138
bo‘lib, birinchi qavatdagi xujralar dahlizli, ikkinchi qavatdagilari ayvonli.
Muhammad Rahimxon madrasasi. 19 - asrdaXivaxoni Sayyid Muhammad Rahimxon II
(Feruz) tomonidan qurdirilgan. Ko‘hnaArk ro‘parasida bo‘lib, kattaligi bo‘yicha Muhammad
Aminxon madrasasidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Unda yozgi va qishgi masjid, darsxona,
kutubxona, xujralar mavjud. Old qismi ikki, qolganlari bir qavatli.
Pahlavon Mahmud majmui. U gumbazli xonaqoh, maqbara va ziyoratxonalardan iborat.
19 - 20 - asrlargaoid. Darvozaxonadan kichik hovliga o‘tiladi. Qarshisida katta peshtoq,
gumbazli xonaqoh, maqbara, g‘arbida qorixona, Sharqidaayvon, hovlida quduq mavjud.
Islom xo‘ja madrasasi va minorasi. Isfandiyorxonning bosh vaziri Islom xo‘ja o‘z
davrining taraqqiyparvar shaxslaridan biri bo‘lib, 1910 - yilda mazkur obida qurilishini
amalgaoshirgan. SHuningdek, u mahalliy bolalar uchun madrasa va minoradan tashqari maktab,
kasalxona, pochta, ko‘prik va yo‘llar ham barpoetgan. Uni xivalik ustaXudoybergan hoji qurgan.
Olloqulixon davridagi me‘morchilik: Olloqulixon Xivaxoni bo‘lib, 19 - asrda yashagan.
Muhammad Rahimxonning o‘g‘li. Uning davrida Karvon saroy, tim, madrasa, Tosh hovli, Oq
masjid, Sayyidboy masjidi kabi inshootlar qurilgan.
Olloqulixon karvon saroyi va timi. To‘g‘ri to‘rtburchak shaklida, hovli va ikki qavatli
xujrali. Karvon saroy ichkarisiga ikki gumbaz ostidan o‘tiladi. Hovlidaot - aravalarga mol ortish
uchun barcha qulayliklar bo‘lgan. Gumbazli tim karvon saroydan keyin qurilgan.
Olloqulixon madrasasi. Xivaxoni Olloqulixon tomonidan 19 - asrda qurilgan. Uni
ro‘paradagi Xo‘jamberdibek madrasasiga o‘xshatib ishlangan va shu bois, me‘morchilikdagi
usullardan qo‘sh madrasa bunyod bo‘lgan. Madrasa sun‘iy tepalikda qurilgan. Hovlisidagi ikki
qavatli xujralar soni 99 ta.
Toshhovli. Olloqulixon tomonidan 19 - asrda qurilgan. Avval haram, keyin
mehmonxona, arzxonalar bunyod bo‘lgan. Devorlari koshinli, ganch, yog‘och, tosh o‘ymakorligi
mujassam 163 xonali. Undaxon oilasi yashagan, idoralar joylashgan, elchilar, arz bilan kelganlar
kutib olingan.
Oq masjid. Uch tarafi ayvonli. Yassi tom ustidagi gumbaz oppoq bo‘lib ko‘ringani uchun
shu nom bilan ataladi. Panjaralar vaeshiklardagi naqshlardan tashqari bezaklari ko‘p emas.
Matniyoz Devonbegi madrasasi. Ota darvoza yaqinida 19 - asrda qurilgan mazkur
yodgorlik bir qavatli. To‘g‘ri to‘rtburchak shaklida. Darsxona, masjid, xujralari bor.
Sayyid SHolikorboy majmui. Savdogar Sayyid SHolikorboy " Ichan qal‘a" Sharqiy
darvozasi bo‘lmish Polvon darvoza tashqarisida 19 - asrda qurdirgan. Majmua masjid, madrasa,
ayvon, minoradan tashkil topgan.
Shuningdek, Xivada Qutlug‘ Murod Inoq, Musoto‘ra madrasalari, Polvon qori, Shayx
Qalandar bobo, Abdal bobo kabi minoralar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: