Demografiy a


Tayanch tushunchalar (kalit so’zlar)



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/114
Sana01.02.2022
Hajmi1,37 Mb.
#423608
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   114
Bog'liq
demigrafiya.

Tayanch tushunchalar (kalit so’zlar): 
jahon aholisi, aholi rivojlanishining global modeli
aholi dinamikasi, demografik krizis, demografik o’tish, o’sish dinamikasi, o’rtacha umr ko’rish yoshi, 
aholi soni, demografik vaziyat.
Jahon aholisi rivojlanish ananalari. Aholi rivojlanishining global modeli. 
Ilmiy manbalarda 
qayd etilishicha planetamizda inson paydo bo‘lganiga taxminan bir million yildan oshgan. Lekin yer 
kurrasida yashagan aholi soni qaqida aniq va to‘liq ma‘lumotlar to‘plash tarixan ancha kech 
boshlangan. Aholi soni haqidagi eng dastlabki ma‘lumotlar eramizdan oldingi davrga ta‘lluqli bo‘lib, 
bu davrda yer kurrasida bor yo‘g‘i bir necha yuz ming kishi yashagan, xolos Arxeolog va demograf 
olimlarning qisoblaricha, dunyo aholisi soni butun insoniyat tarixi davomida doimo ko‘payib kelgan 
Biroq Aholining o‘sishi sur‘ati jamiyat taraqiyotining hamma bosqichlarida ham bir tarzda bo‘lmagan. 
Ba‘zi tarixiy davrlarda ocharchilik, tabiiy ofatlar, turli kasalliklarning tarqalishi, urushlar natijasida 
aholi qirilib ketgan va soni qisqargan. Masalan, butun dunyoda 8-14 asrda epidemiyadan 15 million 
aholi o‘lgan; 19 asrda ocharchilikdan 25 million aholi xayotdan ko‘z yumgan; birinchi jahon urushida 
20 million, ikkinchi jahon urishida esa 40 milliondan ko‘p aholi o‘lgan. 
 
Shuni aytish kerakki, qar bir davr aholisining ko‘payishi va rivojlanishi shu davrning ishlab 
chiqarish usuli va munosabatlariga, turmush darajasiga, yashash sharoitlariga bevosita bog‘liq bo‘lgan. 
Ibtidoiy jamoa davrida, ya‘ni bundan chamasi 15 ming yil ilgari Aholining yashash sharoiti 
juda og‘ir edi Insonlar g‘orlarda istiqomat qilishgan. Tog‘-toshlardagi tabiiy g‘orlar odamlar uchun 
yakkayu-yagona boshpana vazifasini o‘tagan. Eng muqimi qorin to‘yg‘azish, bir joyda tunash bo‘lgan. 
Ular ovchilik bilan kun ko‘rishgan, tabiiy ofatlarga qarshi kurasha olmaganlar. Muqitning tabiiy 
ta‘siriga ongli choralar qo‘llay bilmaslik sababli aholi o‘rtasida o‘lim ham yuqori bo‘lgan. Odamlar 
ochlikdan, turli kasalliklardan, tabiiy ofatlardan va qabilalar o‘rtasida bo‘lib turgan urushlardan ko‘p 
nobud bo‘lishgan. Bolalar o‘limi juda yuqori bo‘lgan. Aholining , o‘rtacha umr ko‘rishi ham juda 
qisqa bo‘lgan. Manbalarda yozilishicha, ibtidoiy jamoa davrida kishilarning o‘rtacha umr ko‘rishi 20-
25 yoshni tashkil qilgan, xolos. Ibtidoiy davr odamlari qozirgi davr kishilariga nisbatan 3-3,5 marta 


kam yashaganlar. SHunday bo‘lsa-da, aholi soni sekinlik bilan ko‘payib borgan. Aholi ko‘payishining 
sababi tug‘ilishning fiziologik imkoniyat darajasida bo‘lganligidir. Bu davrda tug‘ilish juda yuqori 
bo‘lib, qar 1000 aholiga 45-50 kishini tashkil etgan. Qozir esa bu ko‘rsatkich o‘rtacha 23-25 kishini 
tashkil etmoqda. Demak, bir tomondan insonning tabiiy muqit oldida ojizligi, o‘zaro nizolari, uning 
soni jiqatdan kamayishiga olib kelsa, ikkinchi tomondan, tug‘ilish yuqori bo‘lganligini sababli, aholi 
soni o‘sib borgan. Biroq, o‘lim, ayniqsa, bolalar o‘limi, yuqori bo‘lganligi sababli yuqori tug‘ilish 
Aholining yuqori tabiiy o‘sishini to‘la ta‘minlay olmagan. 
Ibtidoiy jamoa davrida aholi sekin o‘sishining yana bir muqim sababi-ayollar aqvolining 
og‘irligidir. Ular erkaklar bilan bir qatorda ov qilishda qatnashganlar. Turmush sharoitining 
og‘irligidan, tibbiy xizmatni yo‘qligidan ayollar o‘rtasida o‘lim juda yuqori bo‘lgan. Ayniqsa, ayollar 
bola ko‘rish davrida ko‘p qalok bo‘lganlar. Bu davr ayollarning aksariyat qismi bola ko‘rish davrini 
to‘la yashamaganlar. 
Ibtidoiy jamoa davrida Janubiy Osiyo, Yevropaning janubiy qismlarida, Afrika qit‘asida aholi 
nisbatan zich yashagan. Yevrosiyo materigining shimoliy rayonlarida, Avstraliya va Amerika 
qit‘alarida odamlar juda siyrak joylashganlar. Ularning umumiy soni, taxminan, 100-200 ming kishini 
tashkil etgan, xolos. 
Insonning yashash uchun kurashi borib-borib, jamiyat taraqqiyotida progressiv o‘zgarishlarga 
olib keldi. Ishlab chiqarish kuchlari rivojlana borib, kishilar dastlab chorvachilik, keyinroq esa 
deqqonchilik bilan shug‘ullanishga o‘tdilar, ochlikka, kasalliklarga qarshi kurash boshladilar. Endi ular 
meqnat qilib, moddiy maqsulotlar yaratardilar. Qunarmandchilik, savdo rivojlandi va Shaharlar paydo 
bo‘la boshladi. Inson qayotidagi bu ijobiy o‘zgarishlar ularning qayot sharoitini yaxshiladi. Bu esa 
dunyo aholisining ko‘payish sura‘tini tezlashtirdi. 
Ishlab chiqarish kuchlarining yanada takomillashuvi aholi o‘rtasida sinflar va davlat paydo 
bo‘lishiga olib keldi. Jamiyat asta-sekin ibtidoiy tuzumdan quldorlik davriga (sinfli jamiyatga) o‘tdi. 
Jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy va madaniy qayoti rivojlana boshladi. Dunyoning aholi zichroq 
joylashgan qismlarida (Misr, Suriya, Bobil) madaniyat markazlari vujudga kela boshladi. Jamiyat 
taraqqiyotidagi bu o‘zgarishlar Aholining ko‘payishini tezlashtirdi. Sinfiy jamiyatda Aholining o‘sish 
sur‘ati ibtidoiy tuzum davriga nisbatan ancha tez edi. Buning asosiy sababi tug‘ilishining yuqoriligidir. 
Tug‘ilishning yuqoriligi esa ayollarning erta nikoqga kirishi, tug‘ilishning cheklanmaganligi, hamda 
ko‘pbolalikni xalq, davlat va din tomonidan quvvatlanishi bilan bog‘liq edi. Lekin quldorlik tuzumi 
davrida ham aholi o‘ratsida o‘lim ancha yuqori bo‘lgan. Sababi-ko‘pgina qishloq va Shaharlarda 
Aholining juda zich joylashuvi va gigiena-sanitariya sharoitlarning yo‘qligi tufayli yuqumli 
kasalliklarning keng tarqalganligidir. 

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish