2.2-rasm. Navoiy viloyati Karmana tumanida byudjetdan tashqari
Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan pensiyalar va ijtimoiy
nafaqalar oluvchi pensionerlar soni (pensiya turlari bo‘yicha)
26
2.2-rasm ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, Karmana tumanida 2013 yilda
jami 8854 nafar yoshga doir pensiya oluvchilar mavjud bo‘lgan bo‘lsa,
2014 yilda esa 9152 nafar, 2015 yilda 9615 nafar, 2016 yil may holatida
9890 nafarga etgan. Ko‘rinib turibdiki yoshga doir pensiya oluvchilar soni
yil sayin o‘sib bormoqda.
Pensionerga hisoblab chiqarib qo‘yilgan, lekin uning tomonidan o‘z
vaqtida talab qilib olinmagan pensiya (barcha turlari) puli pensiyani olish
maqsadida murojaat etilganidan oldingi 12 oydan oshmagan davr uchun
to‘lanadi.
Pensiyani tayinlovchi yoki to‘lovchi organning aybi bilan o‘z vaqtida
olinmay qolgan pensiya puli o‘tgan davr uchun muddati cheklanmagan
holda to‘lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |