2. Hayot faoliyat xavfsizligi qonunchiligiga rioya qilish bo`yicha
texnik xodimlarning javobgarligi
Korxonalarda ishlovchilarga xavfsiz va sog’lom mehnat sharoitini
yaratish bo`yicha ishlarni tashkillashtirish, baxtsiz hodisalar va kasbiy
kasalliklarni oldini olish mehnat muhofazasi xizmatiga yuklanadi. Bu xizmat
korxonada mustaqil tizimiy bo`linma bo`lib, bevosita boshliqqa yoki bosh
muhandisga bo`ysunadi. O`z ishini korxona rahbari yoki bosh muhandisi
tasdiqlagan reja bo`yicha boshqa bo`linmalar ya`ni, davlat nazorati mahalliy
organlari texnik inspektsiyalari hamkorligida amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |