etarli darajada bilishlari shart. O’zbekiston Respublikasi o’zbek tilini bilmaydigan grajdanlarga respublika
davlat tilini bepul o’rgatish va o’qitishni ta’minlaydi.
O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatida, s’ezd, plenum, qurultoy, sessiya, konferentsiya, majlis va kengashlar respublikaning davlat tilida olib boriladi va aynan tarjimasi ta’minlanadi. Majlis ishtirokchilari istagan tilda so’zga chiqishlari mumkin: ularning nutqlari
majlisning ish tiliga tarjima qilinadi.
6-modda.
Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari davlat tilida
tayyorlanadi, qabul qilinadi va e’lon etiladi. Muayyan millat vakillari zich yashaydigan
joylarda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari respublika davlat tilida
hamda mazkur millat tilida qabul qilinadi va e’lon etiladi.