O`zbekiston respublikasi oliy va or`ta maxsus ta`lim vazirligi



Download 2,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet349/435
Sana01.02.2022
Hajmi2,68 Mb.
#422699
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   435
Bog'liq
umumiy psixologiya fanidan lekciya teksti

texnikaviy 
qobiliyatlari
 
M.G. Davletshin tomonidan o‘rganilgan. Texnikaviy 
qobiliyatlar tarkibida muallif tomonidan tayanch va etakchi xossalar, shuningdek, yordamchi sifatlar 
ko‘rsatilgan. Texnikaviy qobiliyatlarning tayanch xossasi bo‘lib texnikaviy kuzatuvchanlik hisoblanadi 
(inson idrokining mashina, asosiy bo‘g‘inlar va tuzilmalarning tuzilish tamoyiliga, ularning o‘zaro 
ta’siriga yo‘nalganligi). Etakchi xossalar bo‘lib texnikaviy tafakkur va texnikaviy xayol hisoblanadi 
(texnikani tushunish, amaliy zakovat, texnikaviy moslamani tahlil qilish, qismlardan yaxlitlikni yasash 
qobiliyati, fazoviy tasavvurlarning jonliligi va aniqligi, shakllar va masofalarni yodda olib qolish, 
konstruktiv fantaziya). YOrdamchi xossa qo‘l epchilligi hisoblanadi. 
Lingvistik 
qobiliyatlarni A.X. YUgay o‘rgangan. Lingvistik qobiliyatlar tarkibida u fonematik 
eshitish qobiliyati (tilning sezgirligi), lingvistik tafakkur va verbal xotirani ajratdi. 
Qobiliyatlarning mavjud emasligi odamning u yoki bu faoliyatni bajarishga yaroqsizligini 
bildirmaydi, chunki ega bo‘lmagan qobiliyatlarning o‘rnini to‘ldirish psixologik mexanizmi mavjud. 
Ko‘p hollarda faoliyat bilan faqat qobiliyatlilar emas, balki ularga ega bo‘lmaganlarning ham 
shug‘ullanishiga to‘g‘ri keladi. Agar odam bu faoliyat bilan shug‘ullanishni davom ettirishga majbur 
bo‘lsa, u ongli ravishda yoki anglanmagan holda, o‘z shaxsining kuchli sifatlariga tayanib, qobiliyatlar 
etishmovchiligini to‘ldirishga harakat qiladi. E.P. Ilinning fikriga ko‘ra, bu to‘ldirish egallanadigan bilim 
va ko‘nikmalar, yoki faoliyatning individual-tipik uslubini shakllantirish orqali, yoki boshqa, rivojlanishi 
yuksakroq bo‘lgan qobiliyat orqali amalga oshirilishi mumkin. Etishmagan qobiliyat juda keng muayyan 
insondagi yuksak rivojlangan qobiliyatlar bilan to‘ldirilishi mumkin. Aynan, shu xususiyat insonning turli 
sohalarda samarali faoliyat yuritishiga imkoniyat yaratadi.[2] 
Qobiliyatlarda bir qancha darajalarni ajratish mumkin: layoqat, mohirlik, iste’dod, geniallik. 
Qobiliyat 
deb, insonni u yoki bu faoliyatning samarali bajarilish imkoniyati bilan ta’minlovchi 
layoqatlarning o‘ziga xos uyg‘unligiga aytiladi. Ushbu ta’rifda qobiliyatga bog‘liq ravishda faoliyatning 
samarali bajarilishi emas, balki, faqat shunday bajarilishi mumkin bo‘lgan imkoniyatga e’tibor qaratish 
lozim. Faoliyatni samarali tarzda amalga oshirish uchun muvofiq keladigan qobiliyatlar uyg‘unligining 
mavjudligi emas, balki, zarur bilim va ko‘nikmalarning egallanganligi ham muhimdir. Qobiliyat faqat u 
yoki bu faoliyatda muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini belgilaydi, bu imkoniyatning joriy qilinishi esa 
muayyan qobiliyatlarning rivojlanish darajasi va qanday bilim va ko‘nikmalarning egallanganligi bilan 
belgilanadi. 
Qobiliyatli insonlarning individual farqlari qiziqishlarning yo‘nalganligi bilan belgilanadi. Xuddi 
shunday, ayrimlar matematikaga, boshqalar tarixga, uchinchilar esa jamoatchilik ishiga qiziqadilar. 


157 

Download 2,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish