25
2.1 . Nerv tizimi va endokrin
tizimining inson organizmi va xulq
atvoridagi
ahamiyati.
6. Instinkt tushunchasining mazmuni.
7. Odam va hayvon psixikalari o‘rtasidagi tafovut
Ruh – falsafa va din borasidagi chuqur tushuncha. Ko’plab falsofa va diniy yo’nalishlarda, inson
ruhi-o’lmas, mavhum deb hisoblangan, uning asosiy xususiyatlari his- tuyg’u, tafakkur ong, kechinma va
irodadan iboratdir.
Eksperimental psixologiya- bu barcha turdagi ilmiy-psixologik izlanishlarning umumlashuvidir .
Fiziologiya (grekchadan – tabiat haqida fan) – jonli borliq haqidagi fan bo’lib, hayotning me’yoriy
va g’ayritabiiy o’zgarish jarayonlarini o’rganadi.
Refleks – (lotin tilidan olingan bo’lib , orqaga qaytadigan, aks ma’nolarini bildiradi) – bu
organizmlarning atrof-muhitga bo’lgan ixtiyorsiz javob deb ataladi, u keying faktlardan iborat:
Hozirgi zamon fanida jadal rivojlanib, katta
qiziqish uyg‘otayotgan va inson sir-sinoatlariga
chuqurroq kirib borishga muvaffaq bo‘lgan soha asab
tizimini tadqiq etish hisoblanadi.
Organizmning yaxlit tuzilma sifatida faoliyat
ko‘rsatishini nerv hosilalarining to‘plamlari ta’minlab
beradi.
Asab tizimi markaziy, periferik va vegetativ bo‘limlardan iborat. Markaziy asab tizimi (MAT) bosh
va orqa miyani o‘z ichiga oladi. Miya organizmda boshqaruvchi vazifasini o‘taydi va psixomotor
faoliyatni ta’minlab beradi. Bundan tashqari, miya fikrlarimizni mahorat bilan boshqarib, inson
organizmining beshta asosiy tuyg‘ulari – ko‘rish, eshitish, ta’m bilish, hid bilish va sezishni nazorat
qiladi.[1]
Periferik asab tizimi – nervlar va nerv tugunlaridan iborat. Periferik nervlar majmuasi yurak, o‘pka,
ovqat hazm qilish tizimi va boshqa ichki organlar, tomirlar va to‘qimalarni ta’minlaydi, bularning
barchasi vegetativ asab tizimini tashkil etadi. Uning faoliyati inson iroda kuchiga bog‘liq bo‘lmaydi. (3.1
rasm)
Asab tizimi organizmning ixtiyoriy va ixtiyorsiz bajariladigan vazifalarini boshqaradi. Ixtiyorsiz
bajariladigan vazifalarga misol qilib ovqat hazm qilish vazifasini keltirishimiz mumkin. Asab tizimini
tashkil etuvchi milliardlab asab hujayralari organizmning o‘zidan, shuningdek, tashqi muhitdan axborot
qabul qiladilar.
Bosh miya xaritasini tuzib, nervlar vazifalarini aniqlashga ilk marotaba Tomas Uillis (1621-1675)
qo‘l urgan edi. Nemis vrachi Frans Gall (1758-1828) miyaning frenologiya xaritasini yaratib, unda «ruh
layoqatlari» deb nomlagan psixikaning xossalarini joylashtirdi.[2]
Bosh va orqa miya – ikki hayotiy muhim organlar – miya qutisi va umurtqa pog‘onasi suyaklari
bilan o‘ralgan va himoya qilinadi. Miyaning asosiy tarkibiy qismlari bo‘lib katta miya (ikki yarim
sharlar), miyacha, orqa miya hisoblanadi. Miya yarim sharlari – bu organning axborotni qabul qilib,
tananing boshqa qismlariga o‘tkazuvchi asosiy qismidir. Yarim sharlar nutq, tafakkur va xotiraga
ma’suldirlar. Miyacha asosan tana harakatlarini muvofiqlashtirishga yordam beradi. Orqa miya yurak
faoliyati, nafas olish va qon bosimi kabi vazifalarni boshqaradi.
Asab tizimi endokrin tizim bilan uzviy hamkorlikda inson barcha organlarining faoliyatini
boshqaradi. Inson fikrlari, xotiralari, hissiyotlari yoki sezgilari, shuningdek, uning har bir anglangan
harakati amalga oshirgan faoliyatining aksi bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari, asab tizimi, ichki,
vegetativ, anglamaydigan vazifalar: tana harorati, yurak urishi va boshqa gomeostaz (muvozanat,
doimiylik)ni tashkil etuvchilarni boshqaradi. [2]
Asab tizimi somatik va vegetativ bo‘limlarga ajratiladi. Birinchisi, skelet mushaklari qisqarishi
yordamida sezuvchanlik va harakat bilan ta’minlagan holda organizm bilan tashqi muhit o‘rtasidagi
aloqani amalga oshiradi. Ikkinchisi, moddalar almashinuvi, nafas olish, ajratishga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: