Budjet hisobi


Davlat budjeti daromadlari hisobidan ajratm alar qilish



Download 10,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet237/246
Sana01.02.2022
Hajmi10,46 Mb.
#424247
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   246
Bog'liq
budjethisobi

Davlat budjeti daromadlari hisobidan ajratm alar qilish
Ushbu darslikning avvalgi boblarida aytilganidck, davlat budjetiga 
kclib tushgan umumdavlat soliqlari va daromadlaridan respublika 
budjetiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga hamda mahalliy 
budjetlarga o ‘matilgan miqdorda ajratma qilinadi.
O'zbekiston 
Respublikasi 
Moliya 
vazirligi 
davlat 
budjeti 
daromadlari hisobidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar 
va viloyatlar mahalliy budjetlariga ajratma qilish miqdorini belgilaydi 
va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyat (shahar) 
moliya boshqarmalariga hamda Markaziy bankning hududiy Bosh 
boshqarmalariga yetkazadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi va viloyat (shahar) 
moliya boshqarmalari o ‘z navbatida har bir shahar va turnan moliya 
organlariga hamda tijorat banklariga davlat budjeti daromadlari hisobidan 
mahalliy budjetlarga ajratmalar miqdori to ‘g ‘risida xabar qiladi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi va viloyat (shahar) 
moliya boshqarmalari davlat budjeti daromadlari hisobidan Respublika 
budjetiga, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
budjetiga va mahalliy 
budjetlarga ajratma qilish miqdorini o'zgartirishga haqli emas.
Respublika budjeti daromadlari hisobidan Qoraqalpog‘iston Respub­
likasi, Toshkent shahar va viloyatlar mahalliy budjetlariga ajratma 
qilish miqdori joriy yil davomida o ‘zgarsa, u holda belgilangan tartibda 
qo‘shimcha xabar qilinadi.
Davlat budjeti daromadlari hisobiga kelib tushgan kunlik soliq 
va boshqa to‘lovlar hisobidan respublika budjetiga, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga ajratmalar banklar


tomonidan tcgishli dastur asosida belgilangan foiz miqdorida amalga 
oshiriladi. Zarur b o ‘lgan hollarda, mahalliy budjctga ajratmalar qo ‘l 
yordamida amalga oshirilishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga 
kunlik ajratmalar to‘g ‘risidagi qaydnoma moliya organlariga hamda 
budjet hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birga davlat soliq organlariga 
beriladi. Davlat budjeti daromadlari hisobidan respublika budjetiga, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga 
ajratmalar alohida har bir soliq va boshqa to'lovlar bo ‘yicha, ularning 
shaxsiy hisobvaraqlaridan ajratma qilinadi.
B udjetga n o to ‘g ‘ri yoki ortiqcha o ‘tkazilgan m ab la g ‘larn i 
qa y ta rish va o ‘za ro boshqa to ‘lovlar hisobiga o‘tkazish
Budjetga noto‘g ‘ri yoki ortiqcha o ‘tkazilgan soliq va boshqa 
m ablag‘lar soliq to ‘lovchilaming yozma arizasiga muvofiq qaytarib 
beriladi yoki kelgusi to'lovlar yoxud boshqa to‘lovlar hisobiga 
o ‘tkaziladi. Davlat budjetiga noto‘g ‘ri yoki ortiqcha o'tkazilgan bojxona 
to ‘lovlari tegishli y o ‘riqnoma bilan tartibga solinadi.
Soliq organlari soliq to‘lovchilaming arizasi va ularning shaxsiy 
hisobvaraqlari m a ’lumotlariga asosan budjetga ortiqcha to‘langan soliq 
summasini qaytarish yoki kelgusi to‘lovlar yoxud boshqa to‘lovlar 
hisobiga o'tkazish to ‘g ‘risidagi xulosasini tegishli moliya organlariga 
taqdim etadi.
Moliya organlari budjetga noto‘g ‘ri yoki ortiqcha o ‘tkazilgan 
m ablag‘lami soliq to'lovchilarga qaytarish yoki kelgusi to'lovlar yoxud 
boshqa to‘lovlar hisobiga o ‘tkazish to‘g ‘risidagi soliq organlarining 
yozma xulosasini oigan kundan keyingi ish kunidan kechikmasdan 
banklarga to‘lov topshiriqnomalarini taqdim etadi. Soliq organlarining 
xulosasi moliya organlariga taqdim etilgan kundan boshlab soliq 
to ‘lovchining boqimandasi bo‘yicha jarima hisoblash to‘xtatiladi.
Moliya organlari tomonidan taqdim etilgan to‘lov topshiriqnomasiga 
asosan budjetga noto‘g ‘ri yoki ortiqcha o ‘tkazilgan m ablag‘lar 
davlat budjetiga kunlik tushumlar hisobidan respublika budjetiga,


Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjctiga va mahalliy budjetlarga 
ajratmalar qilishdan oldin soliq to‘lovchilarga qaytariladi yoki kelgusi 
to‘lovlar yoxud boshqa to‘lovlar hisobiga o ‘tkaziladi.
Soliq va boshqa to‘lovlaming tcgishü 
daromadlar 
shaxsiy 
hisobvarag‘iga kelib tushgan kunlik tushumlar yetarli bo‘lmaganda moliya 
organlari tomonidan banklarga taqdim etilgan to‘lov topshiriqnomalari 
bo'yicha to‘lovlarni qisman to‘lashga ruxsat etiladi.
Jarima solish huquqiga ega bo‘lgan organlar tomonidan davlat 
budjetiga ortiqcha kelib tushgan jarima summalari, to‘lovchiga, uning 
arizasiga hamda to‘lov summasini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda 
moliya organlarining to‘lov topshiriqnomasiga asosan qaytariladi.
3. 
R E S P U B L IK A B U D JE T I 
D A R O M A D L A R IN IN G K A SSA IJR O S I
Respublika budjeti daromadlariga 0 ‘zbckiston Respublikasining 
«Budjet tizimi to‘g ‘risida»gi qonunda belgilangan mablag‘lar kirim 
qilinadi.
Bundan tashqari 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 
23402-«Respublika budjetining mablagMari» asosiy hisobvarag‘iga 
quyidagi mablag‘lar ham kirim qilinishi mumkin:
- 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ajratilgan 
qisqa muddatli kreditlar;
- davlat qisqa muddatli obligatsiyalarini sotishdan kelib tushgan 
mablag'lar;
- davlat maqsadli jam g ‘armalari hisobidan ajratilgan mablag‘lar;
- moliya vazirligining boshqa depozit hisobvaraqlaridagi mab- 
lag‘lar.
Respublika budjetiga davlat budjctidan ajratma qilingan va boshqa 
kelib tushgan m ablag‘laming kirim qilinishini ta’minlash maqsadida 
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli raqami va soliq 
to‘lovchining identifikatsiya raqami bilan Markaziy bank Toshkent 
shahar va hududiy Bosh boshqarmalari hisob-kitob kassa markazlarida 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Moliya vazirligiga 
23402-«Respublika 
budjetining mablagMari» asosiy va tranzit hisobvaraqlari ochiladi.
383


Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari hisob-kitob kassa 
markazlarida ochilgan 23402 tranzit hisobvaraqlaridagi mablag‘lar keyin 
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 23402-«Respublika 
budjetining mablag‘lari» asosiy hisobvarag‘iga o ‘tkazib beriladi.
4. R E S P U B L IK A B U D JE T I X A R A JA T L A R IN IN G KASSA IJ R O S I.
R E S P U B L IK A B U D JE T I X A R A JA T L A R I
Respublika budjcti xarajatlari tasdiqlangan budjet asosida Respublika 
budjeti daromadlari hisobvarag‘ida mavjud qoldiq doirasida amalga 
oshiriladi. Respublika budjeti xarajatlariga 0 ‘zbekiston Respublikasining 
«Budjet tizimi to‘g ‘risida»gi qonunda belgilangan xarajatlar tasdiqlangan 
budjet limiti doirasida amalga oshiriladi.
Respublika budjetidan xarajatlami moliyalashtirish qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda, ushbu darslikning avvalgi boblarida aytilganidek, 
quyidagi yo‘nalishlar b o ‘yicha amalga oshiriladi:
- fan, ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport 
(respublika bo‘ysunuvidagi budjet tashkilotlari bo‘yicha);
- ijtimoiy ta’minot;
- mudofaa, milliy xavfsizlik va jamoat tartibini ta’minlash;
- sudlar va prokuratura organlari faoliyatini ta’minlash;
- davlat zaxirasi va safarbarlik zaxirasini vujudga keltirish hamda 
ulami saqlash;
- davlat markazlashtirilgan investitsiyalarini amalga oshirish;
- davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, 0 ‘zbekiston Respub­
likasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari hamda missiyalari 
faoliyatini ta’minlash;
- iqtisodiyot turli tarmoqlarining respublika bo ‘ysunuvidagi budjet 
tashkilotlarini saqlash;
- 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga 
muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning davlat tarmoq 
dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish;
- yer tuzish, meliorativ, tabiatni muhofaza qilish va epizootiyaga 
qarshi kurash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
- qishloq x o ‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurash;
- gidrometcorologiya, do‘lga qarshi kurash chora-tadbirlari;
384


- qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlarga.
Respublika budjetida turuvchi budjet tashkilotlarini moliyalashtirish 
uchun Respublika budjeti daromadlari hisobidan qilinadigan to ‘lovlar 
Moliya vazirligi tomonidan taqdim qilingan tayinlash sertifikatiga 
asosan Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi hisob- 
kitob kassa markazida ochilgan Moliya vazirligining 23402-«Respublika 
budjetining mablag'lari» hisobvarag'idagi qoldiq doirasida amalga 
oshiriladi. Respublika budjeti hisobvarag'iga inkasso topshiriqnomasi 
va to‘lov talabnomasini qo‘yishga ruxsat etilmaydi.
Ushbu darslikning aw algi boblarida aytib o ‘tilganidek, 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-sonli 
«Budjet tashkilotlarini mablag1 bilan ta ’minlash tartibini takomillashtirish 
to‘g ‘risida»gi qaroriga muvofiq budjet tashkilotlari davlat budjetidan 
mablag‘lar bilan xarajatlaming to‘rt guruhi b o ‘yieha moliyalashtiriladi.
Budjet tashkilotlari smeta va xodimlar ro‘yxati (shtatlar) jadvalini 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil ravishda ishlab 
chiqadilar va tasdiqlaydilar. Smetalar 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi tomonidan tasdiqlangan davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy 
tasnifiga muvofiq xarajatlaming to‘liq yoyilmasi ilova qilingan holda, 
xarajatlaming yuqorida aytilganidek IV guruhi bo‘yicha tuziladi.
Budjet tashkilotlarining tasdiqlangan smeta va xodimlar ro‘yxati 
(shtatlar) javdalini ro'yxatdan o‘tkazish uchun qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yoki uning hududiy 
moliya organlariga taqdim etiladi. Budjet tashkilotlari tasdiqlangan smeta 
va xodimlar ro‘yxati (shtatlar) javdalini, shuningdek amaldagi smeta 
va xodimlar ro‘yxati (shtatlar) jadvaliga kiritiladigan o ‘zgartirishlar 
ular 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida yoki hududiy moliya 
organlarida ro‘yxatdan o'tkazilgandan so‘ng amalga kiritiladi.
Budjet tashkilotlarining xarajatlarini I va II guruhlari m ablag‘ 
bilan birinchi navbatda ta’minlanadi. Bunda xarajatlaming II guruhiga 
tegishli mablag1 o ‘tkazmasdan I guruh xarajatlarini amalga oshirish 
taqiqlanadi.
Respublika budjetida turuvchi budjet tashkilotlarini moliyalash­
tirish maqsadida moliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan to ‘lov


topshiriqnomalari «to‘lov maqsadi»da xarajatlaming bo ‘limi, bobi, 
paragrafi va qaysi oy uchun moliyalashtirilganligi ko ‘rsatiladi. 
T o‘lov topshiriqnomasidagi jadvalda xarajatlar guruhlar bo'yicha 
k o ‘rsatiladi, bunda birinchi guruh xarajatlari turi, hisobi va analitik 
hisobi yoyilmalari b o‘yicha k o ‘rsatiladi. Respublika budjetida turuvchi 
budjet tashkilotlari o ‘z tasarrufidagi quyi budjct tashkilotlariga pul 
mablag'larini o ‘tkazish uchun taqdim etgan to ‘lov topshiriqnomalari 
«to‘lov maqsadi»da xarajatlami bo ‘limi, bobi, paragrafi va qaysi oy 
uchun moliyalashtirilganligi k o ‘rsatiladi. T o‘lov topshiriqnomasidagi 
jadvalda xarajatlar guruhlar b o‘yicha ko‘rsatiladi, bunda birinchi guruh 
xarajatlari turi, hisobi va analitik hisobi bo‘yicha ko ‘rsatiladi.
Respublika budjetida turuvchi budjet tashkilotlarini kirim qilish 
maqsadida Respublika budjetida turuvchi budjet tashkilotlariga 23404- 
«Respublika budjetida turuvchi budjet tashkilotlarining mablag‘lari» 
hisobvaraqlari budjet xarajatlari tasnifiga asosan ochiladi.
Respublika budjetida turuvchi budjet tashkilotlari Respublika 
budjetidan moliyalashtirilgan mablag‘lar hisobidan xarajatlami 23404- 
«Respublika budjetida turuvchi budjet tashkilotlarining mablag‘lari» 
hisobvarag‘idagi qoldiq summa doirasida, tasdiqlangan va Moliya vazirligi 
tomonidan ro‘yxatga olingan smetaga asosan amalga oshiriladi.
Respublika budjetidan tegishli budjet tashkilotlariga moliyalashtirish 
jarayonida ularga belgilangan limitdan ortiqcha mablag'lar o ‘tkazilgan 
hollarda, ushbu ortiqcha o'tkazilgan mablag‘lar budjet tashkilotining 
to ‘lov topshiriqnomasiga yoki 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
tomonidan qo‘yilgan inkasso topshiriqnomasiga asosan qaytarilishi 
mumkin. Respublika budjetida turuvchi budjet tashkilotlari budjet 
hisobvaraqlariga boshqa manbalardan mablag'lar o'tkazishga mxsat 
etilmaydi. Quyidagi hollar bundan mustasno:
1. Maktabgacha yoshdagi bolalar tashkilotlaridagi bolalaming ota- 
onalari tomonidan bolalar ovqatlangani uchun to'lanadigan badallar.
2. Budjet tashkilotlarining oldingi yillardagi debitor qarzlaming 
joriy moliyaviy yilda kelib tushgan summalari, joriy yilning debitor 
qarzlar qaytarilgan kabi kirim qilinadi va tashkilotlar uchun belgilangan 
limitning qoldig‘iga, xarajatlaming tegishli guruhi bo ‘yicha, qo‘shiladi


hamda bir vaqtda amalga oshirilgan kassa xarajatlari ushbu miqdorga 
kamaytiriladi.
O ‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik 
xizniati, Favqulodda hoiatiar vaziriigi, Daviat bojxona qo'mitasi, 
Mudofaa vazirligi, Daviat chegarasini qo'riqlash qo'm itasi va ulaming 
tasarrufidagi 
tashkilotlaming hisob-kitob 
pul 
hujjatlarida to'lov 
maqsadlari ko‘rsatilmaydi.
Respublika budjetida turuvchi budjet tashkilotlariga ish haqi moliya 
organlari tomonidan ro ‘yxatga olingan xodimlar ro ‘yxati (shtatlar) jadvali 
va xarajatlar smetasiga asosan, belgilangan muddatlarda beriladi. Budjet 
tashkilotlari va budjetdan mablag1 oluvchi boshqa tashkilotlar o ‘zlariga 
xizmat ko‘rsatuvchi banklarga moliya organlari tomonidan ro'yxatdan 
o'tkazilgan xodimlar ro‘yxati jadvali va xarajatlar smetasining nusxasini 
taqdim etadi.
X o ‘jalik yurituvchi subyektlarga Respublika budjetidan ajratilgan 
mablag‘lar, ulaming 23405-«Nobudjet muassasalarga Respublika budjeti 
hisobidan ajratilgan mablag'lar» hisobvaraqlarida hisobga olinadi. 
X o‘jalik yurituvchi subyektlarga Respublika budjeti hisobidan ajratilgan 
mablag‘lar hisobidan ish haqi, 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
tomonidan ro ‘yxatga olingan xarajatlar smetasi hamda xodimlar ro'yxati 
(shtatlar) jadvali o ‘miga tuzilgan kalkulatsiya asosida belgilangan 
muddatlarda beriladi. X o‘jalik yurituvchi subyektlar xarajatlar smetasiga 
ilova qilinadigan xarajatlaming iqtisodiy tasnifi asosidagi yoyilmani va 
xodimlar ro'yxati (shtatlar) jadvali o ‘m iga tuzilgan kalkulatsiyalarda
ish haqi uchun rejalashtirilgan m ablag‘lar miqdori aniq k o ‘rsatiladi. 
X o‘jalik yurituvchi subyektlaming 23405 «Nobudjet muassasalarga 
Respublika budjeti hisobidan ajratilgan mablag*lar» hisobvaraqlaridan 
amalga oshiriladigan boshqa xarajatlar, ushbu kalkulatsiyada k o ‘rsatilgan 
maqsadlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Respublika budjetida turuvchi budjet tashkilotlarining 23404- 
«Respublika budjetida turuvchi budjet tashkilotlarining m ablag‘lari» 
hisobvaraqlaridan, ulaming budjetdan tashqari talab qilib olgungacha 
depozit hisobvaraqlariga pul mablag‘larini o ‘tkazishga m xsat etilmaydi. 
Quyidagi hollar bundan mustasno:


1. B udjet tashkilotlarining budjet hisobvarag‘ida choraklar oxirida 
qolgan (foydalanilm agan) tejab qolingan (kapital qo'yilm alarni 
m ablag‘ bilan ta ’minlash uchun nazarda tutilgan m ab lag ‘lar bundan 
m ustasno) budjet m ablag‘lari hisobot choragining oxirgi ish kuni 
oxirida budjet tashkilotlarining to ‘lov topshiriqnom asiga asosan 
ularning 
rivojlantirish 
fondi 
(budjetdan tashqari 
m ab lag ‘lari) 
hisobvarag‘iga o ‘tkaziladi.
2. Budjet tashkilotlarining rivojlantirish fondi (budjetdan tashqari 
m ablag‘lari) hisobidan ularning budjet xarajatlarini qoplash uchun 
o ‘tkazilgan m ablag‘lar budjet hisobvarag‘idan joriy moliya yiliga 
belgilangan xarajatlar limiti doirasida rivojlantirish fondi (budjetdan 
tashqari m ablag‘lari) hisobvarag'iga o ‘tkazila'di.
Budjet tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan to ‘ lov topshiriqnomalari 
to‘g ‘ri to ‘ldirilganligi bank tomonidan tekshirilgandan keyin, budjet 
hisobvaraqlarida mablag‘lari mavjud bo ‘lgan holda, ijroga qabul 
qilinadi.
Budjet m ablag‘larini bosh tasarruf qiluvchilarga budjet mablag'lari 
hisobidan markaziy boshqaruv apparatini saqlash, markazlashtirilgan 
tadbirlami amalga oshirish uchun xarajatlar qilishga, shuningdek Moliya 
vazirligi tomonidan o ‘tkazilgan mablag‘lami o ‘zining tasarrufidagi quyi 
daraja budjet mablag‘larini tasarruf qiluvchilar o ‘tkazib berish huquqi 
berilgan.
Respublika budjeti m ablag‘lari hisobidan Mudofaa vazirligi, Ichki 
ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda holatlar vazirligi, 
Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqa vazirliklaming nafaqaxo‘rlariga 
nafaqa to‘lash uchun Xalq banki filiallariga m ablag‘lar 0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Moliya vazirligining tayinlash 
sertifikatiga asosan 
o ‘tkaziladi.
Respublika budjetida turuchi budjet tashkilotlarining moliyaviy yil 
oxiridagi budjet mablag‘lari qoldiqlari olib qo ‘yilmaydi va ular budjet 
tashkilotlarining rivojlantirish fondi (budjetdan tashqari mablag‘lari) 
hisobvarag‘iga budjet tashkilotlarining to ‘lov topshiriqnomalariga 
asosan o ‘tkaziladi (kapital q o ‘yilmalami moliyalashtirish uchun nazarda 
tutilgan m ablag‘lar bundan mustasno).



Download 10,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish