rivojlanishi va joylanishi qonuniyatlarini o’rganadi. Mazkur guruhga materiklar, mintaqalar,
davlatlar va ma’muriy birliklar iqtisodiy geografiyasi kiradi.
Maxsus geografiya fanlari tizimi geografiya fanida shakllangan alohida muammolar bilan
shug’ullanadi. Mazkur fanlar tizimiga siyosiy va harbiy geografiya, tibbiiy geografiya,
rekreatsiya va turizm geografiyasi, injenerlik geografiyasi, geografik bashorat, meliorativ
geografiya, xizmat ko’rsatish geografiyasi va boshqalar kiradi.
Geodeziya va kartografiya fanlari tizimi geografiya fanining eng qadimgi tarmoqlari
bo’lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: