5А110801- Tasviriy san’at va amaliy bezak san’ati mutaxassisligi magistranti Mirzaqulov Islomjon Xoljhigitovichning “Oliy ta’limda talabalarni natyurmort kompozitsiyasini ishlashga o`rgatishning kreativ texnologiyalari ” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi ishiga
TAQRIZ
5А110801- Tasviriy san’at va amaliy bezak san’ati mutaxassisligi magistri Mirzaqulov Islomjon Xoljhigitovichning “Oliy ta’limda talabalarni natyurmort kompozitsiyasini ishlashga o`rgatishning kreativ texnologiyalari ” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasini ko`rib chiqib, undagi asosnoma (kirish qismi), mavzu bo`yicha boblar, boblar bo`yicha xulosalar shu bilan birga yakuniy xulosalar bilan tanishib chiqildi, ayrim tavsiyalar aytib o`tildi.
Ushbu dissertatsiyaning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, muammoning o`rganilganlik darajasi, tadqiqotning maqsad va vazifalari, ob’yekti va predmeti, tadqiqotning farazi va metodlari, ishning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati kabi maqsadlar to`g`ri belgilab olingan.
Dissertatsiyaning birinchi bobida natyurmort kompozitsiyasini tasvirlashning ilmiy-nazariy asoslari haqida aniq fikrlar, tushunchalar berilgan.
Tasviriy san’atda natyurmort janrining rivojlanish tarixi – mazkur paragrafda natyurmort janrining paydo bo`lishi va rivojlanish bosqichi haqida ko`pgina tarixiy dalillar keltirilgan. Shu bilan birga buyuk rassomlarning natyurmort va boshqa janrdagi asarlarida buyumlarning nozik plastik shaklning mavjudligi, nisbatlarning mutanosibligi, hajm, fazoviy sifatlar muhim o’rin egallab kelganligi ham aytib o`tilgan.
Natyurmort janriga ta’rif berish bilan bir qatrorda natyurmort chizishda qalamtasvir va rangtasvirning muhim o`rni bor ekanligi, natyurmort chizishning qonun – qoidalari asosida bajarilishi yoritilgan.
Respublikamizda natyurmort janrida ijod qilgan rassomlardeb nomlangan paragrafida asosan o`zbekistonlik natyurmortchi rassomlar va ularning asarlari haqidagi fikrlar yoritilgan. Jumladan: L.Salimjonova, G` Abduraxmonov, Akmal Ikromjonov va boshqa yosh rassomlarning hayoti va ijodi yoritib berilgan.
II-Bobda tasviriy san`atda natyurmort kompozitsiyasini tasvirlashning kreativ texnologiyalari, qalamtasvir mashg’ulotlarida natyurmort kompozitsiyasini tasvirlashning o’ziga hos jihatlari, rangtasvir mashg’ulotlarida natyurmort kompozitsiyasini tasvirlash metodikasi, talabalarni qalamtasvir va rangtasvirda natyurmort kompozitsiyasini tasvirlashga o’rgatishning kreativ metodikasi haqidagi mulohazalar keltirilgan. Kreativ texnologiyalarga alohida tushunchalar berib o`tilgan.
Dissertatsiyaning uchinchi bobida oliy ta`limda talabalarni natyurmort kompozitsiyasini ishlashga o’rgatishning kreativ texnologiyalarini amalda qo`llash yuzasidan olib borilgan tajriba – sinov va ularning samaradorlik darajasi jadvallar asosida ko`rsatilgan. Unda tajriba uchun ajratib olingan guruhlarda qo`llanilgan ta`lim metodlari va texnologiyalarining samaradorlik darajasi qiyoslash yo`li bilan taqqoslangan.
Oliy ta`limda qalamtasvir va rangtasvir darslarida natyurmort ishlash ko’nikmasini rivojlantirishni tarkib toptirish va mazkur tayyorgarlik darajasini orttirish maqsadida olib boridgan tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosalar keltirilgan:
Oliy ta`limda qalamtasvir va rangtasvir darslarida natyurmort ishlash ko’nikmasini rivojlantirish samaradorlikni orttirishning muhim sharti sifatida ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalanish imkoniyati kengaytirildi, shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonining mazmuni va tashkil etishdagi yangiliklar bilan uyg’unligi ta’minlangan.
Shu bilan birga metodologik, loyihalash, kommunikativ, tashkilotchilik kabi tarkibiy qismlari va ularga mutanosib bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar majmuasi aniqlangan. Tasviriy san’at darslarida natyurmort ishlash ko’nikmasini rivojlantirishda kreativ texnologiyalarni qo`llash bo`yicha metodik tavsiyanomalar ishlab chiqilgan. Mazkur tavsiyanomada o’qitish mazmuni, metodlari, vositalari va shakllarining uyg’unligiga erishilganligi yoritilgan.
Pedagogik tajriba-sinov ishlari natijalari tahlili, oliy ta`limda qalamtasvir va rangtasvir darslarida natyurmort ishlash ko’nikmasini rivojlantirish darajasini oshirish maqsadida olib borilgan ko’p yillik tajribalar qo’llanilgan metodik tavsiyanomaning samarali va ishonchli ekanligini tasdiqladi.
Magistrant Mirzaqulov Islomjonning tayyorlangan magistrlik dissertatsiyasi mustaqil tadqiqot ishi bo`lib, magistrlik dissertatsiya talablariga to`liq javob berib, ijobiy yuqori bahoga tavsiya etaman.
TDPU tasviriy san’at
kafedrasi prof.v.b.: p.f.n. S. Abdirasilov
Do'stlaringiz bilan baham: |