi-Sharqiy
Evropa mamlakatlarini, Shuningdek evropacha sivilizatsiyaga mansub bo‗lgan, lekin o‗z
madaniyatining xususiyatiga ko‗ra farq qiladigan AQSH va Kanadani farqlash mumkin.
Vujudga kelish va halok bo‗lish davriga ko‗ra hozirgi zamon sivilizatsiyalari va o‗lik
sivilizatsiyalar (masalan, meksika, xaldeylar yoki qadimgi somiylar sivilizatsiyasi) farqlanadi.
Sivilizatsiyalar tipologiyasida madaniy-diniy birlik belgisi ayniqsa muhim ahamiyat kasb
etadi. A.Toynbi, S.Xantington va boshqa olimlar taklif qilgan sivilizatsiyalar tasnifida diniy omil
muhim rol o‗ynaydi.
A.Toynbi tasnifiga ko‗ra hozirgi vaqtda G‗arb-xristian, pravoslav-xristian,
islom, hind, Uzoq Sharq sivilizatsiyalari mavjud.
O.Toffler, D.Bell, K.Pekka ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasini tasniflash
uchun asos qilib olib,
quyidagi sivilizatsiyalarni farqlaydilar:
- ilk sivilizatsiya (arxaik, an‘anaviy yoki ibtidoiy jamoa);
- qishloq xo‗jalik-hunarmandchilik sivilizatsiyasi;
- industrial (sanoatlashgan) sivilizatsiya;
- hozirgi postindustrial yoki informatsion sivilizatsiya.
Ijtimoiy-siyosiy hayot xususiyatiga ko‗ra an‘anaviy, liberal va oraliq sivilizatsiyalar
farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: