Javoblar:
1) Elektron o’qitish – bu tez rivojlanuvchi soha hisoblanadi, uning rivojlanishi 1980 yillardan keyingi yillardan (masofadan o’qitish va televizion kurslar shaklida) boshlangan. Texnologiya shunchalik tez rivojlandiki, geografik farqini o’zingizni auditoriya ichida his qiladigan darajada namoyon qiladigan instrumentlar yordamida ko’rish mumkin. Elektron ta’lim video, slayd-shou, Word va PDF hujjatlari ko’rinishidagi turli formatdagi materiallar bilan tanishish imkonini beradi. Vebinarlarni o’tkazish va o’qituvchilar bilan muloqotda bo’lish foydalanuvchilarning o’zaro hamkorlikda faoliyat olib borish imkoniyatlaridan biri bo’lgan chat va forumlar orqali amalga oshiriladi.
2)Sinxron o’qitish. Sinxron o’qitishga misol qilib onlayn chat va videokonferenstiyani keltirishimiz mumikn. Real vaqt rejimida ishlaydigan, xabarlar juda tez almashinadigan o’qitishning istalgan instrumenti o’qituvchilarga savollarni talabalarga javob berish imkoniyatini tez, ya’ni sinxron amalga oshirish imkonini beradi. Talabalarning sinxron o’qitish kurslarida ishtirok etish davomida mashg’ulotlarda boshqa talabalar va o’qituvchilar bilan birgalikda ishlash imkoniga ega bo’lishadi. Sinxron o’qitishning asosiy afzalligi bu butun o’qitish davomida boshqa insonlar bilan muloqotga kirisha olish imkoniyatiga ega bo’lganligi sababli o’zlarini ajralib qolgandek his qilmasliklari hisoblanadi. Biroq sinxron o’qitish vaqtga nisbatan qat’iy belgilanmagan, talabalar real vaqt rejimida o’qitishning jonli sessiyasida yoki onlayn kursida ishtirok etishi uchun muayyan vaqtni belgilashlari kerak bo’ladi.
3) Asinxron o’qitish. Asinxron o’qitish, boshqa tomondan, o’quvchi yoki o’qituvchi ishtirok emagan holatda ham amalga oshirilishi mumkin. O’quvchilarga veb, elektron pochta va xabarlar orqali etkaziladigan, birlashma forumlarda jo’natiladigan kurs ishlari va xabarlar asinxron elektron o’qitishga misol bo’ladi. Ushbu holatlarda, qoidaga ko’ra, talabalar mashqlarni o’zlari bajarishlari va mashg’ulot o’tkazilishini ta’minlab turish uchun instrument sifatida Internetdan foydalanishlari mumkin. Talaba nizolar kelib chiqishidan xavotirlanmagan holda, mashg’ulotlarni o’z imkoniyatlari doirasida bajarish bilan o’quv rejaga rioya qilishi mumkin. Bu usul o’quv rejada mashg’ulotlarning turli rejalarini mustaqil trazda o’rganishni afzal ko’radigan foydalanuvchilar uchun yaxshi hisoblanadi.
4) Ayni vaqtda e-learning tizimidan Smart (ingl. — aqilli, mushohadali, harakatchan) e-learning hamda Smart Education (aqilli ta’lim) ga o‘tish jarayoni bormoqda. Bu konsepsiya ta’lim sohasining barcha jarayonlarini, shuningdek, bu jarayonda qo‘llaniluvchi barcha usul va texnologiyalarni kompleks modernizatsiyasini mujassamlashtiradi. Smart konsepsiyasi ta’lim kesimida o‘zi bilan birga, «aqilli taxta», «aqilli ekran», ixtiyoriy nuqtadan Internetga chiqish kabi texnologiyalarni shakllantiradi. Ushbu texnologiyalarning har biri kontentni ishlab chiqish jarayonini yangidan qurish, yetkazib berish va aktuallashtirish imkonini beradi. Natijada ta’lim olishni nafaqat sinfda, balki uyda, ish joyida, jamoat joylarida, dam olish joylarida ham amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Bunda ta’lim jarayonini baholovchi asosiy element sifatida faol ta’lim beruvchi kontent maydonga chiqadi. Uning asosida vaqt va fazo tushunchalari to‘sig‘idan holi qiluvchi yagona repozitor yaratiladi.
5) SMART prinsipi boshqaruv ishining eng yangi vositalaridan biri hisoblanadi. Bu konstepstiya qo’yilgan maqsadlar bo’yicha ishlarni olib borishga ruxsat beradi. SMART-jamiyat, o’zaro jips bog’langan uchta yo’nalish rivojlanii asosida shakllanadi. Bu avvalombor SMART-o’qitish. Ikkinchisi – SMARTboshqaruv. Bu boshqaruv kraudsorsing, bilimlarni boshqarish, Big Data kabi intellektual va jamoaviy texnologiyalarni ishlatish orqali amalga oshiriladi. Uchinchisi – bu “aqlli shahar” yoki SMART-olam. Bunga Internet, energiyani iqtisodiy tejovchi texnologiyalar, hisoblash tarmoqlari va b. larni o’z ichiga oladigan turli intellektual vositalar kiradi.
6) SMART abbreviviaturasi quyidagicha o’qiladi
S – Self-Directed (o’zini nazorat qiluvchi, o’zini boshqaruvchi); M – Motivated (asoslangan); A – Adaptive (adaptiv, moslashuvchan); R – Resource-enriched (turli variantli resurslar bilan boyitilgan); T – Technological (texnologik).
7) SMART-o’qitish konstepsiyasi – katta hajmli manbalarga moslashuvchanlik, multimediyalar (audio, video, grafika) ni ko’proq ishlatish, ta’lim oluvchining darajasi va talabiga tez va oson moslashish hisoblanadi.
8) SMART-o’qitishning zamonaviy vositalariga quyidagilar kiradi:
• Web 2.0 – kompleksli yondashuv. • Web 3.0 – semantik Web. • Bulutli tizimlar.
9) Smart ta’lim konsepsiyasi - mavjud manbalarga tez moslashuvchanlik, multimedianing maksimal xilma-xilligi, tinglovchining saviyasi va talabi darajasiga tezkorlikda moslashuvchanlikdan iborat. Zamonaviy Smart ta’limning o‘z oldiga qo‘ygan ikkita asosiy maqsadi mavjud bo‘lib, ular:
O‘quvchilarda bilim olish uchun zarur bo‘lgan barqaror motivatsiyani yaratish.
Ijodiy yechimlar yordamida bilim o‘zlashtirishning yangi shakli va instrumentlarini izlab topishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |