Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

Rene Dekart
(fransuz faylasufi va matematigi 1596-1650) cubstansiyaning bekoncha va 
gobbscha monistik talqiniga o‗zining dunyoning dualistik talqinini qarshi qo‗yadi. 
Dekart bir-biriga bog‗liq bo‗lmagan ikki birinchi asos: nomoddiy yoki «fikrlovchi» 
substansiya va moddiy yoki «ko‗lamli substansiya» mavjudligini taxmin qiladi. Bu ikki substansiya 
parallel mavjuddir. Ularni o‗rganish bilan metafizika va fizika Shug‗ullanadi. Metafizika avvalo 
ma‘naviy substansiyani, u bilan bog‗liq bo‗lgan bilish va borliq tamoyillarini o‗rganadi. Fizika 
tabiat falsafasini tadqiq etadi. U dunyoning vujudga kelishi, Erda hayotning rivojlanishi (tabiat 
qonunlariga muvofiq) haqidagi ta‘limotni o‗z ichiga oladi, hayvonlar va inson tanasining tuzilishini 
mexanika qonunlariga bo‗ysinuvchi murakkab mashinalar sifatida o‗rganadi (R.Dekart asarlaridan 
biri «Hayvon – mashina» deb ataladi). 
Dekart ilgari surgan kosmogoniya haqidagi ta‘limot zamirida quyosh tizimsining tabiiy 
rivojlanishi g‗oyasi yotadi. Uning fikricha, bu rivojlanish materiya va uning turli jinsli zarralari 
harakati bilan belgilanadi. Dekart materiya mustaqil ijodiy kuchga ega deb hisoblaydi. Harakatni 
Dekart mexanik jarayon – jismlarning makonda ko‗chishi sifatida tuShunadi. Shunday qilib, 
R.Dekart o‗z-o‗zi bilan ziddiyatga kirishadi: u makonni jismning ko‗lamliligi sifatida tan oladi, 
lekin harakatni jismlarning boshqa jismlarga nisbatan ko‗chishi sifatida tuShunadiki, bu makonni 
bo‗shliq sifatida tan olishni anglatadi.
R. Dekartning bilish haqidagi ta‘limoti ham diqqatga sazovor. R.Dekart o‗zining «Metod 
haqida mulohazalar» asarida bilimlar manbai va ularning haqiqiyligi mezonini tashqi dunyodan 
emas, balki inson aqlidan qidirish lozim, degan xulosaga keladi. Uning fikricha, intellektual 
intuitsiya yoki sof mushohada – bilishning tayanch nuqtasi. Barcha g‗oyalarni Dekart ikki guruhga 
ajratadi: sezgilar ta‘sirida tug‗ilgan g‗oyalar va tug‗ma g‗oyalar. Tug‗ma g‗oyalar mutlaqo 
ishonchlidir. Ularning qatoriga Dekart Xudo g‗oyasi, matematik aksiomalar va Shu kabilarni 
kiritadi. Masalan, barcha mavjud narsalarga Shubha bilan qarash kashfiyotga yo‗l ochuvchi 
mutlaqo ishonchli asos, metod yoki vosita hisoblanadi. Ayni Shu sababli Dekart hissiy narsalar, 
matematik haqiqatlar va hatto «hamma narsaga qodir Xudo»ning mavjudligiga Shubha bilan 
qaraydi. Ammo, hamma narsaga Shubha qilgan va hamma narsani inkor etgan holda, u 
Shubhalanuvchi fikrning mavjudligiga Shubha qilmaslik kerak, degan xulosaga keladi. Shu tariqa u 
fikrlash birdan-bir ishonchli dalildir, deb xulosa chiqaradi: «Men fikrlayapman, demak, 
yashayapman».
Lametri va Gelvetsiy, Didro va Golbax o‗z davrida fransuz hayotida nihoyatda katta 
ahamiyatga ega bo‗lgan milliy davlatchilik, inson erkinligi va haq-huquqlari muammolariga alohida 
e‘tibor qaratganlar. Fransuz millatini ma‘naviy jihatdan yuksaklikka ko‗tarish va ma‘rifatli xalqqa 
aylantirish uchun o‗z asarlarida ana Shu qadriyatlarga erishishning yo‗llari va usullarini ko‗satib 
berganlar. 
Ular tomonidan yaratilgan ko‗p tomlik «Ensiklopediya» o‗sha zamonning ma‘naviy 
muammolarini ma‘rifatli yo‗l bilan hal qilish usullari va imkoniyatlari ko‗rsatib berilgan «Evropa 
qomusi» darajasiga ko‗tarilgan edi. Bu kitobni yaratishda boshqa ko‗pgina ma‘rifatparvar fransuz 
olim va mutaxassislari ham qatnashgan bo‗lib, o‗zining ahamiyati, muammolarining umuminsoniy 
nuqtai nazaridan echilishi, xalqchilligi va tilining fransuz millati hayot tarziga yaqinligi bilan 
ensiklopediya XVIII asr Evropasining tengi yo‗q kitobi edi. Aynan ana Shu kitob mualliflari 
o‗zlarining boshqa asarlari va faoliyatlari bilan 1789-1884 yillardagi Fransuz inqilobi qabul qilgan 


112 
«Inson va grajdanlar huquqlar dekloratsiyasi»da ilgari surilgan umuminsoniy qadriyatlarni jamiiyat 
taraqqiyotining eng ustivor ma‘naviy mezonlariga aylantirdilar. 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish