Geografiya kafedrasi


Buxoro viloyati yodgorlik resurslari



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/242
Sana01.02.2022
Hajmi3,43 Mb.
#423985
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   242
Bog'liq
Туризм Географияси мажмуа 2021

Buxoro viloyati yodgorlik resurslari 
Buxoro tarixi. Ko‘hna Varaxsha. Somoniylar davlati. SHayboniyxon asos solgan 
Buxoroxonligi. Savdo karvonlari, hunarmandchilik, ilm - fan va madaniyatning rivojlanishi. 
Rossiya, Xitoy, Hindiston kabi davlatlar bilan savdo vaelChilik aloqalarining olib borilishi. 
Italiyalik mashhur sayyoh Marko Poloning, ingliz sayyohi Antoni Jenkinson, rus elchisi Ivan 
Xoxlov, Boris Pozuxin, venger sayyohi vaolimi Xerman Vamberilarning Buxoroga tashrifi. 
Buxorodan Rossiyaga Qozi No‘g‘ay, Mulla Farruh, Hoji Farruh, Ernazar elchilarning elchi 
bo‘lib borishlari. Buxoro temir yo‘lining qurilishi.
Buxoro memorchiligi: Ark. Uning Siyovush tomonidan ilk bora qurilishi. 7 - asrda 
Buxoro hokimi tomonidan qayta tiklanganligi. SHayboniylar davrida hozirgi qiyofasi (ansambl 
ko‘rinishi)ni olishi. Obida20 metr balandlikda va 4,2 gektar maydonni egallagan ulkan inshoot 
bo‘lib, ko‘p burchakli, atroflari qo‘rg‘on devorlari bilan o‘ralgan. Arkda hokimlar, xonlar 
vaamirlar istiqomat qilishgan. Unda zarbxona, xazina, zindonlar bo‘lgan.
Ismoil Somoniy maqbarasi. Somoniylar sulolasining asoschisi Ismoil Somoniyning otasi 
qabri ustiga bunyod etilgan bu yodgorlik 9 - 10 asrlarga mansubdir. U kub shaklida va usti yarim 
sharsimon qubbali bo‘lib, burchaklari ham to‘rtta kichik qubbalardan iborat. Devorning qalinligi 
1,8 metr. Pishiq g‘ishtdan qurilgan. Keyinchalik Ismoil Somoniyning o‘zi ham shu erga dafn 
etilgan.
Mahoki Attori masjidi. 9 - 16 asrlar obidasi hisoblangan ushbu masjid shahar markazidagi 
attorlar rastasi yonida joylashganligidan shunday nom olgan. Tosh ustunga qurilgan bu 
masjiddagi peshtoq va tahmonsimon eshik o‘ymakor ganch, g‘isht, koshin, sopol g‘ishtchalar 
bilan bezatilgan. Juda go‘zal, o‘zigaxos yodgorlik hisoblanadi.
Chashmai Ayyub maqbarasi. 12 - asr yodgorligi bo‘lgan mazkur obida to‘rttda binodan 
iborat bo‘lib, turli davrlarda bunyod bo‘lgan. U Ayyub payg‘ambar nomi bilan atalgan. 
Aytishlaricha, qurg‘oqChilik yillarida payg‘ambardan yordam so‘raydilar. Ayyub esa hassasini 
erga sanchganda buloq otilib chiqqan. Shundan ushbu nom berilgan. Yodgorlik jarda, ya‘ni 
buloq oqib turgan joyda turibdi. Temur bu erda ham ikkita bino bunyod etgan. To‘rttala 
yodgorlikning hammasida o‘zigaxos qubbalar mujassam. 
Namozgoh masjidi. Ushbu yodgorlik 12- , 14- , 16 - asrlarga tegishli bo‘lib, gumbaz, 
naqshinkor peshtoq, mehrob koshinlar bilan bezatilgan. 
Minorai Kalon. Markaziy Osiyo hududidagi eng baland minora (46,5 metr) hisoblangan 
ushbu minora 1127 - yilda qoraxoniylardan Arslonxon hukmronligi yillarida qurdirilgan. Pishiq 
g‘ishtdan terilgan, ichidagi zinapoyasi 104 tani tashkil etadi. Ustida 16 darchali mezona bor. 
Minoradan azon aytilib namozga chaqirilgan va undan dushmanni kuzatishda ham foydalanilgan. 
Poydevorining chuqurligi 10 metrdan oshadi. 
Sayfuddin Bahorziy maqbarasi. Bu yodgorlik 13 - asrda yashab ijod etgan kishining nomi 


136 
bilan bog‘liq bo‘lib, ziyoratxona va maqbaradan iborat. Keyinroq maqbaraga taqalib katta 
peshtoq qurilgan. Ikki tomonida ikkita mezona mujassam. 
Buyon Qulixon maqbarasi. Bu yodgorlik Sayfuddin Bahorziy maqbarasi bilan bilan 
yonma - yon joylashgan bo‘lib, 14 - asrda Samarqandda o‘ldirilgan mug‘ul xoni chingiziylardan 
Buyon Qulixon mozori ustiga bunyod etilgan, ikki xonali. Sag‘ana kichik xonada. Yodgorlikning 
to‘rtta tomonida ustunlar bor. Maqbaraning ichki va tashqi tomoni zangor, ko‘k, binafsha ranglar 
bilan bezatilgan va naqshinkordir. 
Ulug‘bek madrasasi. Amir Temurning nabirasi Mirzo Ulug‘bek ushbu madrasani 1417 - 
yilda qurdirgan. Ulug‘bek Gijduvon va Samarqandda ham madrasalar bunyod etgan. Lekin, ilk 
madrasasi Buxorodadir. U to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida. Unda hovli, peshtoq, darsxona, masjid 
bo‘lib ikki qavatli. Ustasi Ismoil Tohir o‘g‘li hisoblanadi. 
Masjidi Kalon. Bu arxeologik qidiruv ma‘lumotlariga qaraganda 12 - asrda qadimgi 
imorat qoldiqlari ustiga 14 - 15 - asrlarda qurila boshlanib, 16 - asr boshlarida tam‘mirlangan. 
Jome masjidi hisoblanib, Bibixonim masjididan keyin kattaligi jihatdan Markaziy Osiyoda 
ikkinchi o‘rinda turadi. Yodgorlikning qurilish an‘analari temuriylar davrini eslatadi. Uning 
yettitaeshigi bo‘lib, asosiy eshigining ichki va tashqi tomonlari ayvonlar bilan bezatilgan. Masjid 
127 x78 metr bo‘lib, bir gektar maydonni egallagan. Hovlining yo‘lagi 208 ta ustun tepasiga 
qurilgan 288 ta qubba bilan qoplangan. 
Mir Arab madrasasi. 1530 - yilda qurilgan bu madrasa tarxi xuddi Mirzo Ulug‘bek 
madrasasi kabidir. Faqat darsxona o‘rniga maqbara joylashgan. Maqbaraning ichiga Mir Arab 
dafn etilganligi bois, unga shu nom berilgan. Mir Arab asli yamanlik ShayxAbdullohdir. 
Maqbarada uning avlodlari ham joylashgan. U turli koshinlar, ganchlar bilan bezatilgan. Obida 
ikki qavatli bo‘lib, hujralardan iborat. 
Ko‘kaldosh madrasasi. Yodgorlik Abdullaxon hukmronligi yillari (1578 - yil)da qurib 
bitkazilgan bo‘lib, Markaziy Osiyodagi yirik madrasalardan biridir. Uning 160 ta hujrasi bor. 
Eshigi, peshtoq, ayvonchali bolxonalar go‘zal qilib qurilgan. Peshtoq koshinlarida ko‘k, yashil 
vaoq naqshinkor bezaklar o‘simliklarni tasvirlagan. Madrasada yozuvchi Sadriddin Ayniy 
yashagan va o‘qigan. 
Qo‘sh madrasa. Qo‘sh madrasa deyilishiga sabab, ikkita madrasadan iborat. Biri 
Modarixon madrasasi (1566 - yil), ikkinchisi Abdullaxon madrasasi (1588 - yil) dir. Bular ham 
Ko‘kaldosh kabi Abdullaxon davrida qurdirilgan. Modarixonning xajmi kichikroq, bezaklari 
oddiy uslubdadir. Abdullaxon esa serhasham. 
Bozor toqilari. SHayboniylar sulolasi davrlarida turli savdo toqilari qurilgan: Toqi 
sarrofon (sarroflar -bir davlatning pulini ikkinchi bir davlat puligaalmashtirib beruvchi kishilar); 
Toqi telpakfurushon (telpak, do‘ppi sotuvchilar); Toqi kitobfurushon (kitob sotuvchilar); Toqi 
zargaron (zargarlik buyumlari tayyorlovchilar va sotuvchilar). Bularning bari 15- asrgaoid 
me‘moriy yodgorliklarimizdir. 
Labihovuz maydoni. Maydon o‘rtasida 1620 - yili katta hovuz qazilib, atroflari sinchlar 
bilan mustahkamlangan, harsanglardan zinapoyalar, marmardan tarnovlar ishlangan. Hovuzning 
eni 36 metr, bo‘yi 45,5 metr, chuqurligi 5 metr bo‘lib, uning g‘arbiy tomonida Nodir Devonbegi 
xonaqohi (Labihovuz masjidi), Sharqiy tomonida Nodir Devonbegi madrasasi, Shimoliy 
tomonida Ko‘kaldosh vaErnazar elchi nomli madrasasi (saqlanmagan) qad ko‘targan. Bari 
obidalar 16 - 17 asrgaoiddir.
Abdulazizxon madrasasi. Ushbu yodgorlikni Buxoroxoni Abdulazizxon 1652 - yilda 
Ulug‘bek madrasasi ro‘parasida qurdirgan. Juda dabdabali peshtoqi bor. UndaXitoy ajdari va 
semurg‘ qushining surati aks etgan. Me‘mori Mimxokon ibn Xo‘ja Muhammadamindir. 
Madrasada ikkita masjid bor. 
Chor Minor. 1807 - yilda qurilgan mazkur madrasani xalifa Niyozqul madrasasi ham, deb 
ataladi. U me‘moriy majmuydan iborat. Ya‘ni, ayvonsimon masjid, bir qavatli madrasa, hovuz 
(hozirda ko‘milgan) va maftunkor old darvoza. Ushbu darvoza zangor va ko‘k koshinlar bilan 
bezatilgan 4 ta baland mezonali qubbka shaklida qurilgan. Mezanalar husndor va minoraga 
o‘xshaydi, shu boisdan madrasani Chor Minor deyiladi. Unda Hindiston masjidlari memorchiligi 


137 
an‘analari ko‘rinadi. 
Bolahovuz masjidi. Ark qarshisida 1712 - yilda qurilgan. U hujralar va 20 ta baland 
yog‘och ustunlardan iborat, hashamatli ayvondan tashkil topgan. Ayvonlar 1917 - yilda qurilgan. 
Sitorai Mohi Xosa. Mazkur saroy shahar tashqarisida, shahardan 4 km. shimolda mavjud. 
Amir Ahadxon 1892 - yildaeski saroyni qurdirgan. Shuningdek, bu erda yevropa uslubida yangi 
majmua ham bunyod etilgan. 6,7 gektarga ega bog‘i mavjud. 1917 - yildaAmir Sayyid Olimxon 
yangi saroyni rus muhandislari Sokovich va Margulislar, bezaklarini esa Usta SHirin Murodov 
rahbarligida qurdiradi. 

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish