1-mavzu: fan. Fanlar tizimi. Geografiya fanlar reja: Fan haqida tushuncha. Fanlar tizimi


Ilmiy geografik ishlar bosqichi (XVII-XIX asr)



Download 337,99 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/17
Sana01.02.2022
Hajmi337,99 Kb.
#422360
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
1-maruza

4. Ilmiy geografik ishlar bosqichi (XVII-XIX asr).
Mazkur bosqichdan boshlab 
birinchi marotaba maxsus ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirila boshlandi. Bunday ekspeditsiyalar 
Frantsiyada (Bugenvil Laperuza), Buyuk Britaniya (J.Kuk, Vankuver), Rossiyada (Bering, 
Chirikov, Krasheninnikov va boshqalar) uyushtirildi. Natijada Tinch okeni, Osiyo, Shimoliy 
Amerika qirg’oqlari, Afrikaning va Janubiy Amerikaning ichki qismlari va tabiati o’rganildi. 
Yerning ichki qismlari, Yer yuzasi relyefi, Yer usti va osti suvlari, shamollar, o’simliklar haqida 
bilimlarni to’planishi bilan tabiiy geografiyadan geologiya, gidrologiya, geobotanika va 
meteorologiya ajralib chiqib ketdi. 
Ushbu bosqichda ko’p ilmiy ishlar mamlakatshunoslik yo’nalishida bo’lgan. Mazkur 
ishlar ikki yo’nalishda olib borilgan: a) birinchi yo’nalishda har bir davlatning geografik 
tavsifiga katta e’tibor berilgan; b) ikkinchi yo’nalish ayrim o’rganilmagan hududlarni geografik 
tavsifiga bag’ishlangan. Bunday tavsiflar ko’p hollarda sayyoh va olimlarning ekspeditsiyalarida 
yiqqan ma’lumoti asosida tuzilgan. Masalan, S.P.Krasheninnikovning «Kamchatkaning tavsifi», 
P.S.Pallasning «Rossiyaga sayyohat» va boshqalar. 
Umumiy yer bilimi masalalari nemis olimi I.Kant (1724-1804)ning «Tabiiy 
geografiyadan ma’ruzalar» asarida ko’rib chiqilgan. Mazkur asarda shamollar, ularni hosil 
bo’lishi, Yer yuzasi relyefini rivojlanishi ko’rib chiqilgan. M.V.Lomonosov (1722-1764) 
asarlarida ham «Umumiy yer bilimi» masalalari ko’rib chiqilgan. Mazkur masalalarni 
M.V.Lomonosov «Yer qatlamlari haqida» (1763y) «Atmosfera hodisalari haqida so’z» (1753) 
asarlarida ko’rib chiqqan. U yer yuzasi relyefi ichki va tashqi kuchlar ta’sirida muntazam 
o’zgarib turishini ta’kidlagan. Havo massalarini harakati ta’limotini yaratgan. 
XIX asrning birinchi yarmida yirik ilmiy-tadqiqot ekspeditsiyalari hamda milliy 
geografiya jamiyatlari tashkil qilina boshlandi. Dastlabki geografiya jamiyatlari Buyuk 
Britaniyada (1830), Frantsiyada (1846), Germaniyada (1826), Rossiyada (1845) tuzildi. 
Turkistonda esa 1898 yil tuzildi. 
Juda ko’p davlatlar tomonidan yirik ilmiy-tadqiqot ekspeditsiyalari uyushtirildi. Rossiya 
tomonidan 50 dan ortiq ekspeditsiya uyushtirildi. Natijada Dunyo okeani haqida yangi 
ma’lumotlar to’plandi. 1821 yili esa F.F.Bellinsgauzen va M.P.Lazarev boshchiligidagi 
ekspeditsiya tomonidan Antarktida materigi ochildi. Mazkur bosqichda Yer yuzasi tuzilishini 
o’rganish tugallangan. Yer qobig’ining rivojlanish nazariyasi Charlz Layel tomonidan ishlab 
chiqildi. Shu davrda Ch.Darvin tomonidan “Tabiiy tanlanish tufayli turlarning kelib chiqishi” 
nomli asar yozildi. A.Gumbol’dt tomonidan ilmiy geografiyaga bag’ishlangan qator asarlar e’lon 
qilindi. Okeanografiya fani shakllandi, meteorologik va gidrologik stantsiyalar soni ko’paydi va 
kengaydi. Yer yuzasida balandlik va chuqurliklarni tarqalish qonuniyatlari aniqlandi. Atmosfera 
va okeandagi harakatlarning mohiyati ochib berildi. 

Download 337,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish