214
XIX-XX asrlarda amalga oshirilgan etnografik tadqiqotlar sivilizatsiyaning mazmunini
tushunishga muhim hissa qo‗shdi. Ular turli xalqlar ma‘naviy dunyosi, hayoti, odatlari, iqtisodiyoti
va madaniyatining ulkan boyligi va rang-barangligini yoritib berdi. XIX asrning mashhur
etnograflaridan biri CH.Teylor madaniyat va sivilizatsiya odamlar tarix jarayonida o‗zlashtiradigan
bilimlar, e‘tiqodlar, ma‘naviy-axloqiy konsepsiyalar, yuridik qoidalar, odatlar va amaliy
ko‗nikmalar majmuini ifodalaydi deb hisoblab, bu tushunchalar ayniydir degan xulosaga keldi.
I.A. Karimov ―Har qanday sivilizatsiya ko‗pdan ko‗p xalqlar, millatlar, elatlar faoliyatining
va samarali tar‘sirining mahsulidir. Bir so‗z bilan aytganda ko‗chmanchilar, bosqinchilar kelib
ketaveradi, lekin xalq boqiy qoladi, uning madaniyati abadiy yashaydi‖
1
deb ta‘kidlaydi.
Sivilizatsiya odamlar mavjudligi va ijtimoiyligining xususiyati va yo‗nalishini belgilaydi.
Ijtimoiy normalarning muhimligi ularni uzatishning tegishli usullari (kommunikatsiya vositalari)ni
va ularni mustahkamlovchi institutlarni shakllantirishni taqozo etgan. Har bir sivilizatsi ya ijtimoiy
normalarda o‗ziga xos ifodasini topgan ijtimoiy tajribani aniqlash, saqlash va avloddan-avlodga
qoldirish alohida tizimini yaratgan. Jazolar tizimi, Shuningdek jamoa, ommaviy ong shakli sifatida
din va uning nomidan ish ko‗ruvchi ijtimoiy institutlar ijtimoiy normalarni saqlash va ijro etish
kafili hisoblangan. Din va cherkov ta‘sirida sivilizatsiya qiyofa kasb etgan. Huquqiy normalarning
tarmoqlangan tizimini o‗z ichiga olgan davlatdan iborat oliy hokimiyat sivilizatsiyaning uni
saqlashni kafolatlaydigan oliy birlashtiruvchi asos sifatida amal qilgan. Turli sivilizatsiyalar davlat
hokimiyatining turli: teokratik, tabaqaviy, huquqiy, siyosiy tizimlarini yaratgan.
Markaziy Osiyoda sivilizatsiya axloq shaklida Yuzaga kelgan. U o‗zida yaxshilik va
yomonlik, muhabbat va nafrat o‗rtasidagi kurashda yaxshilik va muhabbat g‗alabasi bilan bog‗liq
ma‘naviy axloqiy me‘yorlarni mujassamlashtirgan. Inson mohiyatida aks etuvchi bu me‘yorlar
Sharq sivilizatsiyasining asosini tashkil qilgan.
Ijtimoiy munosabatlar, odamlar faoliyati va xulq-atvorini tartibga soluvchi normalar
universal tizimining ta‘sirini o‗rganish sivilizatsiyalarning rang-barangligini tushuntirish imkonini
beradi. Ular, birinchidan, hukmron diniy va dunyoqarashga doir mo‗ljallarning o‗ziga xos
xususiyatlari va ularning siyosiy, ijtimoiy va madaniy jarayondagi o‗rni bilan; ikkinchidan, ularning
texnik-iqtisodiy rivojlanish darajasi bilan; uchinchidan, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlar sur‘ati,
Shuningdek ularning manbalari, mexanizmlari xususiyati va uyg‗unlik darajasi bilan farq qiladi.
Sivilizatsiyaning har bir tipi siyosiy tizimning o‗ziga xos xususiyatlari va o‗z huquqiy qoidalarining
xususiyati bilan tavsiflanadi. Sivilizatsiyalar axborotni kodlashtirish, saqlash va avloddan-avlodga
qoldirish usullari bilan ham bir-biridan farq qiladi.
Jamiyatning sivilizatsion asoslari sivilizatsiyalar tipologiyasida ayniqsa bo‗rtib namoyon
bo‗ladi. Bunda sivilizatsiyalarning evropacha va noevropacha tiplarini farqlash muhim ahamiyat
kasb etadi. Bu farqlar Shu darajada kattaki, evropacha sivilizatsiya qadriyatlari uzoq vaqt oliy
qadriyatlar sifatida tavsiflangan. Xo‗sh, evropacha va noevropacha sivilizatsiyalar o‗rtasidagi farq
nimada?
Do'stlaringiz bilan baham: