Geografiya kafedrasi


Toshkent shahri va viloyati yodgorlik resurslari



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/242
Sana01.02.2022
Hajmi3,43 Mb.
#423985
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   242
Bog'liq
Туризм Географияси мажмуа 2021

Toshkent shahri va viloyati yodgorlik resurslari 
Toshkent (Shosh, Choch) tarixi. Qang‘ davlatchiligi. Arxeologik yodgorliklari, ilm - fani, 
hunarmandchiligi, san‘ati. Savdogarlik. Toshkentning 4 dahasi va 12 darvozasi. Mustaqillik 
yillari qurilgan madaniy - maishiy inshootlar. 
Me‘morchilik: Xo‘jaAlambardor maqbarasi. Xo‘jaAlambardor (10 - asr) - 
Movaraunnahrda islomni ilk dm‘vatchilaridan bo‘lgan - Imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn 
Ismoil al - Qaffol al - Shoshiyning safdoshi alambardor (bayroqdor) sharafiga qurilgan. Uning 
tahmin qilingan qabri shaharning eski Beshyog‘och qismida, Kamolon darvozasi ortida bo‘lib, 
ziyoratgoh memorial majmuagaasos bo‘lgan. Uning er osti chillaxonasi hozirgacha saqlangan. 
Xo‘jaAlambardor maqbarasi qabristonning markazida joylashgan. 
Qaffol Shoshiy maqbarasi. Uning to‘liq ismi Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil al 
Qaffol ash - Shoshiy bo‘lib, yashagan davri 10 - asrdir. Toshkentning yetuk olimlaridan biri 
hisoblanib, shofi‘iya (suniylikdagi oqim) mazhabining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan. 
Qur‘on, hadis, shariat ilmi bilimdoni bo‘lgan. Uning "Odob ul - qozi" ("Qozoodobi") asari 
mashhurdir. 
Maqbaraxalq 
tilida 
Hazrati 
Imom 
(Hastimom) 
deyiladi. 

0,5 
grammgachaog‘irlikdagi qulf - kalitlarni yasaganligi uchun "Al - Qaffol" ("Qulfchi") nisbati 
berilgan. Ungaatab qurilgan dastlabki maqbara saqlanib qolmagan. Gulom Husayn nomli 
me‘mor keyinroq uni qayta qurgan. Eshikning tepasidagi kitoba saqlanib qolgan. Maqbaraning 
o‘rtasida kattaginaxona bor. 16 - asrda maqbara yonida Boboxo‘ja maqbarasi ham bunyod 
bo‘lgan.
Shayx Zayniddin boboOrifon maqbarasi. Shayx Zayniddin bobo (13 - asr) asli Bag‘dod 
(Iroq) lik bo‘lib, u kishining otalari SHahobiddin Orifon Bag‘dodning eng katta 
mutassavvuflaridan biri bo‘lganlar. 1214 - yilda tug‘ilgan Zayniddin bobo keyinchalik 
Toshkentga ko‘chib kelganlar. Mazkur maqbaraning chillaxonasida hayot kechirib, tasavvuf 
tariqatini rivojlantirishga hissa qo‘shganlar. Rivoyat qilishlaricha, u kishi Hasti Imomda yotgan 
Qaffol Shoshiyga juda ihlosmand bo‘lgan ekanlar. SHu bois, ushbu maqbaradan Hasti Imomgaer 
osti yo‘li bo‘lgan ekan. Maqbara sohibqiron Amir Temur farmoni bilan qurilgan, - deyiladi.
Zangi ota himmatiy yodgorlik majmui. Zangi ota (13 - asr) ning asl ismlari Oyxo‘ja ibn 
Toj Xo‘jadir. Zangi (arabcha so‘z) ota deyilishiga sabab, u kishi qora tanli bo‘lganlar. SHuning 
uchun Zangi ota nisbati berilgan. Turkiston islom olamida ulug‘ mutafakkir va mutasavvuf 
donishmandlardan hisoblanadilar. Ustozlari Hakim ota (Sulaymon Boqirg‘oniy), zavjalari Anbar 
otindir. Ul zot qo‘y boqib o‘stirganlari uchun Cho‘ponlarning piri, - deyishgan. Amir Temur 
ushbu obidani bunyod etgan. Majmua darvozaxona, minora, masjid, madrasa, xonaqoh, shiypon, 
hovuz, Anbar otin maqbaralaridan iborat.
Cho‘pon ota majmui. Mazkur majmuaning qurilishi Mirzo Ulug‘bek nomi bilan bog‘liq 
(15 - asr). Qo‘ychivon Cho‘ponlar homiysi Cho‘pon otagaatab qurilgan. U masjid, maqbara, 
hujralar, darvozaxonadan iborat. 
Shayx Hovandi Tohur majmui. Majmuadaasosan uchta maqbara bor: Shayx Hovandi 
Tohur, Yunusxon, Qaldirg‘ochbiy.
Shayx Hovandi Tohur maqbarasi. Shayx 14 - asrda yashab o‘tgan diniy arboblardan, 
ilohiyot va tariqat ilmi namoyondalaridan biri bo‘lib, valiulloh darajasiga yetgan. Otasi Shayx 
Umar Bog‘istoniydir. Xo‘jaAhror valiy ularning qarindoshi bo‘lgan. Shayx maqbarasi bir necha 
bor qurilgan va uncha katta bo‘lmagan. Ikki xonadan iborat: birinchi - kattaxona 12 qirrali 
gumbazli ziyoratxona; ikkinchi - kichik xona 8 qirrali gumbazli go‘rxonadir. Maqbarani yonida 
ikkita chillaxona bo‘lgan. Ularni Xo‘jaAhror qurdirgan, atrofi mozor bo‘lgan. Masjid ham 
bo‘lgan. Maqbara 14 - 15 - asr obidasidir.
Yunusxon maqbarasi. Yunusxon Chingizxonning ikkinchi o‘g‘li Chig‘atoyning naslidan 
hisoblanadi. 15 - asrda yashab o‘tgan. U Boburning onasi Qutlug‘ Nigorxonimning otasidir. 
Ya‘ni, Boburga buva hisoblanadi. Toshkentning 1485 - 1487 - yillaridagi hokimidir. Maqbara 
Yunusxonning o‘g‘li Ahmadxon tomonidan qurdirilgan. Tarxi to‘g‘ri to‘rtburchak, 
o‘rtasidaxonaqoh bo‘lib, gumbazli. Zalning burchaklarida ikki qavatli hujralar bor. Gumbaz 


141 
keyinchalik buzilib ketgan. 
Qaldirg‘ochbiy maqbarasi. Maqbara 15 - asrning birinchi yarmida bunyod bo‘lib, kim 
tomonidan qurdirilganligi noma‘lum. Rivoyatlarga ko‘ra, bu erga Qaldirg‘ochbiy ismli qozoq 
shahzodalardan yoki biylardan biri dafn etilgan. Kubik shaklidagi maqbara 12 qirrali piramidalik 
gumbaz bilan yopilgan. 
Baroqxon maqbarasi. Baroqxon (16 - asr) - shayboniylar sulolasidagi xon bo‘lib, o‘z davrida 
Movaraunnahrni boshqargan. Uning nomi bilan tanga pullar zarb etilgan. ObodonChilik ishlari 
qilgan. Xususan, madrasa qurdirgan. Hozir ushbu binoda O‘zbekiston musulmonlari diniy ishlari 
idorasi joylashgan.
Ko‘kaldosh madrasasi. Ushbu madrasa 16 - asrgaoid bo‘lib, uni Toshkent xonlaridan 
birining vaziri Ko‘kaldosh qurdirgan. Muqimiy, Furqat, Hamza, Hislat kabi shoirlar ushbu 
madrasada bo‘lishgan, yashashgan, ilm olishgan. Madrasa O‘zbekiston musulmonlari diniy 
ishlari idorasi tasarrufidadir. 
Hofiz Ko‘hakiy madrasasi. Hofiz Ko‘hakiy (16 - asr) - Sulton Muhammad Hofiz 
Toshkandiy tarixchi, huquqshunos, tarjimon bo‘lib, Mirzo Ulug‘bekning sevimli shogirdi 
Aliqushchining nabirasidir. U Hindistonga 1528 - yili Bobur Mirzo va 1569 - yili Akbarshoh 
huzurigaelchi bo‘lib borgan. Ushbu nom bilan madrasa qurdirgan va talabalarga ilm o‘rgatgan. 
O‘zbekiston mustaqillikkaerishgach, uni qayta tiklashgaerishildi. Hozir masjid vazifasini 
o‘tamoqda. 
Abdulqosim Shayx madrasasi. Abdulqosim (19 - asr) Toshkent shahrida ma‘rifatparvarlik 
ishlari bilan nom qozongan bo‘lib, ilmi toliblarga bepul ilm o‘rgatgan. Ushbu madrasa ham 
uning tomonidan bunyod bo‘lgan. Hovlida gir aylana ikki qavatli hujralar bor. " Honaqoi Mo‘yi 
Muborak" ichidagi ravoqli mehrobi tepasidaarab tilida "Bu ark kabi binoda Rasulning latif 
mo‘yi bor", - deb yozilgan so‘zlar bor. 
Mustaqillik yillarida o‘zbek xalqining milliy qahramoni - Amir Temur va millatimiz 
donishmandi - Alisher Navoiygaatab ajoyib haykallar bunyod etildi. 

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish