«Himoyaga ruxsat etilsin» Fakultet dekani


Tabiat manzarasi kompozitsiyasini tasvirlash



Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/27
Sana01.02.2022
Hajmi3,4 Mb.
#424649
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
Bog'liq
«Kasb-hunar kolleji o‘quvchilariga tasviriy san’at mashg‘ulotlarida

2.5. Tabiat manzarasi kompozitsiyasini tasvirlash 
 
O‘rmon yoki daraxtzordan manzarali joy tanlanadi, o‘rmon, daraxtzor ichiga 
kirib boruvchi yo’lakcha bo‘lsa, manzara yanada mazmunli bo‘ladi. Shaharda 
xiyobonlarni ham tanlash mumkin. Joy tanlab olingandan keyin kompozitsiya 
mazmuniga ega bo‘lgan kuzatish nuqtasini topish lozim. Kunning qaysi payti yoki 
qanday ob-havo sharoitida bu ko‘rinishni chizish yaxshi ekanini oldindan aniqlab 
olish kerak. Buning uchun tasvirlashga tanlangan manzarani bir necha marta turli 
sharoitlarda kuzatish kerak bo‘ladi. SHunda eng qiziqarli manzarani tanlab olish 


37 
imkoniyati yuzaga keladi. Ana shunday yondashish bilan haqiqiy ijodiy ishlashni 
o‘rganish mumkin. 
Eng yaxshi joyni tanlab olish uchun turli nuqtalardan bir necha xomaki 
eskizlar chiziladi. Shu bilan birga, suratning qanday bo‘lishini, manzara, er va 
osmonning qanday joylashishini ham o‘ylab olish kerak. Bular manzaraning 
kompozitsiya jihatidan mazmunli chiqishida muhim ahamiyatga ega. 
Surat chizish paytida xiyobonning, daraxtlarning bir tomoni yorug‘, ikkinchi 
tomoni soyadaligi biron mazmunga ega bo‘ladi. Agarda manzara ko‘rinishi 
qiziqarli bo‘lsa, rasmni har qanday yorug‘likda chizish mumkin. 
Xiyobon, daraxtlarni chizishda ularning asosiy chizig‘i va baland uchlari 
chizig‘ini belgilab olish kerak. Har bir daraxtni, butalar joylarini belgilab, ularning 
nisbati, hajmi, holatini hisobga olib, asosiy shaklini chizib olish kerak. Daraxtlarni 
tasvirlayotganda alohida barglarini, oldingi ko‘rinishdagi o‘tlarni alohida-alohiola 
chizib ko‘rsatish shart emas. Umumiy rang, tusni ilg‘ab olishga intilish, ularni 
boshqa ko‘rinishlar bilan taqqoslab borish lozim. 


38 
Daraxtlarni chizishda ularning yoshi va turiga qarab o‘ziga xos xususiyatlari, 
farqini ko‘rsatib berish lozim. Daraxtlar va erning osmonga nisbatan rang-tusini 
aniqlab, ob-havo holati va yorug‘lik tusini ko‘rsatish kerak. Shundan keyin oldinda 
va uzoqda turgan daraxtlar rang-tusining farqi, uzoqlashib borgan daraxtlar va 
yo’llarning xiralashib borishi ko‘rsatiladi. Erga tushuvchi soyalar, quyosh 
nurlarining tovlanishi ham chiziladi. Turli daraxtlarning ranglardagi farqi 
ko‘rsatiladi. Manzarada ham har qanday tasvirda bo‘lgani kabi narsalarning asosiy 
va ikkinchi darajali bo‘laklari bo‘ladi. Ana shu asosiy — birinchi va ikkinchi 
darajali narsalarga ko‘proq e’tibor berish kerak. 
Ochiq havodagi manzarani ishlash uchun biror kenglikdagi turli 
ko‘rinishlarga ega bo‘lgan joyni tanlash lozim. Bu joy baland-patsliklarga ega va 
gorizontdan balandlikda bo‘lishi mumkin. Ishni boshlashda manzarani alohida 
bo‘laklarining kattaligi bir-biri bilan taqqoslanadi (rasm). Manzaraning asosiy 
xosliklariga e’tibor beriladi, joyning tekisliklari va Er yuzining tuzilishi diqqat 
bilan o‘rganib olinadi.
Erda katta-katta balandliklar, do‘ngliklar va shu kabilar mavjud. Chiziqli 
perspektiva qoidalariga asosan, notekis joylardagi masofa qisqargan holda 
ko‘rinadi. Ufq chizig‘iga qanchalik yaqin bo‘lsa, qisqarishlar shunchalik kuchli 
bo‘ladi. 
Ochiq havodagi manzarani chizishdan avval, biron obektning oldingi 
ko‘rinishdagi telegraf utsuni, daraxt yoki bino tanlanib, balandligi ixtiyoriy chizib 
olinib, unga nisbatan taqqoslab chizish davom ettiriladi. Tabiat ko‘rinishidagi 
utsunning bo‘lakli nisbatlari rasmdagi utsunda belgilanib, manzaraning chizilishi 
kerak bo‘lgan qismlari shu asosda aniqlab olinadi. Masalan, olis ko‘rinishdagi 
yaylov ustundan orqa tomonda bo‘lib, uni ikki qismga ajratib turibdi, deylik. 
Agarda yaylov ustunni ikkiga bo‘lib turgan bo‘lsa, unda suratda ustun ikkiga 
bo‘linib, gorizontal chiziq o‘tkaziladi — bu yaylovning joylashishi bo‘ladi. 
Manzara ko‘rinishining chap va o‘ng tomonida joylashgan obektlar 
masofalari aniqlab olinadi. Masalan, utsun balandligi uzoqda ko‘rinayotgan 


39 
inshoot masofasidan ikki yarim barobar katta bo‘lsa, unda suratda uni ikki yarim 
marotaba uzoq masofada belgilash kerak. 
Manzaraning asosiy qismlari: er, osmon va uzoq joylari chizilgandan keyin, 
ularning umumiy tusi chiziladi. Manzaraning katta qismidagi asosiy ranglari 
beriladi, oldingi ko‘rinishdan boshlab mayda detallari belgilanadi. Erning 
uzoqlashib boruvchi xiralashishi hamda ko‘rinishlarning soya-yorug‘ farqlari 
ko‘rsatiladi. Osmondagi bulutlarni tekis oq yoki qora ko‘rinishda chizish mumkin 
emas. Patsdan qaraganda biz bulutning murakkab shaklini ko‘ramiz. Havo 
perspektivasi asosida tasvirlash vaqtida ichkariga uzoqlashib borgan sari 
narsalarning ko‘rinish chiziqlari ingichka bo‘lib boradi. Ularning hajmi aniqligi 
kamroq seziladi. Eng yaqindagi bilan uzoqdagi obektlarning tusini solishtirib, 
oldingi ko‘rinishdagi soyalarni to‘q qilib chizamiz. 
Kerakli tuzatishlar kiritilib, surat umumlashtiriladi. 
Akvarelda daraxtlar, butalar, o‘t-o‘lanlar, gullar rasmini ishlash. Manzarali 
kompozitsiyalar tuzish. Ochiq havoda ishlash. Fasllar: «Kuz», «Qish», «Bahor», 
«Yoz». 


40 
Rangtasvir xaqqoniy shaklning rangli tuzilishi qonuniyatlariga asoslangan. 
Rangtasvirni o‘rganish – bu tekislikdagi rangli shaklning nisbatlari, konstruktiv 
qurilishi, xajmi, fazoviy tuzilish usullarini izlash yo‘lidir. Shularga bog‘liq holda 
har-bir rassom qalamda buyum va narsalarni perspektiva qonunlariga asoslanib 
konstruktiv tuzilishi, fazoviy joylashuvi, nisbat, xajmni mukammal tasvirlay olishi 
zarur. Qalamatasvirda rang va tusning yaxlit bir butunlikda garmonik 
uyg‘unlashuvi bu haqiqiy rangtasvirdir. 
Tasvirda qalamtasvir mukammal bo‘lishi lozim, aks holda turli bo‘yoqlar 
ham oddiygina narsa va buyumning qurilishi, xajmini savodli ifodalab bermaydi. 
Havo perspektivasiga bog‘liq holda ranglarning nozik o‘zgarishini ifodalovchi
matoga berilgan rangbarang surtmalar ham, o‘z-o‘zidan fazoviy kenglikni ko‘rsata 
olmaydi. Faqat perspektiva qoidalariga to‘g‘ri amal qilib tasvirlangan 
qalamtasvirgina ranglarni yanada ham jozibali ko‘rsatadi. 
Agar tabiat manzarasi perspektiva qonun-qoidalariga amal qilinmay 
tasvirlansa, kenglikni ifodalovchi rangning o‘rni ahamiyatsizdir. Rangtasvirni 
rassomlar shunday ta’riflaydi; «Bu 100 % qalamtasvir va 100 % rangtasvirning 
bir-biriga chambarchas bog‘liqligidir» 
Rangtasvirning jozibali chiqishida qalamtasvirning o‘rni beqiyosdir. Ammo, 
mohir rassom, qalamdan foydalanmasdan ishni bo‘yoqlar bilan tasvirlashi ham 
mumkin. Ijodkor izlanish jarayonida rangtasvirni qalamtasvir bilan bevosita 
bog‘liqligini his etadi. YA’ni, buyumlarning fazoviy joylashuvi, nisbatlarning 
aniqligi, ranglarning to‘g‘ri qo‘yilishi, ishni bir butunlikda yakunlanishi ko‘p 
jixatdan ijodkorga bog‘liq. 
Rassom qalamtasvirni puxta o‘zlashtirib olgandagina, (qog‘ozga to‘g‘ri 
joylashtirish, narsa va buyumlarning fazoviy joylashuvi, perspektiva qoidalariga 
amal qilish, nisbatlarni to‘g‘ri topish, metodik ketma-ketlikda ishni tuslash va x.k.) 
rangtasvirda ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin, aks holda noaniq echilgan 
qalamtasvir ishini taxlil etsak, ranglar qanchalik jozibali bo‘lmasin, baribir bu ishni 
sifatli deb bo‘lmaydi. SHuning uchun turli rassomlik maktablarining tarixiy 
tajribalari shundan guvoxlik beradiki, ta’limning dastlabki bosqichlarida 


41 
qalamtasvirni mukammal o‘zlashtirish, keyingi jarayonlar uchun zamin yaratadi. 
Yosh rassom Odoardo Fioletti Venetsiyaga o‘qishga kelganida, rangtasvirni 
mukammal egallash uchun nima qilish kerak degan savoliga Tintoretto shunday 
javob bergan: «Rasm chizish!». Rassom bo‘lish uchun yana qo‘shimcha nimalarni 
maslahat berar edingiz degan Fiolettining qayta savoliga Tintoretto: «Rasm chizish 
va yana rasm chizish!» - rasm chizish, rangtasvirga nafislik va mukammallik ato 
etishini haq deb bilgan.
1
 
Buyuk haykaltarosh Mikelanjelo qalamtasvirda (rangtasvir, xaykaltaroshlik, 
me’morchilikda) «har qanday ilmning ildizi va negizini ko‘rgan».
«Qalamtasvir doimo bizga yo‘l ko‘rsatib turuvchi qutb va kompas bo‘lib, 
turli bo‘yoqlar okeanida cho‘kayotganlarga najot berish omilidir, - deya 
ta’kidlagan Sharl Lebren. Engr o‘z ustaxonasining eshiklariga quyidagi so‘zlarni 
yozgan «Bu erga kelgan shogirdlarga qalamtasvirni o‘rgataman, ketayotganda esa, 
ular rangtasvir ustasi bo‘lib etishadi».
«Shunday narsa mavjudki, u hamma sanat turlarining asosi hisoblanadi, bu - 
qalamtasvir. Kimki qalamtasvir sanatini mukammal egallasa, u rangtasvirni ham
xaykaltaroshlikni ham o‘zlashtira oladi» - deb aytgan Karachchi. «Har qanday 
shaklni ajoyib, nafis qiluvchi ranglar emas, balki aniq chizilgan qalamtasvirdir» – 
degan Titsian. U qarigan chog‘larida ham, ko‘mir yoki mel bilan nimalarnidir 
tasvirlamagan kuni bo‘lmagan. 
«Qalamtasvirni puxta bilmagan, ijod ham qila olmaydi», - deb talim bergan 
P.P. Chistyakov. I.E. Repin kunora 2-3 soat qalamtasvir bilan shug‘ullangan, va 
uni rangtasvirni asosi deb hisoblagan. A.M. Vasnetsov, P.P. Chistyakovning talim 
berish tizimini yodga olib, «uning sevimli mashg‘uloti qalamtasvir» edi, deb 
eslaydi. Ashbening Myunxendagi rassom-pedagog maktabida hattoki san’at 
Akademiyasini tamomlaganlar ham talim olar, ta’lim berish faqat qalamtasvir 
bo‘yicha (shaklning konstruktiv tuzilishi, tus-soya, yorug‘ munosabatlar aks etgan 
tasvir, grizayl), uzoq vaqt o‘tkazilgan, shuning natijasidagina shaklni konstruktiv 
qurish va tus munosabatlarini puxta egallab, so‘ng ranglar bilan tasvirlashga 
1
Санъат усталари санъат ҳақида. М., 1966, Т.2, с.257. 


42 
o‘tilgan. Etuk rassomlarning yaratgan asarlari shunisi bilan diqqatga sazovorki
asar kompozitsiyasining mohirona topilganligi, mavzuning dolzarbligi, issiq va 
sovuq ranglarning o‘zaro hamoxangligi kishini hayratga soladi. Mashhur 
rangtasvirchi rassomlarning ko‘pchiligi avvalambor etuk qalamtasvir ustalaridir. 
Bular qatoriga K.P.Bryullov, I.I.Shishkin, V.E.Makovskiy, V.D.Polenov, 
I.E.Repin, M.A.Vrubel, V.A.Serov, K.A.Korovin M. Nabiev, R. Axmedov, B. 
Jalolov, A. Mirzaev, A. Ikromjonov, I. Xaydarov kabilar kiradi. Rangtasvirda 
nozik plastik shaklning mavjudligi, nisbatlarning mutanosibligi, hajm, fazoviy 
sifatlar muhim o‘rin egallaydi. Rangtasvirchi rassom naturadagi ana shu jixatlarni 
to‘laqonli aks ettira olsagina maqsadga muvofiq bo‘ladi. Agarda bu jihatlar mavjud 
bo‘lmasa, tasvir o‘ta ehtiyotsizlik, pala-partishlik bilan ishlangan sifatsiz ish deb 
baholanadi. 
Tasviriy san’atda mohirona ijod qilish uchun yosh shogird rassom quyidagi 
bilim va malakalarni puxta o‘zlashtirmog‘i lozim:
1. Kuzatuv perspektiva (ufq chizig‘i, yassi jismlar va ufq chizig‘i 
perspektivasi) elementlari. Tekisliklar bilan chegaralangan jismlarni konstruktiv va 
perspektiv qurilishi (kub, prizma, interer va eksterer). 
2. Silindr shaklidagi jismlarning perspektiv qurilishi. 


43 
3. Geometrik shakllarda soya-yorug‘ munosabatlari (kub, silindr va shardagi 
soya-yorug‘ning taqsimlanishi, havo perspektivasining elementlari). 
4. Qalamtasvirda hajm, fazo va materiallikni tasvirlash usullari (turli 
materiallarni soya-yorug‘ xususiyati, tus munosabatlari, hajmni ko‘rsatishda chiziq 
va «shtrix»ni o‘rni, fazo va moddiylik). 
Nazariy bilimlar bilan amaliy jihatdan ham katta tajribaga ega bo‘lmoq 
lozim: qo‘yilmadagi nisbatlarni aniq topish, nozik perspektiv o‘zgarishlarni seza 
bilish, tasvirni qog‘oz yuzasida asosli-konstruktiv qurish va joylashtirish, shakl 
hajmini tushayotgan soya-yorug‘ orqali mohirona ifoda etish hamda ishni tus 
jixatdan yaxlit bir butunlikda yakunlash zarur. Qo‘yilmani turli ranglarda bajarish 
ham mas’uliyatli vazifadir, chunki rangtasvirda rang va tus munosabatlari yaxlit bir 
butunlikka asoslanadi. SHakl xajmini tasvirlashda tusni o‘rnini to‘g‘ri 
tushunmaslik turli chalkashliklarga olib keladi. 
Demak eng muhimi ishni tus jihatdan yaxlit bir butunlikka erishib yakunlash 
hisoblanadi.

Download 3,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish