Jon Lokk
(ingliz faylasufi 1632-1704) cubstansiya tushunchasini tahlil qilishga nisbatan
gnoseologik yondashuvga asos solgan. U g‗oyalar va tushunchalarning manbai tashqi dunyo,
moddiy narsalardir, degan tezisni isbotlashga harakat qilgan. Uning fikricha, moddiy jismlarga sof
miqdor xususiyatlarigina xos. Materiya sifat jihatidan rang-barang emas: moddiy jismlar bir-
biridan kattaligi, shakl-shamoyili, harakati va osoyishtaligi bilangina ajralib turadigan «birlamchi
sifatlar»dir. «Ikkilamchi sifatlar» esa - hid, ovoz, rang, ta‘m. Ular narsalar bilan uzviy bo‗lib
tuyuladi, lekin amalda bunday emas: narsalarda bunday sifatlar yo‗q. Ular, Lokk fikriga ko‗ra,
sub‘ektda «birlamchi sifatlar» ta‘sirida vujudga keladi.
«Birlamchi» va «ikkilamchi» sifatlarni ajratish hozirgi zamon bilimi nuqtai nazaridan sodda
va noilmiy hisoblanadi. Ammo u sub‘ektiv idealizm namoyandalari tomonidan o‗zlashtirilgan va
o‗zining tadrijiy yakuniga etkazilgan: «birlamchi sifatlar», «ikkilamchi sifatlar» bilan bir qatorda,
sub‘ektga bog‗liq bo‗lmagan, ob‘ektiv mazmunga ega emas, deb e‘lon qilingan.
Bilish nazariyasida J.Lokk inson ongining mazmunini hissiy tajribadan keltirib chiqarishga
harakat qilgan. Lokk sensualizmining noizchilligidan Berkli foydalangan va tashqi tajriba omilidan
butunlay voz kechgan
Jorj Berkli
(ingliz faylasufi, episkop har 1685-1753) materializm, ateizm va deizmga ochiq-
oydin qarshi chiqqan, har qanday sifatning ob‘ektiv asosini rad etgan va amalda ularni inson
sezgilariga tenglashtirgan. Berkli fikriga ko‗ra, amalda avvalo «jonlar», ularni yaratgan Xudo,
Shuningdek Xudo odamlar joniga joylagan «g‗oyalar» yoki sezgilar mavjud. Berkli tashqi
dunyodagi ob‘ektivlikni sub‘ektivlik bilan bog‗laydi: u barcha narsalarni sezgilarning «uyg‗unligi»
da ko‗radi. Berkli uchun idrok etish mumkin bo‗lgan narsalargina mavjud, barcha narsalar
Xudoning aqlida zohirdir.
Devid YUm
(ingliz faylasufi 1711-1776) ham, J.Berkli kabi, substansiyaning materialistik
talqiniga qarshi chiqib, ontologiya muammolarini echishga harakat qilgan. U moddiy va ma‘naviy
substansiyaning amalda mavjudligini inkor etgan, lekin substansiya «g‗oyasi» mavjud, deb
hisoblagan. Substansiya «g‗oyasi» deganda u ilmiy bilimga emas, balki oddiy bilimga xos bo‗lgan
inson «idroklari majmui»ni tuShungan.
Xullas, Yangi davr falsafasi bilish nazariyasi (gnoseologiya)ning rivojlanishida ulkan qadam
tashladi. Falsafa ilmiy metodi, insonning tashqi dunyoni bilish metodologiyasi, tashqi va ichki
tajriba aloqalari bosh muammolarga aylandi. Olinayotgan barcha bilimlar tizimining o‗zagi
hisoblangan haqqoniy bilimni olish vazifasi qo‗yildi. Bu vazifani hal qilishning turli yo‗llarini
tanlash gnoseologiyaning ikki asosiy yo‗nalishi – empirizm va ratsionalizm paydo bo‗lishini
belgiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |