Elektron o„qitish muhiti, elektron o„quv hamjamiyati
Elektron o„qitish
– bu tez rivojlanuvchi soha hisoblanadi, uning rivojlanishi
1980 yillardan keyingi yillardan (masofadan o‗qitish va televizion kurslar shaklida)
boshlangan.
Texnologiya shunchalik tez rivojlandiki, geografik farqini o‗zingizni
auditoriya ichida his qiladigan darajada namoyon qiladigan instrumentlar yordamida
ko‗rish mumkin. Elektron ta‘lim video, slayd-shou, Word va PDF hujjatlari
ko‗rinishidagi turli formatdagi materiallar bilan tanishish imkonini beradi.
Vebinarlarni o‗tkazish va o‗qituvchilar bilan muloqotda bo‗lish foydalanuvchilarning
o‗zaro hamkorlikda faoliyat olib borish imkoniyatlaridan biri bo‗lgan chat va
forumlar orqali amalga oshiriladi.
Elektron o‗qitishning zamonaviy muhitida, qoidaga ko‗ra, sinxron va
asinxron toifalarga bo‗linadi. Ikkala toifa o‗zining afzalligi va kamchiliklariga ega va
talabalar uchun mos keladigan metod ma‘lum darajada axborotni o‗zida mujassam
qiladigan usulga bog‘liq bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |