Geografiya kafedrasi


Argentina mamlakatining turizmi



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/242
Sana01.02.2022
Hajmi3,43 Mb.
#423985
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   242
Bog'liq
Туризм Географияси мажмуа 2021

 
Argentina mamlakatining turizmi
Argentina Janubiy Amerikaning janubi-Sharqida joylashgan davlat. Hududi 2.778.5 
kv.km.. aholisi 34.3 mln. kishini tashkil etadi. Poytaxti Buenos – Ayres. yirik shaharlari: 
Rosario. Kordova. Mendosa. La-Plata. Aholining asosiy qismi Ispaniya. Italiya. Markaziy 
Yevropa mamlakatlaridan ko‘chib kelganlarning avlod-ajdodi. Rasmiy tili – ispan tili 
hisoblanadi.
Bu mamlakat 1816 yilning 9 iyulida mustaqilligini e‘lon qilgan. Argentinaning siyosiy 
va iqtisodiy taraqqiyoti nihoyatda notekis. ayrim siljishlar chuqur inqirozlar bilan almashib 
turadi. Inqirozdan chiqish uchun hozirgi zamon texnologiyalariga asoslangan sanoat 
korxonalarini yaratish. xorij sarmoyasini ko‘proq jalb etish. ishbilarmonlikni faollashtirish va 
boshqa yo‘llardan foydalaniladi. Braziliya va mintaqadagi boshqa davlatlar bilan iqtisodiy 
hamkorlikka katta ahamiyat berildi. 1991 yilning martida Argentina. Braziliya. Paragvay va 
Urugvay davlatlari o‘rtasida janubiy Amerika umumiy bozori «Merkosur» tashkil etildi. Ayni 
vaqtda bu davlat mintaqadagi mamlakatlar ichida eng rivojlanganidir. YaMM 207.8 mlrd. AQSH 
dollarni. jon boshiga esa 7900 AQSH dollarni tashkil etadi. bu ko‘rsatgich qo‘shni 
davlatlarnikidan deyarli ikki marta yuqoridir. Mamlakat turli – tuman tabiiy – iqtisodiy 
resurslarga boy. O‘rmon boyliklari jihatdan Argentina Braziliya va Chilidan keyin mintaqada 
uchinchi o‘rinni egallaydi. Bu tabiiy resurslar turizm sohasini rivojlanishi uchun katta 
imkoniyatlar yaratadi. Ichki bozorda chet el kompaniyalari bilan erkin raqobat qilish imkoni 
yaratilgan. Natijada 1991 yilda o‘sish sur‘atlari 6.5% ga yetdi. SHunga qaramasdan 
mamlakatning tashqi qarzlari 62 mlrd AQSH dollarni tashkil qiladi. 
Mamlakat taraqqiyotida transport vositalari hal qiluvchi o‘rinni egallaydi. Temir yo‘llar 
uzunligi 34.1 ming km.. avtomobil‘ yo‘llari uzunligi 54.6 miln. km. ni tashkil etadi. Yirik dengiz 
bandargohi Buenos-Ayres bo‘lib. kemalarda dunyoning istalgan joyiga borish imkoni bor. 4 ta 
xalqaro avialiniya muntazam ishlab turadi. 10 ta xalqaro aeroport mavjud.
Bu davlatda savdo. ayniqsa. xorij mamlakatlari bilan keng yo‘lga qo‘yilgan. Savdodagi 
asosiy sheriklari Farbiy Yevropa mamlakatlari. AQSH. Yaponiya va Braziliya. 
Mamlakatda 200 ta radiostantsiya. 60 dan ortiq telemarkazlar faoliyat ko‘rsatadi. 
Davlat axborot agentligi va ikkita xususiy agentlik ish yuritadi.
Mamlakatda turizmni rivojlantirish imkoniyatlari katta bo‘lishiga qaramasdan. turizmni 
rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinmagan. Yalpi milliy mahsulotning 1.0%ga 


75 
yaqini turizm sohasiga to‘g‘ri keladi. Mamlakatda turizm industriyasini rivojlanishi sust 
darajada amalga oshirilmoqda. Mamlakatda 2000 yilda eng yuqori ko‘rsatgichga erishilgan. 
ya‘ni 2.9 mln. xorijiy turistlar tashrif buyurgan. 1999 yilga nisbatan 0.4% ga o‘sish kuzatilgan. 
2001 yilda 2000 yilga nisbatan 9.9% ga pasayish kuzatilgan.
Argentina turizm bozorini asosan Farbiy Yevropa mamlakatlari. Buyuk Britaniya. 
Germaniya. Avstraliya. Yangi Zelandiya. AQSH. Yaponiya. Kanada. Meksika. Frantsiya. 
Skandinaviya mamlakatlari ta‘minlaydi.
Argentina mamlakati xalqaro turizm harakatlarining iqtisodiy tahlil natijalarini 
ko‘rsatishicha. jahon turistik tashriflarning 0.4%i. Amerika mintaqasiga qilingan tashriflarning 
2.4%i Argentina mamlakatiga to‘g‘ri keladi. 2001 yilga nisbatan 2002 yilda xorijiy turistlar 
tashrifi 7.6% ga ko‘paygan.
Xalqaro turizm tushimlari bo‘yicha. jahon turizm daromadlarining 0.46%i. Amerika 
mintaqasi tushimlari bo‘yicha 1.9%ni tashkil qilgan. 2001 yilga nisbatan 2002 yilda daromadlar 
miqdori 2.0% ga o‘sganligi kuzatilgan.
Har bir xorijiy tashrif Argentina mamlakatida 800 AQSH dollarni tashkil qilgan. jahon 
bo‘yicha bu ko‘rsatgich. 18.5%ga yuqori bo‘lgan. Amerika mintaqasi bo‘yicha 24.4% ga past 
bo‘lgan. Argentina O‘zbekiston Respublikasini 1991 yilning 24 dekabrida tan oldi va 1993 
yilning 9 sentyabridan boshlab diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. 

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish