O`zbekiston respublikasi oliy va or`ta maxsus ta`lim vazirligi



Download 2,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/435
Sana01.02.2022
Hajmi2,68 Mb.
#422699
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   435
Bog'liq
umumiy psixologiya fanidan lekciya teksti

 
 
Shaxs tushunchasi «yuz», «soxta qiyofa» 
so‘zlaridan kelib chiqadi. Qadimgi rus tilida «soxta 
qiyofa» so‘zi «rol», ya’ni, odam boshqalar bilan 
muloqotda bo‘lganida kiyib oladigan biror-bir 
ijtimoiy niqob ma’nosini anglatuvchi «rol»ni bildirar 
edi. Lotincha persone so‘zi ham shu ma’noni 
anglatadi. Per sonare – niqob ortidan so‘zlashish. Qadimgi yunon, keyinchalik esa qadimgi rim teatrlarida 
akter sahnaga u yoki bu – yovuz, laganbardor, payg‘ambar, qahramon xarakterlari chizilgan niqobda 
chiqardi. Niqobning bo‘yoqlari ijtimoiy vazifani bajaruvchi, u yoki bu rolni ijro etayotgan insonning 
ahloqiy belgilariga ishorat edi.[2] 
Qadimgi Yunonistonda «shaxs» tushunchasiga mos keluvchi atama ishlab chiqilmagan edi. 
O‘zining betakror taqdiriga ega bo‘lgan shaxs haqida Aflotun bilmas edi, bilishni ham xohlamasdi. Uning 
o‘rnini ruh egallagan edi. Arastuning «Jon haqida» asari hozirgi zamon psixologiyasiga yo‘l ochib berdi. 
Qadimgi Rim oldinga qadam tashladi. Rim huquq ilmida yunoncha boshning yuz qismini, tashqi 
ko‘rinish, bundan tashqari, tragediyada ishtirok etuvchi ijrochini belgilovchi prosopon o‘rniga, lotincha 
persona so‘zi qo‘llanildi, bu so‘z avvaliga, yunoncha so‘zga o‘xshab, tragediyadagi akterning roli va 
niqobini anglatar edi. Lekin keyinchalik alohida individning nomi sifatida saqlanib qoldi. Rim fuqarosi 
huquqiy va diniy zot, avlodlar ismi-sharifi va mulk egasi sifatida ta’riflanadi. 
Sharqda umuman boshqacha holat edi. Induizm va buddizmda shaxs inkor etilib, faqatgina
«o‘zlik» e’tirozsiz tan olinadi. 
K. Yungning psixoanaliz nazariyasiga asosan «shaxs» tushunchasi odamning jamiyatdagi ijtimoiy roli 
bilan bog‘liq. Hayoti jarayonida u ijtimoiy talablarga mos ravishda o‘zini tutishni o‘rganadi. Har bir kasb 
uchun, masalan, jamiyat a’zosi taqib yuradigan ma’lum niqob xosdir. Shaxs xarakterni tashkil etuvchi 
1
David G. Myers “Psychology” Hope College Holland, Michigan 2010 y. p.-497 


101 
bo‘lib hisoblanmaydi, lekin u bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ichki «Men»ning himoyasi sifatida faoliyat 
yuritadi. 
Ko‘pgina tillarda mavjud bo‘lgan «o‘zlikni yo‘qotish» iborasi o‘zining egallab turgan o‘rnini va 
darajasini yo‘qotishni bildiradi.
Sharq tillarida (xitoy, yapon) shaxs tushunchasi odamning yuzi bilan emas, balki butun tanasi bilan 
bog‘lanadi. Yevropa an’analarida yuz tana bilan birgalikda o‘rganiladi, chunki inson chehrasi ruhining 
timsolidir, xitoyliklar tafakkurida esa «hayotchanlik» tushunchasiga individning ham ma’naviy, ham 
vujudiy sifatlari kiradi. 
Shu asosda, avval boshidan «shaxs» tushunchasiga ma’lum hayotiy rollarni ijro etganda o‘ziga 
xoslikka ega bo‘ladigan tashqi, yuzaki ijtimoiy obraz – qandaydir «shaxs», atrofdagilarga qaratilgan 
ijtimoiy yuz ifodasi kiritilgan edi . 
Pedagogika, psixologiya va falsafada shaxsga o‘xshash ko‘plab qarama-qarshi ta’riflari keltirilgan 
ilmiy tushunchani uchratish amri mahol. Mashhur ruhshunos V.P. Zinchenko fikriga ko‘ra: ««Inson» 
tushunchasi bilan faqat «shaxs» tushunchasi raqobatlashishi mumkin». Olim D.B. Elkonin adabiyotlarda 
shaxsning yigirmaga yaqin ta’rifini ko‘rib chiqqandan so‘ng uning o‘zi shaxs emasligini xulosa qildi.
Narx tushunchasini tilla tanga yoki qimmatli qog‘ozning fizik-kimyoviy tarkibini tadqiq qilish 
bilan tushuntirish qiyinchilik tug‘dirgani kabi, faylasuf E.V. Ilenkovning yozishi bo‘yicha, shaxs sir-
cinoatini inson miyasi xususiyatlariga tenglashtirib bo‘lmaydi. SHaxs miya tuzilishi bilan emas, balki, 
insonning insonga bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar tizimi bilan belgilanadi. 
Voqeiy shaxs o‘zini «umumiy natijalar» nomini olgan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan natijalarni 
yaratishda anglaydi. Aflotun va Spinoza, Betxoven va Napoleon, Tolstoy va Mikelandjelo – bunday, 
odatiy holatlarni sindiradigan ijtimoiy ahamiyatga molik ishlar mujassam bo‘lgan shaxslarni boshqalar 
bilan adashtirib yuborish mumkin emas. Shaxslar ko‘lami, E.A. Ilenkovning odilona fikriga ko‘ra, faqat 
ularnigina emas, boshqalarni ham qiziqtiradigan o‘zlarining faoliyatlari ko‘lami bilan o‘lchanadi. 
Yana bir mashhur faylasuf M.K. Mamardashvili tasdiqlashicha: «Shaxs – bu turmush tarzi, uning 
shakli, hayotning alohida holati, evolyusiyasining noyob topilmasi. Shaxs – bu «tabiatning yirik 
mushohadasi». SHunday ta’rif bergan bo‘lardim. Uning ifodalanishlarga moyilligi barcha narsalarni 
bilishga yoki boshqa yuksak belgilarga bog‘liq emas. Tushunsangizchi, axir insonning eng muhim 
ehtirosi – bu ro‘yobga chiqmoq, amalga oshmoq, sodir bo‘lmoq»
1

Ruhshunoslar individning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini shaxsning asosiy belgilari, deb 
hisoblaydilar. B.G. Ananev «shaxs»ga «jamiyatning insonga uning ma’lum tarixiy rivojlanishi davrida 
ko‘rsatadigan ko‘plab iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ahloqiy va boshqa ta’sirlari ob’ekti» sifatida ta’rif 
beradi. A.N. Leontev fikriga ko‘ra, «shaxs insonning ijtimoiy-tarixiy va ontogenezdagi taraqqiyotining 
nisbatan kechki mahsulotidir. Shaxs o‘zlashtirib olingan rollar tizimidir («rol» – bu biror-bir ijtimoiy 
guruh tuzilishida ma’lum o‘rinni egallagan insonning kutilgan hulq-atvoriga javob beradigan dastur; bu 
insonning jamiyat hayotidagi ishtirokining tuzilishga ega bo‘lgan usulidir)». SHaxs taraqqiyoti 
individning ijtimoiylashuvi va tarbiya topishi sharoitlarida amalga oshiriladi. Umumiy psixologiyada 
ko‘pchilik hollarda shaxs sifatida qandaydir yadro, mag‘iz, individning turli ruhiy jarayonlarini 
birlashtiruvchi va uning faoliyatiga zaruriy ketma-ketlik va barqarorlik bag‘ishlovchi yig‘indi va amodal 
boshlang‘ich modda tushuniladi. 
L.S. Vigotskiy ijtimoiy tajribasiz, uning ichki ishlanmasiz, so‘ngra uni yana qayta ishlangan 
shaklda ichkaridan ishlab chiqarmasdan turib, shaxsning taraqqiy etishi mumkin emasligi (interiorizatsiya 
va eksteriorizatsiya qonunlari) haqida yozgan edi. 
Bu xususda psixologlarga tarix fanining ba’zi bir namoyondalari ham qo‘shiladilar. G.S. 
Knabening ta’kidlashiga ko‘ra, ««shaxs» insonning jamiyat hayotidagi ishtiroki va hayotda tutgan o‘rni 
nuqtai nazaridan insonga xos xususiyatdir». V.A. Shkuratov quyidagi definitsiyani keltiradi: «Shaxs 
jamiyat a’zosi va faoliyatdagi mavjudotning ifodalanishini ijtimoiy turlarga ajratish… Shaxsni uning 
ijtimoiy va madaniy doirasi, kelib chiqishi, kasbi, o‘z tipi va h.k.larning xususiyatlaridan yig‘ib olish 
mumkin ». 
Hozirgi kunda psixologiya shaxsni insonning jamiyatdagi hayotida shakllanadigan ijtimoiy-
psixologik hosila sifatida tushuntiradi. Odam ijtimoiy mavjudot sifatida boshqa odamlar bilan 
1
Мамардашвили М.К. Как я понимаю философию. М., 1990. Б.173. 


102 

Download 2,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish