299
zaminda yashayotgan barcha insonlar ularni avvalo,
xalqimiz
dahosining yorqin namunasi, ta’bir joiz bo‘lsa, uning yuksak ma’navi-
yatiga qo‘yilgan muazzam haykallar, deb qabul qiladi. Shuning uchun
ham bu yorug‘ olamda eng buyuk jasorat nima, degan savolga hech
ikkilanmasdan, eng buyuk jasorat - bu ma’naviy jasorat, deb javob
bersak, o‘ylaymanki yanglishmagan bo‘lamiz.
Jahon tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, qalbida, yuragida ana
shunday jasorat hissi nihoyatda kuchli bo‘lgan insonlar har qanday
murakkab vaziyatda ham adolat va haqiqat yo‘lida o‘zini ayamay, el-
yurt uchun, Vatan uchun, qanday ibratli
ishlarni amalga oshirganini
ko‘rish mumkin. Aynan ana shunday odamlarning ma’naviy
fazilatlari tufayli ezgu his-tuyg‘ular, muqaddas va ulug‘ tushunchalar
dunyoda hanuz barqaror bo‘lib kelmoqda. Bunday benazir zotlarning
barcha xalqlar va millatlar orasida ko‘plab topilishi - ma’naviy jasorat
tuyg‘usi butun bashariyatga xos xususiyat ekanidan dalolat beradi».
1
Jahon sivilizatsiyasi ana shu buyuk jasorat, azmu shijoat,
ma’naviy jasorat sohiblarini ulug‘lab, sharaflab kelgan. Yunon
afsonalaridagi Ikar kabi halok bo‘lishini bila turib, quyoshga, yorug‘-
likka, buyuk orzular sari parvoz qilish hammaning ham qo‘lidan
kelavermaydi. Ammo insoniyat taraqqiyotini har doim aynan ana
shunday odamlar yo‘lga qo‘yganlar, shular tarix g‘ildiragini olg‘a
siljitganlar. Ulardagi buyuk jasorat odamlar uchun ibrat maktabi
bo‘lgan. Erk va ozodlik yo‘lida buyuk jasorat ko‘rsatgan
milliy
qahramonlarimiz To‘maris, Shiroq, Spitamen biz uchun vatanparvar-
likda ibratdir. Insoniyatning taraqqiyot yo‘llarini belgilagan buyuk
kashfiyotlar, odamlarni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga da’vat
etgan fan, madaniyat, san’at, adabiyotdagi va boshqa bunyodkorlik
durdonalari ana shunday ma’naviy jasorat mevalaridir.
Suqrot
yaratgan ilm, uning inson va jamiyatga doir falsafasi qariyb 2,5 ming
yil mobaynida Sharqu G‘arb allomalarini ruhlantirib kelmoqda. Uning
hayoti va o‘limi tarixi inson ruhiy quvvatining
chinakam ramziga
aylangan. Odob va axloqni falsafiy teran tadqiq qilgan Suqrot hoki-
miyat tomonidan ayblanib, o‘lim jazosiga hukm etiladi. Shogirdlari
unga qamoqdan qochib, jonini saqlab qolishni taklif etishganda, u
bundan voz kechadi. Suqrot uchun qamoqdan qochish o‘zi targ‘ib
qilgan va o‘zi butun
umr rioya etgan qoidalarga, eng muhimi -
1
Каримов
И
.
А
. «
Юксак
маънавият
–
енгилмас
куч
».
Т
.: «
Маънавият
» 2008. 159-160
бетлар
.
300
Vatanga xiyonat bo‘lar edi. Zero, uning qat’iy fikricha, har qanday,
hatto eng yuksak va adolatli maqsad ham, unga erishmoq yo‘lidagi
past va jinoiy vositalarni oqlamaydi.
Shuningdek, necha asrlardan buyon yuksak tafakkur va aql-
zakovat timsoli bo‘lib kelayogan
antik davrga mansub yunon
faylasufi Platonning hayot yo‘lini o‘zimizga bir tasavvur qilib
ko‘raylik. Ma’lumki, Platon butun umrini ilmu ma’rifatga
bag‘ishlagan ulug‘ donishmand Suqrotning munosib shogirdi edi.
Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha Suqrotning o‘limidan keyin
yunon falsafasining taqdiri xavf ostida qoladi. Faqatgina Platonning
fidoyiligi va beqiyos xizmatlari evaziga bu fan yangi bosqichga
ko‘tarildi. Uning qanchadan qancha qiyinchilik, sarson-sargardon-
likdan so‘ng, bor mol-mulkini sarflab, Afina shahri yaqinidan maxsus
yer
sotib olib, olimlar to‘planib, bahs-munozara olib boradigan joy
akademiya tashkil etishi chinakam ma’naviy jasorat namunasi edi.
Platon asos solgan bu ilmiy maskan ming yil davomida nafaqat
yunon, balki butun Sharqu G‘arb olamining ravojiga kuchli ta’sir
o‘tkazdi, insoniyat tafakkur taraqqiyotining istiqbolini belgilab berdi.
1
«Chunonchi o‘rta asrlarda astronomiya sohasidagi ilmiy
kashfiyotlari uchun tazyiq va ta’qiblarga uchragan Nikolay Kopernik
hamda keyinchalik uning izidan borib, jaholat va aqidaparast
ruhoniylar tomonidan o‘tga
tashlangan Jordano Bruno, qanchadan
qancha ta’na va malomatlarga giriftor etilgan Galileo Galiley kabi
allomalarning jasoratida ham haqiqatga sadoqat, e’tiqod uchun
kurashning yorqin namunasi yaqqol namoyon bo‘lganini ko‘ramiz».
2
Do'stlaringiz bilan baham: