68
Amerika Qo‘shma SHtatlari Shimoliy Amerika qit‘asida joylashgan bo‘lib. maydonining
kattaligi bo‘yicha dunyoda Rossiya. Kanada va Xitoydan keyingi to‘rtinchi o‘rinda turadi. Uning
maydoni 9.4 mln. kv.km.ga yaqin bo‘lib. hududiy jihatdan uch qismdan iborat.
1. Asosiy qism Butun hududning 84% ni egallaydi. Sharqdan Farbga 4.5 ming.
SHimoldan Janubga sal kam uch ming km. ga cho‘zilgan. SHimoldan Kanada.
Janubdan
Meksika. Sharqdan Atlantika va Farbdan Tinch okeani bilan o‘ralgan.
2. Alyaska hamda Aleut orollari. Mamlakat hududining 16.0% ni tashkil etadi. Alyaska
Kanadaning Shimoliy - Farbiy qismi bilan chegaradosh.
3. Gavayi orollari 24 oroldan iborat arxepelag bo‘lib. mamlakat hududining 0.2% ni
tashkil etadi.
AQSH ning geografik o‘rni tarixning barcha bosqichlarida mamlakat turizm
industriyasini rivojlanishiga qulaylik yaratgan.
Bu. avvalo dengiz chegaralarida ajoyib tabiiy bandargohlarning mavjudligi. ayniqsa.
mamlakat hududining Atlantika va Tinch okeanlari orasida joylashganligi bilan bog‘liq. Kanada
bilan quruqlik chegaralari ham tabiiy chegaralar. ya‘ni daryo va ko‘llar orqali o‘tiladi savdo va
turizm aloqalarining rivojlanishiga qulayliklar tug‘diradi.
AQSH da turizm asosan Florida. Kaliforniya va Nevada shtatlarining Shimoliy Sharqiy
qismida rivojlangan. Ularning iqlimi yozda dengiz bo‘yida dam olish hamda sportning qishki
turlari bilan shug‘ullanish uchun qulay.
Shimoliy Amerika hududi tarixiy yodgorliklarga boy bo‘lmasa ham. ularning aksariyat
qismi aynan shu hududda joylashgan. Ayrim eski shaharlarda ko‘chalar XVIII asrda qanday
bo‘lgan bo‘lsa. o‘sha holatda saqlanib qolgan bu. albatta. xorijiy turistlarni qiziqishlarini ortiradi.
Ammo bu hudud birinchi navbatda. N‘yu-York shahri boshChiligida
zamonaviy madaniyat va
biznes markazi sifatida dunyoga mashhur. Plyajlar tizimi Shimoliy hudud Keyp – Kodedan
boshlanib. Janubiy hudud Keyp – Xatterasgacha davom etadi. qirg‘oqlar esa qum tepaliklardan
iborat. Long – Aylend Shimoliy qirg‘oqlari parus sporti bilan shug‘ullanish uchun qulay.
Masalan: N‘yuport rayonida N‘yu-York badavlat aholisining shaxsiy plyajlari mavjud bo‘lgan
ikkinchi uylari joylashgan. MEN lar shtati qirg‘oqlari toshlardan iborat bo‘lganligi sababli. u
yerlarda turizm kam rivojlangan. Bu yerda joylashgan Arkadiya milliy bog‘i o‘z mavqeiga
binoan mamlakatning ikkinchi bog‘i hisoblanadi va bir yilda to‘rt million turistlarni qabul qila
oladi. Florida shatatida turizm avvalgi asrning 70-yillarida qishki
dam olish zonasi sifatida
rivojlana boshlagan. Boy amerikaliklarning aksariyat qismi bu yerga qishda kelib dam olish
uchun uylar qurganlar. ammo XX asrning 20 – yillarida shtatda katta o‘zgarishlar bo‘ldi va bu
hudud ulkan turistik markazga aylandi. 1987 yilga kelib yiliga 34 mln. turistlarni qabul qilish
imkoniyatiga ega bo‘ldi. SHtatda turizmdan keladigan daromad miqdori 40 mlrd. dollardan oshib
ketdi. Shu bilan birga 1.28 mln. aholi ish bilan ta‘minlandi. Mayyami- Bich ulkan ko‘ngil ochar
tadbirlari bilan dunyoda nom qozongan. SHimolda elita villalariga boy Palm – Bich joylashgan.
g‘arbiy qirg‘oqda esa fort Mayers va Sankt–Petesburg oralig‘ida yuqori sifatli plyajlar mavjud.
Shtatning ko‘zga tashlanadigan joylari – bu. Disneylend va Kosmik tadqiqotlar markazi
hisoblanadi. Florida shtatida katta avtomobil‘ yo‘l tizimi mavjud.
SHu sababli ham bu yerga
avtoturistlarning katta qismi tashrif buyuradi.
Floridaning tranzit turizmi uncha katta emas. Mayyami porti Amerika kruiz
yo‘lovchilari uchun darvoza hisoblanadi va bir yilda bir millionga yaqin turistlarni o‘tkazadi.
AQSH shtatlari orasida Kaliforniya shtati xorijiy turistik tashriflar bo‘yicha yetakchilik qiladi.
Aholining 90% dan oshig‘i Tinch okeani qirg‘oqlarida joylashgan shaharlarda yashagani uchun.
bu yerda bir kunlik ichki turizm yaxshi rivojlangan va shunga qaramasdan Kaliforniya AQSH
xalqaro turizmining asosiy markazlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Kaliforniya qirg‘oqlari turli – tuman tabiat manzaralarga boy. Bu yerda qumlik plyajlar
va qoyalar mavjud. SHtatning ichki qismida esa dam olish va sayohat qilish uchun ko‘plab
go‘zal joylar bunyod qilingan. Bu yerda yiliga uch millionga yaqin mehmonlarni qabul qila
oladigan mamlakat milliy parki – Yosemit parki bunyod etilgan.
Los – Anjeles shtatning asosiy turistik markazi hisoblanadi. Bu yerda dunyoga mashhur
69
Gollivud kinostudiyasi va bolalar oromgohi Disneylend mavjud.
Kaliforniyaning boshqa yirik turistik shaharlariga San – Diego va San – Frantseskolar
ham kiradi.
Kaliforniya yaqinida AQSHning boshqa muhim turistik markazlari Nevada shtatining
Las – Vegas shahri va Arizona shtatining Grand – Kan‘on shahri joylashgan. yiliga 16.2 million
sayyohlar uni ziyorat qilishga tashrif buyuradilar. Ular yiliga 8.6 mlrd. dollar foyda keltiradilar.
Har yili AQSH mamlakati bu shaharlarda mehmonxona xo‘jaligini rivojlantirishga katta mablag‘
sarflaydi. Bu yerda dunyoning ulkan otellari «N‘yu-York» va «MGM» otellari joylashgan.
Grand – Kan‘on Kolorado daryosi bo‘yidagi vodiyda joylashgan. U mashhur milliy park sifatida
yiliga 3.5 million mehmonlarni qabul qilish imkoniyatiga ega. AQSH ning boshqa shtatlari ham
ko‘zga tashlanadigan turistik maskanlarga boy. Masalan: Texasda har tomonlama qulay go‘zal
plyajlar mavjud bo‘lsa. X‘yustonda kosmik tadqiqotlar markazi mavjud. Vayoming. Kolorado.
Montana. Yuta SHtatlari juda boy turistik resurslarga ega.
CHet el mehmonlari ikkita asosiy guruhga bo‘linadi: qo‘shni
mamlakatlar Meksika va
Kanadadan keladigan mehmonlar hamda okean ortidagi mamlakatlardan keladigan mehmonlar.
Birinchi guruh umumiy tashrif buyuruvchilarning 60-62% ni tashkil qiladi. Biroq N‘yu-York
Gavaya orollari va Kaliforniya ham ular uchun muhim turistik markaz bo‘lib hisoblanadi.
Qit‘alararo mehmonlarning asosiy qismi AQSHga Yevropa va Osiyo mamlakatlaridan tashrif
buyuradilar. Yevropa qit‘asidan tashrif buyuruvchi sayohatchilarning 2.5 mln.ga yaqinini Buyuk
Britaniyaliklar. Osiyo qit‘asidan keladigan mehmonlarni 3.0-3.5 mln.ga yaqinini Yaponiyalik
mehmonlar tashkil qiladi.
Yaponiyalik mehmonlarning 2/3 qismi ko‘proq Tinch okeani orollari – Gavay va
Guamga tashrif buyuradilar.
Qit‘alararo mehmonlar mamlakat bo‘ylab sayohati vaqtida San – Frantseskoga yaqin
joylashgan rayon – Silikon vodiysiga ko‘proq tashrif buyuradilar. chunki Silikon vodiysi yuqori
texnologiyalarni rivojlantirishning asosiy markazi hisoblanadi. SHu sababli u ko‘proq
Yaponiyalik turistlarni jalb qiladi. CHet el mehmonlarining tashrifi quyidagicha:
ularning
ko‘pChilik qismi N‘yu-Yorkka to‘g‘ri keladi va 17.9% ni tashkil qiladi. undan keyin Tinch
okeani qirg‘oqlari 19.5%. Florida o‘zining qirg‘oq bo‘yi maskanlari bilan birgalikda 18.5% ni
tashkil qiladi. AQSH aholisi sonining ko‘pligiga qaramasdan mamlakatdan chetga aholining juda
kam qismi sayohatga chiqadi. Masalan. har yili chet davlatlarga 50-70 million kishi sayohatga
chiqadi. ularning asosiy qismi qo‘shni mamlakatlar Meksika va Kanadaga tashrif buyuradilar.
CHetga chiqish turizmining 25%i Yevropa mamlakatlariga. 17%i Uzoq Sharqqa va 10%i Karib
orollariga to‘g‘ri keladi.
Amerikaliklarning qisqa dam olish ta‘tillarining 51%i ikki yoki undan kamroq kunni
tashkil qiladi. Amerika aholisi orasida ko‘llar va qirg‘oq bo‘yida
joylashgan kurort hamda dam
olish zonalariga qilinadigan tashriflar soni ortib bormoqda.
Amerika Qo‘shma SHtatlari mamlakati xalqaro turizm harakatlarining iqtisodiy tahlil
natijalarini ko‘rsatishicha. jahon bo‘yicha turistik tashriflarning 6.0% Amerika Qo‘shma
SHtatlari mamlakatiga to‘g‘ri keladi. 2001 yilga nisbatan 2002 yilda xorijiy turistlar tashrifi
6.7%ga kamaygan. Amerika mintaqasi bo‘yicha tashriflarning 36.5%i bu mamlakatga to‘g‘ri
kelgan.
Xalqaro turizm tushimlari bo‘yicha. jahon turizm daromadlarining 14.0%i. Amerika
mintaqasi tushimlari bo‘yicha 58.2% ni tashkil qilgan. Xalqaro turizm daromadlari bo‘yicha
jahonda birinchi o‘rinni egallagan. 2001 yilga nisbatan 2002 yilda daromadlar miqdori 7.4%ga
kamaygan.
2001 yil 11-sentyabrda AQSHda sodir etilgan terroristik xurij turizm va transport
sohasida yangi tarkibiy o‘zgarishlarni keltirib chiqardi. SHuning
uchun ham AQSH turizm
industriyasining o‘sish darajasining pasayishi kuzatilgan. Bu esa. amerikalik turistlarni huddi
Yevropadagi singari ichki turizm imkoniyatlaridan foydalanishga undaydi va xavfsizlik
masalalariga alohida e‘tibor berilib. yangi institutsional o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi.
AQSHda YaMM miqdori 67.4 mlrd. dollar. jon boshiga 25850 dollarga to‘g‘ri keladi.
70
AQSH O‘zbekiston Respublikasi bilan 1992 yil 19 fevraldan diplomatik munosabatlar
o‘rnatgan va ikkala davlatda ham elchixonalar ochilgan. AQSH O‘zbekistonning eng muhim
iqtisodiy hamkori hisoblanadi. O‘zbekistonning siyosiy. iqtisodiy va gumanitar islohotlar yo‘lida
dadil borishida hozirgi davr izchil bosqich sifatida qaralar ekan. Amerikalik hamkorlar tajribasi
bizga qo‘l keladi. Amerikadan o‘rganishimiz mumkin bo‘lgan sohalar bir talay. chunki bu davlat
uzoq tarixiy davr mobaynida bozor iqtisodiyotini rivojlantirish borasida
katta va boy tajribaga
ega. biz esa «Amerikani yangidan kashf etib o‘tirmasdan». uning ijobiy saboqlarini har
tomonlama qunt bilan o‘rganishimiz va eng muhimi. hayotga tadbiq etishimiz zarur. Ana shunda
boshlangan siyosiy va iqtisodiy islohotlarimiz samarasi yanada yuqori bo‘ladi
Do'stlaringiz bilan baham: