171
Shubha bildiradilar.
Odatda, skeptitsizm paradigmalar, qadriyatlar, ijtimoiy tizimlar va hokazolar
o‗zgarayotgan davrda (yoki uning arafasida), ilgari haqiqiy deb hisoblangan xulosalar fan va
amaliyot olgan Yangi ma‘lumotlar nuqtai nazaridan soxta, asossiz bo‗lib chiqqan holda ravnaq
topadi. Skeptitsizm psixologiyasiga xos xususiyat Shundan iboratki, u darhol nafaqat eskirgan,
balki Yangi, shakllanayotgan fikrlar, g‗oyalarni ham toptay boshlaydi.
Bu psixologiya zamirida
tadqiqotchining Yangilikka tashnaligi va inson tafakkurining kuchiga bo‗lgan ishonch emas, balki
qachondir qabul qilingan «qulay» tamoyillarga tayanish yotadi. Skeptitsizm ta‘limot sifatida, hech
Shubhasiz, zararlidir, chunki u insonning bilish borasidagi deyarli barcha imkoniyatlarini kamsitadi.
Bilimga chanqoq bo‗lgan, bilishga harakat qilayotgan odam optimist: «Men buning nimaligini
bilmayman, biroq bilishga umid qilaman», deydi. Agnostik esa, «Men buning nimaligini
bilmayman va hech qachon bila olmayman», deb ta‘kidlaydi. Yuzaki skeptitsizm, ko‗r-ko‗rona
fanatizm kabi, dunyoqarashi tor odamlarda ko‗p uchraydi. F.Laroshfuko ta‘biri bilan aytganda,
kaltabin odamlar odatda o‗z dunyoqarashi doirasidan chetga chiqadigan hamma narsani qoralaydi.
Biroq oqilona darajadagi skeptitsizm foydali va hatto zarur. Bilish usuli sifatida skeptitsizm Shubha
shaklida amal qiladi, bu esa haqiqatning tagiga etish sari tashlangan qadamdir. Shubha eskirgan,
qotib qolgan aqidalardan voz kechadi, ularga putur etkazadi. U – rivojlanayotgan fanning muhim
unsuri. Bilimsizlik
qayd etadi va inkor qiladi, bilim – Shubhalanadi.
Biroq bu uch yo‗nalishni farqlash, bizningcha, masalani soddalashtirishdan boshqa narsa emas.
To‗g‗ri, agnostiklar dunyoni bilish mumkinligini inkor etadilar, ammo bu ko‗r-ko‗rona, hech
narsaga asoslanmagan inkor etish emas. Ular ko‗rsatayotgan ko‗pgina savollarga chindan ham hali
javob topilmagan. Agnostitsizmga olib keluvchi asosiy muammo Shundan iboratki, narsa yoki
hodisani bilish jarayonida bu narsa yoki hodisa albatta bizning tafakkur va sezgi a‘zolarimizda aks
etadi. Bu narsa yoki hodisa bizning tafakkur va sezgi a‘zolarimizda aks etish natijasida qanday
ko‗rinish kasb etgan bo‗lsa, biz ular haqida Shunday ma‘lumotga ega bo‗lamiz. Narsalar va
hodisalar aslida qanday ekanligini biz bilmaymiz va bilishimiz mumkin ham emas. Qarshimizda
bosh-adog‗i yo‗q dunyo yastanib yotadi, biz esa unga o‗z formulalarimiz, modellarimiz va
tushunchalarimiz
bilan yaqinlashib, cheksizlikni o‗z tasavvurlarimiz bilan ilg‗ab olishga harakat
qilamiz. Tushunchalar, kategoriyalar va nazariyalar «tugunlari»ni qay darajada qattiq qilib
tugmaylik, dunyoni tushunib etishga Shu yo‗sinda da‘vogar bo‗lishimiz to‗g‗rimi? Bundan chiqdi,
biz o‗z bilish usullarimiz bilan chegaralangan dunyoda yashaymiz va olam haqida haqqoniy bir gap
aytishga qodir emasmiz.
Biroq bilish fanining rivojlanishi agnostitsizmning bu amaliy xulosasini har qadamda rad etadi.
Masalan, pozitivizm asoschisi O.Kont insoniyat Quyoshning kimyoviy tarkibini aniqlashga qodir
emas, deb ta‘kidlagan edi. Biroq keyinchalik spektral analiz yordamida Quyosh tarkibi aniqlandi.
XIX asr fanining ba‘zi bir namoyandalari atomlar amalda mavjud emas, ular faqat tafakkur mahsuli,
deb hisoblar edi. Biroq E.Rezerford atomlar amalda mavjud ekanligini isbotlab berdi, oradan yarim
asr o‗tgach, genlarning keng kimyoviy tarkibi aniqlandi.
Shunga qaramay, bugungi kunda ham agnostik xulosalarni neopozitivizm, fenomenologiya,
ekzistensializm, pragmatizm va hokazolarda kuzatish mumkin. Ularning agnostitsizmi nafaqat
gnoseologik xususiyatga ega bo‗lgan
sabablar, ichki mantiq bilan, balki ma‘lum darajada D.YUm
va O.Kont falsafasi boshlab bergan an‘ana bilan ham belgilanadi. Agnostsizm haqida so‗z borar
ekan biz beixtiyor I. Kantga murojaat qilamiz.
Kant agnostitsizmining qisqacha mazmuni quyidagicha: biz biladigan narsa (fenomen) va o‗z
holicha mavjud bo‗lgan narsa (noumen) mutlaqo har xildir. Biz hodisalar mohiyatini qay darajada
teran anglamaylik, bizning bilimimiz baribir o‗zicha mavjud bo‗lgan narsalardan farq qiladi.
Shunday qilib, I. Kant fikricha, bizning ongimiz, hissiyotimiz, tafakkurimizga bog‗liq bo‗lmagan
narsalar olami mavjud. Uni faylasuf «narsa o‗zida» sifatida ta‘riflaydi. I.Kantning fikricha, bilish
jarayoni «narsa o‗zida»ning sezgi a‘zolarimizga bevosita ta‘siri ostida his-tuyg‗uning uyg‗onishidan
boshlanadi. Vaholanki, his-tuyg‗ular, tushuncha va hukmlar o‗z holicha «narsa o‗zida»
haqida
muayyan nazariy bilim berishga qodir emas. Lekin bundan ishonchli bilim yo‗q ekan, degan
xulosaga kelmaslik kerak. Matematika va tabiatShunoslik aynan Shunday ishonchli bilim
manbaidir. Ammo ular qay darajada ishonchli bo‗lmasin, «narsa o‗zida» haqidagi haqiqiy bilim
172
bo‗la olmaydi. Kant bizning tafakkurimizda shakllangan tushunchalar «narsa o‗zida»ni qay
darajada to‗g‗ri yoki noto‗g‗ri aks ettira oladi, degan savolga aniq javob mavjud emas, deb
ta‘kidlaydi.
Gnoseologik relyativizm
–
borliq hodisalari va voqealarini bilish o‗zgaruvchanligi,
o‗tkinchiligini mutlaqlashtiruvchi agnostitsizmning yo‗nalishlaridan biridir
. Relyativizm
tarafdorlari dunyoda hamma narsa o‗tkinchi, haqiqiy dunyoviy darajada ham, hattoki ilmiy darajada
ham bizning olam hodisalari haqida olgan faqat Shu paytdagi bilimlarimizni ifodalaydi, kecha
haqiqat deb hisoblangan
narsa bugun ishtiboh, xato sifatida tan olinadi: xuddi dori kabi, haqiqatning
ham saqlanish muddati bor. Nisbiy mushohadalar bundan ham omonatroq. Bu ijtimoiy hayotda,
axloq normalari va estetik didlarda ayniqsa yaqqol seziladi. YAqindagina shak-Shubhasiz deb
e‘tirof etilgan narsa endi do‗zaxdan chiqqan balo sifatida inkor etiladi. Baholar kaleydoskopdagi
rangli dog‗lar kabi o‗zgaradi. Bundan go‗yo bilish jarayoni – muvaffaqiyatsizlikka uchrashi tayin
bo‗lgan haqiqat ketidan «quvish», degan umumiy xulosa chiqariladi. Bizning barcha bilimlarimiz
go‗yo noaniqlik va nohaqiqiylik dengizida suzadi, u faqat – va faqat – nisbiy, shartli konvensial
(lotincha «conventional» - shartnomaga muvofiq) va sub‘ektivdir.
Skeptiklarga xos bo‗lgan bu yondashuv antik davrdayoq Yuzaga kelgan. Dunyoda hamma
narsa Shu qadar tez o‗zgaradiki, unda mutlaqo o‗zgarmas bo‗lgan hech narsa mavjud emas, deb
hisoblagan Kratil ta‘limoti ashaddiy relyativizmga misol bo‗lishi mumkin.
Barcha bilimlarimizni
faqat nisbiy deb hisoblash, mohiyat e‘tibori bilan, bilishda
o‗zboshimchalik hukm surishini tan olish bilan barobardir. Bu holda bilish nisbatan o‗zgarmas,
ishonchli narsalar mavjud bo‗lmagan, haqiqat bilan ishtiboh o‗rtasida farq qolmaydigan, har qanday
qoida va tamoyilga ishonch yo‗qoladigan, binobarin, hayotda hech narsaga amal qilib bo‗lmaydigan
uzluksiz oqimga aylanadi. Bilish nazariyasida mutlaq relyativizm – bu tafakkur «boyligi»ning
namoyon bo‗lish shakllaridan biri. Unga quyidagi mushohada xos: haqiqat albatta mutlaq bo‗lishi
kerak, agar haqiqat mutlaq bo‗lmasa, u haqiqat emas. Bu fikr zamirida nafaqat nisbiy, balki mutlaq
haqiqatga ham ishonchsizlik yotadi. Relyativizm namoyandalari odatda haqiqiy deb hisoblangan
qoidalar keyinchalik soxta deb inkor etilgan va aksincha, soxta deb hisoblangan qoidalar fan
rivojlanishi jarayonida haqiqiy deb e‘tirof etilgan hollar fan tarixida ko‗p ekanligiga ishora qiladilar.
Ilmiy bilishning harakat yo‗li – amalda to‗g‗ri chiziq emas, balki kesimlarida yanglishish hollari
Yuz berishi mumkin bo‗lgan egri chiziqdan iborat. Biroq bu bizning barcha bilimlarimiz safsata
ekanligini isbotlamaydi. Relyativist «bilimda nisbiylik unsuri mavjud» degan to‗g‗ri qoidani «bilim
doimo nisbiydir», binobarin, bilim kerak emas, degan yanglish qoidaga almashtiradi. «Bu eng
yomon fikr: agar
men hamma narsani bila olmasam, men hech ish qilmayman»
72
.
Do'stlaringiz bilan baham: