Ko’rsatkichlar
ning nоmi
Paxtadagi tоlaning tipiga оid me`yor
1 a
1 b
1
2
3
4
5
6
7
Shtapel vazn
uzunligi, mm, kamida
40, 2
39, 2
38, 2
37, 2
35, 2
33, 2
31, 2
30,2
29,2
Chiziqli zichlik, m
teks ko’pi bilan
125
135
144
150
165
180
190
190
200
Sоlishtirma uzilish
kuchi I nav, asоsga
SN/teks
35,3-36,3
34,5-35,3
33,3-4,3
31,4-32,4
29,4-30,4
25,5-26,5
24,0- 5,0
24,0-25,0
23,0-24
36,0-37,0
35,0-36,0
34,0-5,0
32,0-33,0
30,0-31,0
26,0-27,0
24,5-25,5 24,5-25,5
23,5-24,5
II nav, kamida;
SN/teks
(gs/teks)
34,3
33,3
32,4
30,4
28,4
25
23,5
23,0
22,5
35,0
34,0
33,0
31,0
29,0
25,5
24,0
23,5
23,0
Paxtani
biror
navga yoki tipga kiritish uchun tolalarning pishganligi va
pishiqligiga yoki shtapel massa-uzunligi va nisbiy uzilish yuklamasiga
oid
laboratoriya
sinovlari
ma'lumotlaridan foydalaniladi. Paxta
tolasining sifati tashqi
ko'rinishi (rangi,
tola
ajratish usuli) bo'yicha belgilangan
tartibda tasdiqlangan
natmmalarga mos bo'lishi lozim.
Namunalar O'zbekiston paxtani sertifikatlash "Sifat" markazida, ularning
nusxalari esa paxta tayyorlovchi va uni ishlatuvchilarda saqlanadi.
Paxta tolasi partiya-partiya qilib qabul qilinadi. Partiya - bitta temir yo'l
vagoniga sig’adigan, sanoat navi, rangi, uzunligi, ifloslanganligi
,
seleksion navi bir
xil bo'lgan, sifati haqida bitta hujjat bilan rasmiylashtirilgan paxta toylari miqdori.
Paxta uchun belgilangan standart paxtaning sifatini baholabgina qolmay,
balki uning yaxshilanishiga ham yordam beradi.
Tolalarni titish va savash. Toylarda paxta tolalari kuchli presslangan bo’ladi
va shuning uchun o'zaro hamda iflos aralashmalar bilan mahkam ilashib turadi.
Hatto bir toydagi tolalar ham o'z xossalari jihatidan bir tekis bo'lmaydi, aralashmani
tashkil qiladigan har xil partiyalardagi tolalarni titish va savashlar esa yanada
notekisroq bo’ladi. Paxtani navbatdagi qayta ishlashga tayyorlash uchun u titiladi,
aralashtiriladi va savaladi. Shunday qilib, titish-savash operatsiyasining vazifasi
quyidagilardan iborat:
- toylardagi presslangan tolalar massasini mayda bo'laklarga ajratish;
- iflos aralashmalar va yigirish uchun yaroqsiz tolalarni ajratish;
- tolalarni aralashtirish;
- xolst yoki g'ovak massa ko'rinishida bir tekis paxta oqimini hosil qilish.
Bu jarayonga quyidagi talablar qo'yiladi: paxta iflos aralashmalardan yaxshi
tozalanishi, tolalar yaxshi aralashishi, tolalar bir-biriga o'ralib qolmasligi va bir
tekis xolst hosil bo’lishi (chunki notekis xolstlardan yaxshi pilta va keyin yaxshi
sifatli yigirilgan ip olisb qiyin) kerak.
Tolali material massasini boiaklarga ajratish ignalari bilan titiladi, keyin
titish-savash mashinalarining ish organlari bilan zarb beriladi. Iflos aralashmalarni
ajratishda ham ish organlari paxta bo'laklarini zarb bilan uradi va ajralgan
aralashmalarni havo so'rib ketadi. Aralashma komponentlari (har xil toylardan
olingan paxta)ni mashinaga bir me'yorda uzatish, mashina kameralarida paxta
53
massasini bir necha marta ag'darish yoki bir necha qatlamni ustma-ust qo'yish
hisobiga tola massasi aralashtiriladi. Bir tekis paxta oqimini hosil qilish uchun
savash mashinalarida maxsus mexanizmlar bo’ladi.
Titish-savash mashinalarining umumiy
tuzilishi
va ishlash prinsipi. Qayta
ishlanadigan paxtaning xarakteriga qarab titish-savash agregati tarkibiga har xil
konstruksiyadagi mashinalar kirishi mumkin. O'rtacha tolali paxtani qayta ishlash
(karda tizimida yigirish) uchun mo'ljallangan agregatlar mavjud.
Hozirgi vaqtda karda tizimida yigirish uchun agregatlarning ikki tipi: paxta
bilan avtomatik ta'minlanadigan bir pressli yangi hamda paxta qo'lda uzatiladigan
eski agregatlar bor.
Yangi agregatlarning sxemasi 31-rasmda ko'rsatilgan. Bunda o'ramdan
bo'shatilgan toylar butunicha avtomatik ta'minlagichlarga joylanadi. Oldindan
titilgan paxta uzluksiz ishlaydigan aralashtirgichlarga tushadi, bu yerda avval har
xil partiyadagi tolalar aralashadi, keyin qiya tozalagichda, bo'ylama tozalagichda
hamda kondensorli qiya tozalagichda paxta yana titiladi va iflosliklardan
tozalanadi. Paxta oqimi savash mashinalari bunkeriga yo'naladi.
Qayta ishlanadigan paxtaning turi ishiab chiqariladigan mahsulot turiga qarab
titish-savash agregati tarkibiga har xil konstruksiyadagi va har xil kombinatsiyadagi
mashinalar kirishi mumkin. O'rta uzunlikdagi tolali paxtani qayta ishlash va
ingichka tolali paxtani qayta ishlash uchun mo’ljallangan agregatlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |