304
lantirishga intilgan edi. Uning targ‘iboti oddiy, sodda, barcha birday
tushunadigan va biladigan, amal qilish qiyin bo‘lmagan tushuncha va
harakatlardan iborat edi.
Butun umr oddiy va kamtorona, lekin ezgu g‘oyalar yo‘lida
tinimsiz kurashib yashagan bu zotning falsafiy-siyosiy qarashlarida
insoniyat uchun ibratli jihatlar ko‘p. Jumladan, uning turli muammo
va ziddiyatlarni
kuch ishlatmasdan, tinch yo‘l bilan hal qilishga oid
fikrlari dunyo davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarda, ijtimoiy
hamkorlik masalasida bugun ham o‘z ahamiyati va dolzarbligini
yo‘qotmasdan kelmoqda».
1
Hindiston ikki davlatga bo‘lib yuborilgach (1947-yil), Gandi
umrining oxirigacha diniy bag‘rikenglik (tolerantlik) uchun kurash
olib bordi. Chunki Hindistondagi ko‘p dinlilik,
aholining turli
dinlarga e’tiqod qilishi ma’naviy birlashuv orqali erishilgan
g‘alabalarga katta xavf tug‘dirardi. Dinlar bilan bog‘liq ma’naviy
tafakkurdagi rang-baranglik, siyosiy-ma’naviy birlikning buzilishini
oldini olish bu davrda Gandi ta’limotining bosh yo‘nalishiga aylangan
edi. Gandi 1948-yil 30-yanvarida hind shovinistik terroristik tashkiloti
«Rashtriya svayam sevak singx» a’zosi N.Godze tomonidan
o‘ldirilgan.
Hindiston tarixida buyuk rol o‘ynagan Gandini bekorga «millat
otasi» deb atashmagan. Uning satiyagraxasi etnik, diniy kasta, til,
mintaqaviy va xalq orasidagi turlicha ma’naviy
qarashlar bilan
bog‘liq. U har xil to‘siqlarni buzib tashlagan edi. Hindiston birligi,
istiqlol masalasi Gandining hayoti mazmunini tashkil etgan. Yer
yuzida «sarvadoyya», («umumiy farovonlik jamiyati») qurish satiyag-
raxa g‘oyasining mohiyatini tashkil etgan. Unda demokratik va
gumanistik tamoyillar o‘z ifodasini topgan. Gandi nomi bugungi
kunda Hindistonda va butun dunyoda tinchlik, ijtimoiy hamkorlik,
dinlararo bag‘rikenglikni anglatadi. Tamaddun kelajagi haqida fikr
bildirayotib, mashhur ingliz tarixchi-sotsiologi A.Toynbi: «Dunyoda
bir kun kelib urushlar, qirg‘inlar ham barham topadi, yer yuzi xalqlari
orasidagi keskinliklar ularni o‘z ixtiyorlari bilan faqat bir yo‘lni
tanlashlariga majbur qiladi. Bu yo‘l Gandi yo‘li - tinchlik yo‘lidir»
degan edi.
1
Каримов
И
.
А
. «
Юксак
маънавият
–
енгилмас
куч
».
Т
.: «
Маънавият
». 2008. 161-162
бетлар
.
305
O‘lka
tarixiga qaytilsa, O‘zbekiston mustaqilligining ilk tamal
toshlarini qo‘ygan istiqlol fidoyilari - jadidlarning ma’naviy jasorati
ibrat maktabi bo‘ldi. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori,
Abdulla Avloniy, Isoqxon Ibrat, Abdurauf Fitrat,
Abdulla Qodiriy,
Abdulhamid Cho‘lpon, Usmon Nosir kabi yuzlab ma’rifatparvarlar
Turkiston o‘lkasini Chor mustamlakachiligidan xalos etish, yurtni
taraqqiy toptirish yo‘lida o‘z huzur-halovatidan voz kechdilar, kerak
bo‘lsa aziz jonlarini qurbon qildilar.
Tarixdan ma’lumki, chor hukumatining mustamlaka o‘lkalardagi
siyosatini sho‘rolar davom ettirdi. Bu siyosatning asl mohiyati
xalqlarni, xususan o‘zbek xalqini tarixidan ayirish, o‘zligini
yo‘qotish, o‘lkani xomashyo bazasiga aylantirishdan iborat edi.
Shuning
uchun xalqning milliy tarixi, ma’naviyati, madaniyatini
himoya qilishga harakat qilgan har qanday insonga «xalq dushmani»,
«vatan xoini» kabi tamg‘alar bosilib, qatag‘on qilindi. Shunday
tahlikali davrda ham o‘zbek ziyolilari xalqning himoyasiga otlanib,
fidoyilik ko‘rsatishdi, bu yo‘ldagi qiyinchilik va ta’qiblardan ruhan
bukilmay, dadil turishdi.
Shunday shaxslar qatorida Abdulla Qodiriy, Oybek, Abdulla
Qahhor, Maqsud Shayxzoda, Said Ahmad, Shukrullo singari shoir va
yozuvchilar, Yahyo G‘ulomov, Ibrohim Mo‘minov
Do'stlaringiz bilan baham: