Bog'liq Namangan davlat universiteti fiziologiya va hayot faoliyat xavfs
7 – ma’ruza. Faoliyat xavfsizligi qonun – qoidalarga amal qilinishini nazorat qilish tizimi, qoida va talablarni buzganda tortiladigan javobgarliklar. 1. O`zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasini nazorat qiluvchi tashkilotlar. 2. Hayot faoliyat xavfsizligi qonunchiligiga rioya qilish bo`yicha texnik xodimlarning javobgarligi. 3. Javobgarlik va uning turlari 1. O`zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasini nazorat qiluvchi tashkilotlar. Mehnat muhofazasi bo`yicha qonunlarning bajarilishini nazorat qilib
turish quyidagi davlat tashkilotlariga yuklatilgan:
1. O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
vazirligi.
2. “Sanoatkontexnazorat” agentligi.
3. O`zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining sanitariya
epidemiologiya nazorati.
4. Respublika Ichki ishlar vazirligining yong’indan muhofaza qilish Bosh
boshqarmasi.
5. O`zbekiston Respublikasi energetika va elektrlashtirish Davlat
aktsionerlik jamiyati.