jismlarning
kontrastligi
dir. Biz idrok etayotgan
jismning atrofidagi jismlar uning idrokiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, o‘rta bo‘yli odam bo‘ylari
baland odamlar orasida o‘zining haqiqiy bo‘y o‘lchamidan ancha kichik bo‘lib ko‘rinadi. Boshqa misol –
geometrik shakllar idroki. Katta aylanalar o‘rtasidagi aylana, kichik o‘lchamli aylanalar orasidagi xuddi
shunday diametrli aylanaga nisbatan kichik bo‘lib ko‘rinadi. Bundan tashqari, jism kattaligi idrokiga
jismning rangi
ta’sir etadi. Och rangli jismlar to‘q rangli jsmlarga qaraganda bir muncha kattaroq bo‘lib
ko‘rinadi. Katta hajmli shakllar, masalan, shar yoki silindr ularga mos bo‘lgan yassi tasvirlardan
kichikroqdek tuyuladi.[2]
Do'stlaringiz bilan baham: |