2.5. Umumdavlat soliqlari va daromadlaridan mahalliy
budjetlarga ajratmalar hisobi
Davlat budjetiga kclib tushgan soliq va boshqa to‘lovlar hisobidan
Rcspublika budjetiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga hamda
mahalliy budjetlarga o ‘rnatilgan miqdorda ajratma qilinadi.
Davlat budjeti daromadlari hisobiga kelib tushgan kunlik soliq va
boshqa to‘lovlar hisobidan Respublika budjetiga, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga ajratmalar banklar
tomonidan dasturiy ta’minot asosida belgilangan foiz miqdorida amalga
oshiriladi. Zarur bo‘lgan hollarda, mahalliy budjetga ajratmalar qo‘l
yordamida amalga oshirilishi mumkin. Davlat budjeti daromadlari
hisobidan Respublika budjetiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga
va mahalliy budjetlarga ajratmalar bo'yicha buxgalteriya o‘tkazmalari
memorial orderlar bilan rasmiylashtiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga
kunlik ajratmalar to‘g‘risidagi vedomost moliya organlariga hamda
budjet hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birga davlat soliq organlariga
beriladi.
Davlat budjeti daromadlari hisobidan Respublika budjetiga, Qora-
qalpog‘iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga ajratmalar
alohida har bir soliq va boshqa to'lovlar bo‘yicha, ulaming shaxsiy
hisobvaraqlaridan ajratma qilinadi.
Umumdavlat soliqlari va daromadlaridan mahalliy budjetlarga
ajratmalar respublika budjeti hisobiga o ‘tkaziladi va bu budjetning
xarajatlari ko‘rinishida ifodalanadi.
Mahalliy budjetlarga umumdavlat soliqlari va daromadlaridan
yuqori budjet tomonidan tasdiqlagan foizlar asosida ajratmalar qilinadi,
moliya organiga bank muassasalari tomonidan tuziladigan ajratmalar
37
vedomosti beriladi. Bu vedomostga asosan 0 ‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligida qilingan ajratmalar summasiga quyidagi buxgalteriya
provodkasi tuziladi:
D e b e t 0 2 0 - « B u d j e t x a r a ja tla r i» s u b s c h y o ti;
K r e d it 0 1 0 - « R e s p u b l ik a b u d je ti m a b l a g 'l a r i d e p o z it h i s o b v a r a g 'i » s u b
sc h y o ti.
Mahalliy budjetlami ijro etuvchi moliya organlarida bu summalar
daromadga olinadi va bu operatsiya quyidagi buxgalteriya provodkasi
tuziladi:
D e b e t 011 - « M a h a ll i y b u d j e t m a b l a g 'l a r i d e p o z it h i s o b v a r a g 'i » s u b s c h y o ti;
K re d it 0 4 0 - « B u d j e t d a r o m a d l a r i » s u b s c h y o ti.
Mahalliy budjet daromadlariga yil mobaynida ortiqcha ajratmalar
summalari tushganda, ular «Daromadlar» kitobida alohida qator bilan
ajratiladi. Agar yil oxirida mahalliy budjetning «Mahalliy budjet
mablag'lari depozit hisobvarag‘i»da mablag1 yo'qligi uchun respublika
budjetiga qaytarilmagan, mahalliy budjetda umumdavlat soliqlari va
daromadlaridan ortiqcha olingan ajratmalar qolsa, bu summalar moliya
organi tomonidan hisobdan chiqarilishi kerak. Bu operatsiya uchun
mahalliy moliya organlarida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D e b e t 0 4 0 - « B u d j e t d a r o m a d l a r i » su b s c h y o ti;
K r e d it 0 4 2 - « V a q t in c h a m a h a l li y b u d j e t d a r o m a d la r ig a o 't k a z i l g a n s u m m a la r »
s u b s c h y o ti.
Kelgusi yili mahalliy budjetning «Mahalliy budjet mablag'lari
depozit hisobvarag‘i»dagi birinchi tushumlaridan bank muassasasi
mahalliy budjetni ortiqcha olgan ajratmalarini olib qo'yadi va
respublika budjeti daromadlarini asliga keltirish uchun ulami
qaytaradi.
Mahalliy budjetlar daromadlari hisobvarag'iga tushuvchi, umum
davlat soliqlari va daromadlaridan ajratmalar hisobi, mahalliy sharoit-
larga bog'liq holda o'matiluvchi shakllar bo'yicha hududiy moliya
organlari tomonidan tizimsiz olib boriladi. Umumdavlat soliqlari va
daromadlaridan ajratmalar bu shaklda har bir quyi budjet bo'yicha
hamda mazkur budjetning quyidagi ko'rsatkichlariga binoan: soliq yoki
daromadning nomi; ajratma uchun o'matilgan foiz; ajratilgan summa,
hisobga olinadi. Shaklga yozuvlar bank muassasalaridan mahalliy
budjetlarga ajratmalar vedomosti olingandan keyin amalga oshiriladi.
Yozuv qilinishidan oldin hududiy moliya organining buxgalteriya
xizmati, vedomostda ko‘rsatilgan ajratmalar summasini, tasdiqlangan
budjet bo‘yicha o‘matilgan foizlarga mos kelishini tekshiradi. Har bir
oyning tugashi bilan mazkur shakl bo'yicha oy uchun va yil boshidan
buyon yakuniy jamlangan summalar hisoblab chiqiladi. Har bir budjet
bo‘yicha umumdavlat soliqlari va daromadlaridan ajratmalar summasi,
har oyda quyi budjetlar ijrosi haqidagi oylik hisobotlar bilan taqqoslanib
boriladi. Bundan tashqari, umumdavlat soliqlari va daromadlaridan
butun hududiy budjet bo‘yicha tushgan va qilingan ajratmalar summasi,
bank muassasalarining oylik hisobotlari ma’lumotlari bilan o‘zaro
solishtiriladi.
3. M O L I Y A O R G A N L A R I D A B U D J E T N I N G
P U L M A B L A G 'L A R I H I S O B I
Davlat budjetining pul mablagiari bank muassasalarida budjetning
pul mablag‘lari hisobvaraqlarida saqlanadi va moliya organlari tomo-
nidan birinchi tartibli 01-«Pul mablag'lari» birinchi tartibli subschyo-
tida hisobga olinadi. Bu schyotning debeti bo‘yieha budjetning pul
mablag‘larining tushumlari qayd qilinsa, bu schyotning kreditida esa
budjetning pul mablag‘larini sarflanishi qayd qilinadi.
Birinchi tartibli 01-«Pul mablag'lari» schyoti, quyidagi bir necha
ikkinchi tartibli schyotlarga (subschyotlarga) ega:
010 - «Respublika budjeti
mablag‘lari
depozit hisobvarag‘i»
subschyoti;
011 - «Mahalliy budjet mablag'lari depozit hisobvarag‘i» subschyoti;
013 - « 0 ‘zbekiston Respublikasi bank muassasalaridagi kapital
qo'yilmalar va boshqa tadbirlami moliyalashtirish uchun
budjet mablag'lari hisobvarag‘i» subschyoti;
014 - «Mahalliy budjetlaming budjet mablag‘lari bo'yicha budjet
mablag‘lari oluvchilaming depozit hisobvaraqlari» subschyoti;
015 - «Maqsadli sxemalar bo'yicha hisob-kitoblami olib borish
uchun moliya organining bankdagi maxsus hisobvarag‘i»
subschyoti.
Respublika budjetining bankdagi mablagMari hisobi
Respublika budjeti daromadlariga quyidagi mablag‘lar kirim
qilinadi:
1) qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa
majburiy to‘lovlar;
2) davlat moliyaviy aktivlari va boshqa aktivlami joylashtirish,
foydalanishga berish va sotishdan olingan daromadlar;
3) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi
bo'yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablagMari;
4) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan
kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
5) rezident yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan budjet
ssudalarini qaytarish hisobiga berilgan to‘lovlar;
6) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
Bundan tashqari 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
23402 «Respublika budjeti mablagMari» depozit hisobvarag‘iga quyi
dagi mablag‘lar kirim qilinishi mumkin:
1) 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ajratilgan
qisqa muddatli kreditlar;
2) davlat qisqa muddatli obligatsiyalarini sotishdan kelib tushgan
mablag‘lar;
3) davlat maqsadli fondlaridan ajratilgan mablagMar;
4) Moliya vazirligining boshqa depozit hisobvaraqlaridagi mablagMar.
Respublika budjetiga Davlat budjetidan ajratma qilingan va boshqa
kelib tushgan mablagMarni kirim qilinishini ta’minlash maqsadida
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi uchun Markaziy bank Toshkent
shahar va hududiy Bosh boshqarmalari hisob-kitob kassa markazlarida
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga 23402 «Respublika budjeti
mablagMari» asosiy va tranzit hisobvaraqlari ochiladi. Markaziy bankning
hududiy Bosh boshqarmalari hisob-kitob kassa markazlarida ochilgan
23402 tranzit hisobvaraqlaridagi mablag'lar 0 ‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligining 23402 «Respublika budjeti mablagMari» asosiy
depozit hisobvarag‘iga o ‘tkazib beriladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida 010-«Respublikabudjeti
mablag‘lari depozit hisobvarag‘i» subschyotida bank muassasalaridagi
respublika budjetining mablag'lari hisobga olinadi. Bu subschyotda
operatsiyalar bir oyda bir marotaba 0 ‘zbckiston Respublikasi Markaziy
bankining oylik hisobotlari va boshqa hujjatlar asosida, kapital
qo'yilmalami moliyalashtirishga o ‘tkazilgan mablag‘lar, qisqa muddatli
budjet ssudalari va boshqa budjetlar bilan o ‘zaro hisob-kitob bo‘yicha
summalaming o ‘tkazilishi va tushumi bo‘yicha bir turli operatsiyalar
bo‘yicha jami summalarda hisobga olinadi.
Respublika budjetida turuvchi budjet tashkilotlami moliyalashtirish
uchun Respublika budjeti daromadlari hisobidan qilinadigan to'lovlar
O ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan taqdim qilingan
to‘lov topshiriqnomalariga asosan Markaziy bankning Toshkent
shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob kassa markazida ochilgan
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 23402 «Respublika
budjeti mablag‘lari» depozit hisobvarag‘idagi qoldiq doirasida amalga
oshiriladi.
Xo‘jalik hisobidagi tashkilotlarga Respublika budjetidan ajratilgan
mablagiar, ulaming 23405 «Nobudjet muassasalarga Respublika budjeti
hisobidan ajratilgan mablag‘lar» hisobvaraqlariga kirim qilinadi. Xo‘jalik
hisobidagi tashkilotlarga Respublika budjeti hisobidan ajratilgan mablag‘lar
hisobidan ish haqi, 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan
ro'yxatga olingan xarajatlar smetasi hamda xodimlar ro'yxati (shtatlar)
jadvali o‘miga tuzilgan kalkulatsiya asosida belgilangan muddatlarda
beriladi. Xo‘jalik hisobidagi tashkilotlaming 23405 «Nobudjet muassasalarga
Respublika budjeti hisobidan ajratilgan mablag'lar» hisobvaraqlaridan
amalga oshiriladigan boshqa xarajatlar, ushbu kalkulatsiyada ko‘rsatilgan
maqsadlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |