Uyg‘unlashgan yaxlit tip – munosabatlarning barqarorligi va, shu bilan birga, atrof-muhitga
yuqori moslashganlik bilan ajralib turadi. Bunday tipdagi xarakterli odamda ichki nizolar bo‘lmaydi,
uning tilaklari bajarayotgan ishi bilan mos tushadi. Bu muloqotchan, irodali, e’tiqodli odam.
2.
Ichki nizoli , lekin
tashqaridan muhit bilan uyg‘unlashgan tip – ichki intilishlar va, muhit
talablariga mos ravishda katta zo‘riqish bilan amalga oshiriladigan, tashqi hulq-atvor o‘rtasidagi qarama-
qarshilik bilan ajralib turadi. Bunday tipdagi xarakterli odam ixtiyorsiz harakatlarga moyil, lekin ular
149
doimo iroda kuchi tomonidan tutib qolinadi. Munosabatlari tizimi barqaror, lekin kommunikativ xossalari
etarlicha rivojlanmagan. Bu har kungi kurashdan voz kechgan oqil kuzatuvchi tipidir.
3