«Himoyaga ruxsat etilsin» Fakultet dekani



Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/27
Sana01.02.2022
Hajmi3,4 Mb.
#424649
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27
Bog'liq
«Kasb-hunar kolleji o‘quvchilariga tasviriy san’at mashg‘ulotlarida

To‘yinganlik 
– bu kulrangdan ranglarning nozik farqlanish darajasi yoki 
uning sof spektr ranglariga yaqinlashuv darajasi. 
Ranglarning turli kuchdagi nozik farqlarini amaliy tuzishda asosiy 
bo‘yoqlarni neytral kulrang bilan qo‘shish natijasida hosil qilish mumkin. Kulrang 
bo‘yog‘i qanchalik ko‘p qo‘shilsa, masalan yashil bo‘yoqqa, u ko‘proq neytral 
to‘yingansizroq bo‘ladi. 
Keyingi mashqlarda turli masofadagi farqlanishni uchta rang xususiyatlari 
bo‘yicha naturadagiga hos holda ko‘rsatib, narsalar rangini naturaning o‘zidan 
ko‘chirib olish lozim. Buning uchun stol ustiga (oq qog‘oz fonida) rang jihatdan 
och to‘qligi va to‘yinganlik bo‘yicha bir-biridan farq qiladigan 3-5 narsalarni bir 
qatorga tizib qo‘yish kerak. Bu narsalarni old tomondan yoritib (deraza 
tomondan), ularda imkoniyat qadar soya va yorug‘ gradatsiyasi bo‘lmasdan yassi 
ko‘rinishlari lozim. Narsalarning qalamtasviri faqatgina siluet tarzida belgilanadi 
va ularning shaklidagi nozik farqlariga e’tibor bermasdan faqatgina rang farqlarini 
dog‘ ko‘rinishida ko‘rsatish bilan chegaralanish mumkin. 
Bu mashqlardan tashqari, yana uncha murakkab bo‘lmagan neytral och 
kulrang fonda qalamtasviri chizilgan natura qo‘yilmasini (3-ta narsadan tashkil 
topgan natyurmort) bajarish lozim. Yorug‘likning old tomonidan deraza orqali 
berilishi oldingi holatda qoladi. Bu mashqning asosiy vazifasi shundan iboratki, 
deyarli bir xil dog‘ sifatida (narsalar silueti) narsalar orasidagi munosabatlarni 
uchta rang xususiyatlari orqali ko‘rsatishdir. 
Ranglarning tabiatda qanday hosil bo‘lishi va tarqalishi muammosi 
qadimdan olim va rassomlarning diqqatini tortgan.
Mashhur olimlar Nyuton, Lomonosov, Gelmgolslar ranglarning mohiyatini 
ilmiy asosda tekshirganlar. M.V.Lomonosov fanda birinchi bo‘lib asosiy ranglarni 
kashf etgan. Isaak Nyuton qator tajribalar o‘tkazib, oq yorug‘likni ko‘p rangli 
ekanligini isbotlagan. Ekranda spektr ranglarini hosil qilgan.


27 
Nyuton ranglarni fizika fani nuqtai nazaridan o‘rgangan bo‘lsa, nemis shoiri 
va san’atshunosi I.V. Gyoteni ranglarning kishi organizmiga ko‘rsatadigan ta’siri 
ko‘proq qiziqtirgan. U «Ranglar haqidagi ta’limot» nomli asarida ranglarni iliq va 
sovuq tuslarga ajratgan. Iliq (sarg‘ish, qizil) ranglar kishida kayfichog‘lik 
tuyg‘usini, sovuq (havorang, yashil) ranglar esa ma’yuslik tuyg‘usini uyg‘otishi 
haqida yozgan. 
XIX asrda nemis tabiatshunos olimi G.L.Gelmgols rangshunoslik 
nazariyasida muhim yangilik yaratdi. Ko‘p yillik tajribalar asosida xromatik 
ranglarning uchta asosiy alomati – rang tusi, rangning och-to‘qligi va to‘yinganligi 
asosida turkumlash zarurligini ko‘rsatdi. 
Ilmiy izlanishlar va amaliyot jarayonida qator qonun qoida ishlab chiqilgan 
bo‘lib, talaba o‘zining o‘quv jarayonida va ijodiy ishida ularga amal qilishi shart. 
Tabiatdagi ranglar o‘z xususiyatiga ko‘ra ikki turga: axromatik (rangsiz) va 
xromatik (rangli) xillarga bo‘linadi. 
Axromatik ranglarga oq, kulrang va qora ranglar kiradi. Boshqa ranglar esa 
xromatik ranglarni tashkil qiladi. Ular o‘zaro aralashtirilganda esa yana bir qancha 
tusdagi ranglarni hosil qiladi. Biror xromatik rangga ochroq kulrang qo‘shsak 
uning jozibaliligi pasayib, nursizlanadi. Bu hol rangning kam to‘yinganligidan, 
ya’ni uning tarkibida bo‘yoqning kamayganligidan darak beradi. Demak, rangning 
to‘yinganligi yoki to‘yinmaganligi deganda kul rangga nisbatan rangdorlik 
darajasi, tozaligini tushunish kerak. 
Rang doirasi ikki teng bo‘lakka bo‘linsa, birinchi yarmida qizil, zarg‘aldoq, 
sarg‘ish, sariq ranglar, ikkinchi yarmida esa havo rang, zangori, ko‘k, binafsha 
ranglar joylashadi. Doiraning birinchi yarmidagilar iliq ranglar, ikkinchi yarmidagi 
esa sovuq ranglardir. Bunday nomlanishga sabab qizil, sariq, zarg‘aldoq ranglar 
olovni, qizigan temirni, cho‘g‘ni eslatsa, havo rang, zangori, yashillar esa muzni, 
suvning rangini eslatadi. 
Ikkita spektr rangi ustma-ust tushirilsa, ranglar bir-biriga qo‘shilib murakkab 
rang hosil bo‘ladi. Qizil rang, havo rang va binafsha ranglar bilan qo‘shilganda 
chiroyli tusdagi pushti, to‘q qizil, sapsar ranglarni hosil qiladi. Qo‘shilganda oq 


28 
rang beradigan spektrli ranglar qo‘shimcha yoki to‘ldiruvchi ranglar deyiladi. 
Chunki, ular oq rang hosil bo‘lgunga qadar bir-birini to‘ldiradi. Bunday ranglarga 
sariq, havo rang, qizil, zangori, yashil va binafsha ranglar kiradi. 
Kundalik turmushimizda, hayotiy tajriba asosida ma’lum buyumlarning 
o‘ziga xos ranglari ongimizda singib boradi (paxta-oq, o‘tlar – yashil, osmon - 
havo rang, dengiz – ko‘k va boshqalar). Bu ranglar buyumlarning shaxsiy rangi 
hisoblanadi. Ammo, buyumlardagi shaxsiy rang turli yorug‘lik ta’sirida o‘zaro 
o‘zgaruvchan bo‘ladi. Qarama-qarshi ranglarning ta’sirida buyumning rangi 
turlicha ko‘rinadi. Qizil muhitdagi kulrang buyum ko‘kimtir-yashil tusga kiradi, 
yashil muhitda – pushtisimon, sariqda esa – ko‘kimtir bo‘ladi. 
Yonma-yon bo‘lgan qo‘shimcha ranglar o‘zining yorqinligini kuchaytiradi 
(qo‘shimcha va qarama-qarshi ranglar – bu qizil va yashilsimon - havorang, 
zarg‘aldoq va havorang, sariq va ko‘k, sarg‘ish-yashil va binafsha rang, yashil va 
qirmizi). Buyumlar rangi kuzatuvchidan uzoqlashgan sari ham o‘zgaradi (havo 
perspektivasi). 
Yuqorida sanab o‘tilgan ta’sirlar natijasida buyumning rangi, rangning tusi 
bo‘yicha ham, yorug‘lik bo‘yicha ham, to‘yinganligi bo‘yicha, yoki uchala 
xususiyatlar bo‘yicha bir vaqtda o‘zgarishi mumkin. Bunday o‘zgargan rang endi 
buyumning shaxsiy rangi emas, balki shartlidir. 
Bilimlarga ega bo‘lgan o‘quvchilar ranglar ta’siridagi tabiatda sodir 
bo‘layotgan nozik o‘zgarishlarni ham bo‘yoqlar vositasida mohirona tasvirlaydilar. 
Agar biz tungi oy nurida tasvirlangan bir qator asarlarni ko‘zdan kechirsak, 
hammasida ko‘kimtir – yashil tuslar yig‘indisini ko‘ramiz; quyosh botishi yoki 
oqshom vaqtida, sun’iy elektrda yoritilgan asarlarda sarg‘ish-olovrang yoki 
qizg‘ish koloritni ko‘rish mumkin. 
V. Serov, I. Repin, M. Nabiev, U. Tansiqboev, R.Axmedov, A. Mo‘minov, 
I. Xaydarov, P. Benkovlarning ko‘plab asarlarida sun’iy elektr yorug‘ligi, quyosh 
botishi, oydin kecha yoki bulutli havoda buyum va narsalardagi shartli ranglarni 
yuqori malakada tasvirlanganligini guvoxi bo‘lamiz. 


29 
Naturadan tasvirlanayotgan ranglavxa koloriti kunning qaysi vaqtida, 
qanday yorug‘lik manbai bilan yoritilganligiga bog‘liq. 
Ajoyib rus rassom-pedagogi P.P. Chistyakov bu borada: «Ranglarni aniq 
ko‘rish uchun, tabiat qonuniyatlarini bilish kerak. Bilim ko‘rishga yordam beradi» 
deya qat’iy maslahat bergan. 
Rang birikmalari rangtasvirda g‘oyat muhim vazifani bajaradi. Odatda 
yorqinligi va tusi bir-biriga yaqin bo‘lgan ranglar o‘zaro birlashadilar. Ranglar 
o‘zaro tuslar orqali birlashganda, ular alohida jarangdorlik kasb etib sifat 
o‘zgarishlariga yuz tutishi ko‘zga tashlanadi. Umumiy «kolorit»dan ajralib qolgan 
rang nomuvofiq begona bo‘lib ko‘rinadi va tasviriy asar yaxlitligiga putur 
etkazadi. Tasviriy asar barcha ranglarning o‘zaro bog‘liqligi asosida quriladi. 
Kolorit (italyancha Colonio, lotincha color - rang, bo‘yoq) - tasviriy va 
amaliy san’at asarlarida vokelikni real va ifodali tasvirlashda ranglarning o‘zaro 
mutanosibligi. 
Tasvirdagi turli ranglarning garmonik, go‘zal tus birikmalari o‘rtasidagi 
o‘zaro bog‘liqligi «kolorit» deb ataladi. 
Vokelikni ta’sirli tasvirlash vositasining tarkibiy qismi bo‘lgan kolorit 
asarning g‘oyasi, mazmuni, davri, uslubi hamda muallifning shaxsiga bog‘liq. 
Tarixda vokelik tasvirida mahalliy ranglar ozmi-ko‘pmi cheklanib, ramziy 
ranglardan ko‘proq foydalanish (o‘rta asrlar san’atida) va vokelikni barcha 
bo‘yoklarda (uning rang, tus, nur-soya va boshqalardan foydalanib) rangdor 
ifodalash an’anasi shakllangan. Kolorit ranglar uyg‘unligiga ko‘ra, iliq (qizil, 
sariq, zarg‘aldoq) yoki sovuq (ko‘k, yashil, binafsha), sokin va jiddiy, och yoki 
to‘q, rangdorligiga ko‘ra, yorqin, xira va boshqa bo‘lishi mumkin. 
Ranglar uyg‘unligi, uning to‘ldirilishi va keskinligiga amal qilib, betakror 
va murakkab kolorit yaratiladi (Velaskes, Titsian, V.I.Surikov, I.E.Repin, 
O‘zbekistonlik rassomlaridan P.Benkov, O‘.Tansiqboev, Z.Kovalevskaya, 
Ch.Axmarov va boshqalarning asarlari). 
Kolorit bizga olamning boy, rang-barang va go‘zalligini ochib beradi. U 
musavvirga tasvir holatini ifoda qilishda yordam beradi. Kolorit osoyishta, 


30 
zavqlantiruvchi, havotirli, mayus bo‘lishi mumkin, shuningdek iliq va sovuq, 
yorqin va bo‘g‘iq bo‘ladi. O‘tmish ustozlarning rangtasvir asarlari quyidagi ayrim 
davrlarda kolorit rivojini kuzatish imkonini beradi. Kolorit tushunchasi XV 
asrning ohirlarida shakllanib, Barokko davrida ravnak topdi. Undagi dastlabki 
o‘zgarishlar asr ohirlarida namoyon bo‘la boshladi. Bu davrda bo‘yoqlarni 
alohida-alohida qo‘ymasdan ranglarni silliq edirma qilib, ishlashgan. Keyinchalik 
konstebelga, ayniksa, impres- sionistlarga kelib bu hol yana keskinlashdi. SHu 
sabab ajoyib rus san’atshunos olimi B.Vipperning ilmiy asarlari aynan rangtasvir 
koloriti tarixiga ham bag‘ishlanganligi bilan e’tiborlidir. 
XV asrda Italiya, Fransiya, nemis musavvirlari tasvirlarida bo‘yoqlar bir-
biriga nisbatan mustaqil ravishda mavjud bo‘lgan. Bernard Strigel maktabiga oid 
musavvir Albrext Dyurerning «Osvald Krel portreti» uchligi fonning qizil rangi 
yorug‘da ham, soyada ham och yoki to‘q qizilligicha qolishiga e’tibor bering. 
Musavvir go‘yo narsa va buyumlarni sho‘‘lalantirayotgandek tasvirlaydi, 
qahramonlar qomatlari atrof fazoga qorishib ketmagan, balki noaniq jig‘arrang, 
qizil fonda gavdalantirilgan. 
Rang va shakl bir butunlikka ega bo‘lib, bo‘yoqni yorug‘lik bilan fazo 
bo‘shligida bir-biridan ajratib bo‘lmay qoladi. Bellinidan Titsian va 
Tintorettogacha bo‘lgan davr - bu asl koloritning tuslarga aylanish davridir. 
Agar XVI asr rangtasvirida rang umuman hayotni bildirgan bo‘lsa, ularning 
kamrovi tobora osha bordi. Yangi aks tuslar paydo bo‘la boshladi: Korovadjoda – 
yorqin - qizil, iliq-yashil, jig‘arrang-sariq, och havo rang-ko‘k; Velaskesda - qora 
atrofida ko‘z ilgamas edirmalar, kulrang, oq, pushti ranglar jilolandi va hokazo... 
Rembrant o‘z
 
palitrasini to‘q tuslar bilan chegaralaydi, biroq unda rang 
yangicha jonlantiriladi va sirli xususiyatlarga ega bo‘ladi. 
Uyg‘onish davri rangtasvir ustalari, masalan, Titsian rangdan asl hayotning 
bir ko‘rinishi sifatida foydalanadi. Barokko davrida rang ko‘p jihatlari bilan 
rangtasvir fantaziyasida estetik vazifalarni bajaruvchi bir element sifatida ishtirok 
etadi. 


31 
O‘tmish ustozlar o‘z asarlarini ifodalashda ko‘rkam, rang-barang 
uyg‘unliklar, tuslar aralashmalari, murakkab texnik uslublarni asos qilib olganlar. 
Ular kuchli rang va tue kontrastlarini ishga solganlar. SHuningdek, ular istagan 
rang tuslariga erishish uchun lessirovka usulidan foydalanganlar. 
XVIII aerga kelib rang bilan bog‘liq estetik rang-baranglik yanada antika va 
murakkab tus ola boshladi. Musavvirlar inson siymosi, sochlari va kiyimlari uchun 
yagona rangning nozik tuslarini tatbiq etdilar. Oq, och sariq, och jigar ranglar 
birinchi planga chiqdi. Turli g‘oyalar kurashi, rang va shakl o‘rtasidagi qarama-
qarshiliklar XIX asrga mansubdir. Bu davrda rang tadqiqotlarning asosiy manbai 
bo‘lib qoldi. XIX asr rang tasvirlari, ayniqsa impression guruxdar yorkin rangdan 
xam yorkinini ajratib, oftob nurlari taralishini ifoda etishni uzlashtirdilar. Ular 
rangning optik birikmalari taassurotlaridan foydalangan xolda rang kontrastiga 
kuprok e’tibor kilganlar va toza buyoklarni ishlata boshlaganlar. 
Matiss, Gogen, Van Goglarga anik kontur va jarangdor katta surtmalar 
mansub bulganini kurish mumkin. 
Matiss asl buyokdar saltanatida uz palitrasiga - ranglar majmuasiga ega 
buldi. U raemdan kirkib olingan bulaklarni xech kanday yordamchi tasvirlarsiz, 
ma’lum tekisliklarga rangtasvirning surtma usulida joylashtirishni kashf etdi. 
Matissning kogoz yopishtirmalari rang buyicha bir butun bulib, ularni gilam 
tasviriga (gobelen), matoga rang bosish va kitob bezaklariga aylantirish juda oson. 
Gogen asarlarida rang tasviriy vazifani bajarmaydi, balki bezak ramziy 
yunalishda bulib, kizil rang - kum, pushti rang - ot va kuk rang - daraxtlarni kurish 
mumkin. Van Gog asarlarida guzal kontrast rang majmualari ishtirok etgan. Birok 
bu erda buyokdar bezak emas, balki psixologik omillar va kayfiyatlarga tayanadi. 
Ma’lumki koloritni sezib, idrok kilish juda muxim kobiliyatdir. I.Repin, 
V.Surikov, K.Korovin, M.Vrubel, P.Benkov, U.Tansikboev, Sh.Abdurashidov va 
shu kabilar xakikiy koloristlar edi. I.Repin asarlari ilik ranglar - tilla rang, sarik, 
Kizillar bilan tasvirlanganligi uchun rangtasvir koloritining yorkin ifodasi bulib 
xizmat kiladi. 


32 
V.Surikov xush kurgan kolorit - xavo rang, kuk, sovuk ranglar dan tashkil 
topgan edi. Uning kupchilik asarlari kumush rang koloritda tasvirlangan. 
F.Malyavinning kupchilik asarlari olovrang - kizil kolorit bilan ajralib 
turadi. Kupincha kolorit milliylik, tabiiylik, insoniylik xususiyatlari va ruzgor 
buyumlarini aks ettirishda asosiy vosita bulib xizmat kiladi. 
Bu xususida «Milliy kolorit» tushunchasi tugrisida suz yuritiladi. 
Ch.Axmarov, R.Kent, M.Saryan asarlari bunga misoldir. Xar bir musavvirning 
uziga mansub koloriti mavjud bulib, bunga uning ishlangan tasviriy asarlari - 
umumiy palitrasi guvox bula oladi. 
Rangtasvir san’ati - rang va nur uygunligi san’atidir. 
Vokelikni buyoklar vosytasida tasvirga tushirar ekansiz, ranglarning bir- 
biriga ta’sirini nazarda tutmok va ranglar uygunligi asosida tasvirlamok zarur. 
Shunisi muhimki, tasvirda tugri topilgan ranglar uygunligi, guzallikni anglay olish 
bilan birga, nafis asar guzalliligini bilish ravnakiga xam zamin yaratadi. 
Musavvirlar uz ijodiy ishlarida rang uygunliklari ustida bosh kotiradilar. 
R.Axmedovning «Tong. Onalik» asarida xavo rang etakchi bulib, u xavo rang 
koloritda bajarilgan. 
Asarning tabiat kismiga karasak sovuk koloritda bajarilgan. Uning onalik 
ya’ni birinchi planda berilgan oila tasviri kismi esa ilik rang koloritida bajarilgan. 
Lekin manzara kolorita xam oila kismidagi ilik kolorit xdm shunday uygunlikda 
topilganki, natijada asar yaxlitligi ta’minlangan. Birinchi plandagi mato, sholcha, 
kurpa va boiщalar tabiatdagi ranglar bilan uygunlikda ishlangan. Tongdagi tabiat 
tasviri guyo yupka xarir parda orkali kurinayotgandek taassurot koldiradi. 
Birinchi planning ilik koloritda bajarilganligi tomashabinni uziga jalb etadi 
va uyga toldiradi. 
Unda ranglardan kontrast ranglardan deyarli foydalanilmagan. SHuning 
uchun xam asar mayin sokin xolat tassurotini beradi. Tabiat va insonning uygonish 
arafasidagi laxzaga ishora kiladi. Ushbu asar sokin koloritda bajarilgan. Birinchi 
plandagi turli-tuman ranglar ikkinchi va orka plandagi narsalar rangi bilan xavo 


33 
perspektivasi asosida uyg‘unlashib ketgan. SHu tarzda asar koloritga 
ta’minlangan. 
Xulosa qilib aytganda, kolorit asar mazmunini va g‘oyasini musiqadagi 
dirijyor vazifasini bajaradi. 
Kolorit tushunchasini qiyomiga chiqarib o‘rgatish tayyorlayotgan 
kadrlarimizni kasbiy va shaxsiy fazilatlarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. 

Download 3,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish