Respublikasi», Toshkent shahar hamda viloyat moliya boshqarmalariga
23430 «Mahalliy budjet mablag‘lari-Viloyat» va turnan (shahar) moliya
organlariga 23426 «Mahalliy budjet mablag‘lari-Tuman/shahar»
hisobvaraqlari ochiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjet hisobida,
moliya yilining oxiriga qolgan mablag‘laming qoldig‘i yangi yil hisobiga
qoldiq bo‘lib o ‘tkaziladi.
011-«Mahalliy budjet mablag'lari depozit hisobvarag‘i» subschyo-
tida Qoraqalpog'iston Respublikasi moliya
vazirligida va mahalliy
moliya organlarida Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat budjeti va
mahalliy budjetlaming bank muassasalarida saqlanadigan pul mablag‘lari
hisobga olinadi. Har bir mahalliy budjet uchun bank muassasalarida
alohida «Mahalliy budjet mablag‘lari» depozit hisobvarag‘i ochiladi.
Har kuni mahalliy moliya organi, bank
muassasalaridan mahalliy
budjet mablag‘lari hisobvarag'idan ko'chirma va tegishli hujjatlami
oladi va ular asosida mahalliy moliya organida 011-«Mahalliy budjet
mablag‘lari depozit hisobvarag‘i» subschyotiga bu operatsiyalar bo'yicha
buxgalteriya yozuvlari qilinadi.
01 ¡-«Mahalliy budjet mablag'lari depozit hisobvarag'i» subschyo-
tining debetiga quyidagilar qayd qilinadi:
1) budjet daromadlari
va aniqlanmagan tushumlar;
2) budjet ssudalari, dotatsiyalar, subventsiyalar va yuqori budjetdan
olingan
boshqa tushumlar;
3) budjetlar o‘rtasidagi hisob-kitoblar va budjet ssudalari bo‘yicha
qarzlami qaytarishga doir tushumlar;
4) moliya organlari tomonidan tashkilotlaming budjet mablag‘lari
bo'yicha hisobvaraqlaridan qaytarib olingan budjet mablag'lari;
5) quyi budjetlardan olingan ortiqcha daromadlar va boshqa tushumlar.
01 ¡-«Mahalliy budjet mablag'lari depozit hisobvarag'i» schyotining
kreditiga quyidagilar qayd qilinadi:
1) budjet bo'yicha mablag1 ajratish rejasida ko‘zda tutilgan tegishli
xarajatlami to'lash uchun bosh tasarruf qiluvchilaming hisobvaraqlariga
budjet mablag*larining o'tkazilishi;
2) budjet m ablag'lari hisobidan kapital qo'yilm alarni va
boshqa tadbirlarni moliyalashtirish uchun budjetdan m ablag1
oluvchilarning tegishli hisobvaraqlariga budjet mablag‘lari o ‘tka-
zilishi;
3) quyi budjetlarga budjet ssudalarini, dotatsiyalarini, o'zaro
hisob-
kitoblar bo'yicha mablag'lar va boshqa summalaming o'tkazilishi;
4) yuqori budjetlarga ortiqcha daromadlarning o'tkazilishi;
5) budjet ssudalari, o ‘zaro hisob-kitoblar va boshqalar bo‘yicha
qarzlami qaytarish uchun yuqori budjetlarga summalaming o ‘tkazilishi;
6) Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat budjeti va mahalliy budjetlar
tomonidan umumdavlat soliqlari va daromadlaridan ortiqcha olingan
ajratmalar summalar bo'yicha rcspublika budjeti oldidagi qarzini to‘lash
uchun summaning o'tkazilishi;
7) budjetga o'tkazilgan ortiqcha daromadlarning qaytarilishi;
8)
aktivlarni jalb qilish, ushbu aktivlar bo'yicha va vaqtidan o‘tgan
to'lovlaming foizlari bo‘yicha qarzlami to‘lash uchun banklarga
summalaming o‘tkazilishi;
9) aniqlanmagan tushumlaming tegishli budjetlarga yoki boshqa
tashkilotlarga o ‘tkazilishi.
Mahalliy budjet mablag'larini hisobvarag'idan summalami hisobdan
chiqarish, bank muassasalari tomonidan, mazkur budjet ijrosini ta’min-
lovchi tegishli moliya organlarining to‘lov
topshiriqnomalariga binoan
amalga oshiriladi. Mahalliy budjet mablag‘larini hisobvarag'idan naqd
pul mablag‘larini berish man qilinadi. Mahalliy budjet mablag‘lari hisob-
varag‘idan moliya organining to‘Iov topshirig'isiz bank muassasalari,
umumdavlat soliqlari va daromadlaridan ajratmalar summasidan,
shu ko‘rsatilgan ajratmalami tartibga solishda aniqlangan mahalliy
budjetlarga ortiqcha o‘tkazilganlami hisobdan chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: